Karimov Abdurashid Musaxonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston florasidagi Scutellaria L. turkumiga mansub o‘simliklarning flavonoidlari va qutbsiz birikmalari hamda ular asosida samarali dori vositalarini yaratishning istiqbollari», 02.00.10 - Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/K88.
Ilmiy maslahatchi: Botirov Erkin Xojiakbarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmanberdieva Ra’no Karimovna, kimyo fanlari doktori; Normaxamatov Nodirali Soxobatalievich, kimyo fanlari doktori; Boboev Baxrom Nurillaevich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston hududida o‘suvchi Scutellaria L. turkumiga mansub 7 tur o‘simliklarning flavonoidlari va qutbsiz birikmalarini ajratib olish kimyoviy tarkibini va ularning tuzilishini aniqlash hamda ular asosida samarali dori vositalari yaratish maqsadida farmakologik faolliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dunyo florasidagi Scutellaria turkumi vakillarining flavonoidlarining o‘rganilganlik darajasi va xemotaksonomik xilma-xilligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tahlil qilingan, 80 dan ortiq Scutellaria turlardagi 420 ga yaqin flavonoidlarning o‘simliklarda tarqalishi, kimyoviy tuzilishi va olinish manbalari tizimlashtirilgan, olingan natijalar asosida «Scutellaria L. turkumi o‘simliklari flavonoidlari» nomli monografiyasi tayyorlanib chop etilgan;
O‘zbekiston florasidagi Scutellaria turkumiga mansub o‘simliklarining flavonoidlarini o‘rganish davomida 3 tur o‘simliklarining (S. adenostegia, S. comosa, S. intermedia) flavonoidlari, efir moylari va ekstraktlari tarkibi solishtirilgan, ikki tur o‘simlik efir moylarining komponentlari  tarkibi hamda bitta o‘simlik turining flavonoidlari birinchi marotaba tadqiq qilingan; 
Scutellaria turkumiga mansub uchta tur o‘simlik tarkibini kimyoviy tahlil qilish natijasida 35 ta flavonoidlar individual holda, jumladan 14 ta flavon, 4 ta flavanon, 2 ta flavonol va 15 ta flavon glikozidlari identifikatsiya qilingan bo‘lib, shulardan 2 tasi yangi birikma va 33 tasi ma’lum birikmalar ekanligi aniqlangan;
kimyoviy o‘zgarishlar va spektral ma’lumotlar asosida yangi birikmalar - 5,7,2'-trigidroksiflavon 2'-O-β-D-glyukuronopiranozid, skutevulin-2'-O-β-D-glyukuronopiranozid hamda izoskutellarein va gipolaetinlarning 7-O-β-D-glyukopiranozidlari ushbu turkum o‘simliklarida birinchi marotaba aniqlangan;
S. adenostegia va S. comosa o‘simliklaridan tabiatda kam uchraydigan 5,8-digidroksiflavonlarning hosilalari – norvogonin, izoskutellarein va gipolaetinlarning glikozidlari ajratib olingan hamda ularning yallig‘lanish va gipoksiyaga qarshi xususiyatlari aniqlangan;
rentgen tuzilish tahlili usulida vogonin va 5-gidroksi-3,6,7,8-tetrametoksiflavon kristallarining molekulyar va fazoviy tuzilishlari aniqlangan;
ilk bor S. adenostegia er ustki qismi efir moyi komponentlari tarkibi o‘rganilib, 33 ta uchuvchan birikmalar identifikatsiya qilingan;
ilk bor S. somosa o‘simligi er ustki va ildiz qismining efir moyi, geksanli va xloroformli ekstraktlari tarkibi tadqiq qilinib, mos ravishda 34, 57 va 20 ta birikmalar identifikatsiya qilingan;
farmakologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, S.comosa o‘simligi er ustki qismi flavonoidlari yig‘indisi adaptogen va gipoksiyaga qarshi, S. adenostegia o‘simligi er ustki qismi flavonoidlari yig‘indisi esa yallig‘lanishga, gipoksiyaga qarshi hamda dofamin ajralishini kuchaytiruvchi ta’sirlarga ega ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston florasidagi Scutellaria turkumiga mansub o‘simliklarning flavonoidlari va qutbsiz birikmalarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Adaptogen ta’sirga ega bo‘lgan dori vositani olish usuli» uchun O‘zR IMA dan ixtiroga patent olingan (№ IAP 06277, 2020 y.). Natijada mahalliy o‘simlik xom ashyosidan dori vositasi yaratish imkoni paydo bo‘lgan;
Dissertant tomonidan olingan natijalar 2016-2020 yy. davomida bajarilgan №TA-FA-F7-008 raqamli fundamental tadqiqotlar loyihasida qo‘llanilgan va hisobotlarga kiritilgan (O‘zR FA 22 noyabr 2021yildagi №4/1255-3262 raqamli ma’lumotnomasi), natijada gipoksiyaga qarshi va yallig‘lanishga qarshi ta’sirli moddalar aniqlangan;
Scutellaria turkumi o‘simliklarning flavonoidlari va efir moylarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar yuqori impakt faktorga ega nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan 50 dan ortiq ilmiy maqolalarda o‘rganilayotgan birikmalarni tahlil qilish va xulosalarini solishtirib, kerakli ilmiy ma’lumotlarni olishda foydalanilgan [Front. Pharmacol., 2020, V.11. IF-4.65; J. Ethnopharmacol., 2021, V. 265, RG, IF-3.52; Pharm. Biol., 2018, V. 56 (1), RG, IF-2.49; RSC Advances, 2019, 9(44), RG, IF-2.57; Holzforschung, 2020, 74 (2), RG, IF-1.78; Arab. J. Chem., 2016, 9, S411, RG, IF-1.02; J. Immunoassay Immunochem., 2017, 38 (5), RG, IF- 0.91 va hokazo). Dissertatsiyada keltirilgan ilmiy natijalardan turli o‘simliklardan ajratib olingan flavonoidlarning tuzilishi va biologik hossalarini isbotlash imkonini bergan;
o‘rganilgan o‘simlik turlaridan olingan yangi flavonoidlarning kimyoviy tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari «Natural Compounds: Flavonoids. Plant Sources, Structure and Properties» (Springer, 2013, s. 57,59) lug‘atiga kiritilgan va xalqaro «Dictionary of Flavonoids» (Taylor&Francis Group CRC Press) ma’lumotlar bazasiga 442201-59-4, 866621-11-6, raqami ostida kiritilgan bo‘lib, doktorant va magistrantlarga yangi tabiiy birikmalarning tuzilishi va fizikaviy xususiyatlarini tavsiflashda ulardan foydalanish imkonini beradi;
Scutellaria turkumi o‘simliklarning flavonoidlarini o‘rganilganlik darajasi va xemotoksonomik xilma xilligi haqidagi ma’lumotlarning ilmiy-o‘lchovlarda tahlili natijalari obzor maqolada (Russian Journal of Bioorganic Chemistry, 2017, V.43, №7, Rp. 691-711), shuningdek, «Scutellaria L. turkumi o‘simliklarning flavonoidlari» monografiyasida ham keng yoritib berilgan (Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2016, 180 b.). Mazkur monografiya va chop etilgan maqolalar Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi FGBOU VO «Samara davlat medisina universiteti»ning botanika, farmakognoziya va fitoterapiya asoslari kafedrasida o‘quv jarayonlari hamda diplom va kurs ishlarini tayyorlashda qo‘llanilib kelinmoqda (Samara davlat medisina universitetining 19 noyabr 2021 yildagi № 1230/109-23-4721-son ma’lumotnomasi). Natijada aspirantlar va magistrantlarning dissertatsiya va bitiruv kvalifikatsion ishlarini tayyorlashda kerakli ilmiy ma’lumot olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish