Yuldashev Bekmirza Elmuradovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy rahbar ijtimoiy qiyofasini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari”, 09.00.04 – “Ijtimoiy falsafa” (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fal349.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02 
Ilmiy rahbar: Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Yaxshilikov Juraboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor; Sultonov Asliddin Fazliddinovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy rahbar ijtimoiy qiyofasini yuksaltirish yo‘llarini aniqlash yuzasidan taklif  va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy rahbar ijtimoiy qiyofasini belgilab beruvchi fazilat, xislat, e’tiqod, faoliyatida amal qiladigan kasbiy tamoyil kabi xususiyatlarning shakllanishida ijtimoiy islohotlarning mazmuni o‘zgargani sababli rahbarning  strategik, innovatsion, ma’muriy, kommunikatsion va ijtimoiy boshqaruv funksiyalarini takomillashtirish zarurligi falsafiy jihatdan asoslangan;
O‘zbekiston taraqqiyotining bugungi bosqichida ijtimoiy islohotlar bilan rahbar ijtimoiy qiyofasi o‘rtasidagi dialektik aloqadorlik o‘zaro hamkorlik, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik va ma’naviy xavfsizlik singari umumijtimoiy manfaatlarga uyg‘un tarzda namoyon bo‘layotgani falsafaning makon va zamon kategoriyalari vositasida dalillangan; 
real voqelikning ilmiy in’ikosi asosida rahbarning kompetentlilik, kreativlik, tashkilotchilik, qat’iyatlilik kabi xislatlari jamiyatdagi guruhlar o‘rtasidagi ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar, shaxslararo munosabatlar bilan bog‘liq milliy qadriyatlar, rahbarlik faoliyatining huquqiy asoslari va malaka oshirish imkoniyatlariga mutanosib ekanligi falsafiy jihatdan aniqlangan;
zamonaviy rahbar ijtimoiy qiyofasini yuksaltirish uchun rahbarlarni tayyorlash, kasbga to‘g‘ri yo‘naltirish, nazorat qilishga oid milliy va xorijiy tajribalardan foydalangan holda muhim ijtimoiy funksiyalarni bajarishga qodir bo‘lgan ideal rahbar modelini shakllantirish zarurligi mantiqiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy rahbar ijtimoiy qiyofasining shakllanishi va yuksalishi jarayoni bilan bog‘liq muammolarni tadqiq qilish orqali olingan ilmiy natijalar asosida: 
rahbar ijtimoiy qiyofasi xususiyatlari (fazilat va xislatlari, e’tiqodi faoliyatida amal qiladigan tamoyillari, hayotga va jamiyatga munosabati) boshqaruv funksiyalarining (strategik, innovatsion, ma’muriy, kommunikatsion, ijtimoiy) bajarilishi mobaynida shakllanishiga doir ilgari surilgan konstruktiv fikr-mulohazalaridan, taklif va tavsiyalaridan 2018-2020 yillarda bajarilgan “Transformatsiya sotsial`n’x ustonovok v karakalpakskom obshhestve: istoriya i praktika” mavzusidagi PZ-20170915198 raqamli amaliy loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqolpog‘iston bo‘limining 2021 yil 27 yanvardagi 17-01/13-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ijrosining samaradorligiga erishish bilan bir qatorda, bo‘lajak rahbar kadrlarning ma’naviy qiyofasini yuksaltirishga, ularning ilmiy salohitini yanada  oshirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda rahbar faoliyatini murakkablashtirgan omillar ular ijtimoiy qiyofasida yangi o‘zgarishlarni yuzaga keltirganligiga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar konsepsiyasi” va “O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imidjini mustahkamlashga qaratilgan konsepsiya”  ssenariysini, shuningdek, “Ma’rifat targ‘ibotchilari jamiyati” faoliyati hamda “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” nodavlat ta’lim muassasasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini va “Hududlardagi ma’naviy-ma’rifiy muhit xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 2 dekabrdagi 02/07-1052-son ma’lumotnomasi). Bu esa, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot-tashviqot ishlarining samaradorligini mustahkam-lashga, ayniqsa aholida zamonaviy kadrlar siyosati bo‘yicha davlatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarga nisbatan dunyoqarashini rivojlantirishga va intellektual salohiyatini yanada oshirish amaliyotida ilmiy-nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
zamonaviy rahbar ijtimoiy qiyofasini yuksaltirish uchun ratsional tajribalar (rahbarlarni tayyorlash, yo‘naltirish, aniq tamoyillarga bo‘ysundirish, nazorat qilish tajribasi) aktual vazifalar (ideal rahbar modelini shakllantirish, rahbar kadrlarni tanlash, attestatsiyalash, monitoring qilish jarayonini modernizatsiyalash, kadrlar siyosatini takomillashtirish) bilan sintez qilinishi zarurligi asoslanganligiga oid taklif va tavsiya-laridan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan 2019 yil 5 noyabr` kuni bo‘lib o‘tgan IX S’ezdida tasdiqlangan Dasturining I bo‘limidagi “Partiyaning davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish sohasidagi vazifalari”da belgilangan “Davlatni boshqarish, jamiyatda shakllanayotgan qarashlarga ta’sir o‘tkazish, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish, ijtimoiy muammolarni hal etishda ko‘maklashish, O‘zbekistonning xalqaro obro‘sini oshirishda, yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlashda, millatlararo va fuqarolararo ahillik va totuvlikni mustahkamlash ishida faol qatnashish” va “Jamiyatning  intelektual salohiyati  izchil va barqaror rivojlanishi, har bir fuqaro tomonidan o‘z qobiliyatlari va salohiyatini amalga oshirishi uchun keng sharoitlarni yaratish” deb nomlangan bandlarini shakllantirishda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasining 2021 yil 2 fevraldagi 01-27/97-son ma’lumotnomasi). Natijada partiya faoliyatining ish samaradorligini yanadada oshirishga, Dasturda belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
real voqelikning ilmiy in’ikosi asosida rahbar ijtimoiy qiyofasi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar (ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, milliy qadriyatlar, huquqiy asoslar, tahsil mexanizmi, kasbiy mobillik, jamoatchilik nazorati, shaxsiy javobgarlik) aniqlanganligiga doir taklif va tavsiyalaridan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2019 yil 29 yanvar` kuni efirga uzatilgan “Mulohaza” teleko‘rsatuvi va viloyat “Oltin voha” radiosining 2019 yil 22 apreldagi “Dolzarb mavzu” radioeshitirishining dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 17 noyabrdagi 12-15/190-son ma’lumotnomasi). Natijada keng jamoatchilik ongiga bugun jamiyatdagi yangilanishlar ta’sirida rahbar ijtimoiy qiyofasida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, uning samarasi, umuman zamonaviy rahbarning ijtimoiy qiyofasini yuksaltirish bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy asoslangan g‘oyalarni singdirishga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish