Tog‘aev G‘olibjon Sharifovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Jamoat transporti ekspluatatsion sifatlarini baholash uslubiyatini takomillashtirish” (Toshkent shahar avtobus korxonalari misolida), 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1866.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.18/30.12.2019.T.09.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Qodirov Tuyg‘un Uzaqovich, i.f.n., dotsent.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Bazarov Baxtiyar Imamovich (Toshkent davlat transport universiteti); texnika fanlari nomzodi dotsent Erbekov Sherbek Ismailovich ("O‘zavtotranstexnika" IIChM).
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shahar jamoat transporti ekspluatatsion sifatini baholash uslubiyatini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ShJTning ekspluatatsion faoliyati samaradorligini ta’minlashga qaratilgan tizimli yondashuv asosida avtobus korxonalari ekspluatatsion sifatini shakllantirish va baholashning tizimli-ierarxik modeli ishlab chiqilgan;
avtobus korxonalarining mavjud ekspluatatsion salohiyatidan foydalanish holati va uni yaxshilash zaxiralarini aniqlash maqsadida turlicha kattalik va o‘lchamdagi texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlar asosida jamoat transporti ekspluatatsion sifat darajasini integral baholash uslubi ishlab chiqilgan;
muntazam avtobus yo‘nalishlarida harkatlanish tezligi va ekspluatatsion tejamkorlikka bevosita ta’sir ko‘ratuvchi yo‘nalish murakkablik darajasini texngologik, majburiy va tasodifiy to‘xtashlarga sarflangan vaqt asosida baholash uslubi ishlab chiqilgan;
ekonometrik usulda yo‘nalish murakkabligi indeksi o‘zgarishining harakatdagi tarkib ekspluatatsion xararajatlari sarfiga ta’sir darajasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Jamoat transporti ekspluatatsion sifatini baholash uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ShJT ekspluatatsion sifatini shakllantirish va baholashning tizimli-ierarxik modeli Toshkent shahar jamoat transporti tizimi faoliyatini samarali tashkil etish uchun olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar jarayonlarida bosqichma bosqich qo‘llash uchun qabul qilingan (“Toshshahartransxizmat” AJning 03.12.2021 yildagi №2-16/506-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2-avtobus saroyi ekspluatatsiya faoliyatini ixcham va ta’sirchan tashkil etish uchun amalga oshiriladigan tashkiliy-texnik ishlar hajmi 12,2 %gacha qisqarib, yiliga 17,0 mln. so‘mlik xarajatlarni tejalishi ta’minlagan;
ShJT ekspluatatsion sifat darajasini integral baholash uslubiyati “2-avtobus saroyi” MChJda joriy etilgan (“Toshshahartransxizmat” AJning 03.12.2021 yildagi №2-16/506-son ma’lumotnomasi). Korxona xizmat ko‘rsatuvchi muntazam avtobus yo‘nalishlarining ekaspluatatsion sifat ko‘rsatkichlarini tezkor baholash va tahlil etish asosida tashish quvvatlarini maqbullashtirish, mavjud ekspluatatsion zaxira imkoniyatlarini aniqlash va ularga tezkor tuzatishlar kiritish hisobiga 2021 yilning 10 oyligida harakatdagi tarkibning ish unumdorligini 6,8% ga oshirishga erishildi. Bunda yo‘lovchi birligiga to‘g‘ri keluvchi doimiy xarajatlar miqdori 1,1 mln so‘mga qisqargan;
muntazam avtobus yo‘nalishlari murakkabligini baholash uslubi “2-avtobus saroyi” MChJda xizmat ko‘rsatuvchi avtobus yo‘nalishlari murakkabliklarini kelgusida sifatli baholash orqali yo‘nalishlar bo‘yicha transport quvvatlari hajmini rejalashtirish, harakat jadvallarini tuzish va ularga tezkor o‘zgartirishlar kiritish jarayonlariga tatbiq etish uchun qabul qilingan (“Toshshahartransxizmat” AJning 03.12.2021 yildagi № 2-16/506-son ma’lumotnomasi);
muntazam avtobus yo‘nalishlari murakkabligining ekspluatatsion xarajatlarga ta’sirini baholash asosida ularning ratsional mutanosibligini standartlash uslubiyatini joriy etish tashish xarajatlarini tejash bilan bog‘liq tashkiliy-texnik choralarni ko‘rish jarayonlarida qo‘llash uchun qabul qilindi. Texnologik to‘xtashlar bilan bog‘liq yo‘nalish murakkabligi indeksining yaxshilanishi evaziga, “2-avtobus saroyi” MChJning 2021 yilning 10 oyida 8 ta yo‘nalish bo‘yicha ekspluatatsion xarajatlar tejamkorligiga erishilgan. Tadqiqot ilmiy yangiliklarini amaliyotga joriy etish natijasida jami iqtisodiy samaradorlik 2021 yilning 10 oyida 275.25 mln so‘mni tashkil etgan. (“Toshshahartransxizmat” AJning 03.12.2021 yildagi № 2-16/506-son ma’lumotnomasi);
mazkur dissertatsiyaga tegishli eksperimental tadqiqot natijalari Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi “GAZEL TRANS SERVIS” MCHJ avtokorxonasida amaliyotga joriy qilish uchun qabul qilingan hamda jamoat transporti ekspluatatsion sifatini baholash uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy natijalar olingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2021 yil 9 dekabrdagi E-1376-sonli ma’lumotnomasi).