Avlakulov Meylining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘zani egatlab sug‘orishda aeratsiya zonasidagi namlik dinamikasini boshqarish texnologiyalarining ilmiy-amaliy asoslari”, 06.01.02-“Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik”  (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2022.1. DSc/T516.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Maxmudov Ilxomjon Ernazarovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: 
Axmetjanov Dilmurod G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, dotsent,
Ikramov Raximdjan Karimovich, texnika fanlari doktori, professor,
Isaev Sabirjan Xusanbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘o‘zani sug‘orishda egatdagi suv oqimining beqaror harakati, aeratsiya zonasidagi to‘yinish intensivligi va sizot suvlari chuqurligi dinamikasining o‘zaro bog‘liqligi qonuniyatlarini takomillashtirish hamda  lizimetrik majmua va unga reprezentativ bo‘lgan meliorativ sharoitlar uchun sayoz drenaj tizimini moslashtirish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv resurslarining tanqisligi sharoitida g‘o‘zani egatlab sug‘orishda  aeratsiya zonasidagi massa ko‘chish va sizot suvlari sathining o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlarini  takomillashtirish  maqsadida  lizimetrik majmua yaratildi.
lizimetrik majmuada egat orqali sug‘orishga beriladigan suv oqimi, aeratsiya zonasidagi infil`tratsiya oqimlari va tuyinish zonasidagi sizot suvlari sathi dinamikasi jarayonlari  asosida  g‘o‘zani sug‘orishda egatdagi suv oqimining beqaror harakati, aeratsiya zonasidagi to‘yinish intensivligi va sizot suvlari chuqurligi dinamikasining o‘zaro bog‘liqligi qonuniyatlarini takomillashtirilgan.
Sen-Venan tenglamalari asosida egatdagi suv oqimining beqaror harakatida oqim chuqurligi dinamikasini  ifodalovchi matematik model` ishlab chiqilgan.
beqaror suv harakatining Sen-Venan va to‘yinish sohasidagi sizot suvlari sathi dinamikasini ifodalovchi Bussensk tenglamalari asosida egatdagi beqaror suv harakati, aeratsiya zonasidagi infil`tratsiya oqimlari va tuyinish zonasidagi sizot suvlari sathi dinamikasi o‘rtasida gidravlik bog‘liqlik modeli ishlab chiqilgan.
lizimetrik majmua va unga reprezentativ bo‘lgan meliorativ sharoitlar uchun olingan tadqiqot natijalari asosida sayoz drenaj tizimini moslashtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Egatdagi sug‘orish suvi, aeratsiya zonasidagi to‘yinish intensivligi va sizot suvlari chuqurligi dinamikasining o‘zaro bog‘liqligi qonuniyatlarini takomillashtirish hamda sayoz drenaj tizimini moslashtirish texnologiyasini ishlab chiqish asosida:
tadqiqot ob’ektining iqlim va agromeliorativ sharoitlarini hamda tajriba uchastkasi va Qarshi tumani erlarining reprezentativlik parametrlari asoslandi. Tadqiqot doirasida  takomillashtirilgan evopotranspiratsiyani aniqlash usullari reprezentativlik belgilari mavjud  bo‘lgan Qarshi cho‘lining janubiy-g‘arbiy qismidagi o‘rta va engil soz tuproqli maydonlarning 61,8 %  yoki  31,1 ming gektarida  foydalanishga joriy etildi. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 3 martdagi CD88106471- son ma’lumotnomasi);
suv resurslarining tanqisligi sharoitida g‘o‘zani egatlab sug‘orishda  aeratsiya zonasidagi massa ko‘chish va sizot suvlari sathining o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlarini takomillashtirish  maqsadida  lizimetrik majmua yaratildi. Lizimetrik majmuada o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlar orqali egatdagi suv oqimi, aeratsiya sohasidagi infil`tratsiya oqimi va to‘yinish sohasidagi sizot suvlari sathi dinamikasining o‘zaro bog‘liqligini gidravlik hisoblash usullari Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi faoliyatiga tatbiq etildi (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 3 martdagi CD88106471- sonma’lumotnomasi). 
lizimetrik majmua va unga reprezentativ bo‘lgan Qarshi tumanining 31,1 ming gektar sug‘oriladigan maydonlar uchun sayoz drenaj tizimini moslashtirish texnologiyasi  Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi faoliyatiga tatbiq etildi (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 3 martdagi CD88106471- sonma’lumotnomasi). 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish