Sobirova Dilafruz Abdulxay qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik davri o‘zbek bolalar she’riyati lingvopoetikasi ”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil36.
Ilmiy rahbar: Muminov Sidiqjon Mirsobirovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Uluqov Nosirjon Muxammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida yaratilgan o‘zbek bolalar she’riyatining lingvopoetik xususiyatlarini ochib berish, bolalar she’riyatida qo‘llanilgan til birliklarining badiiy-estetik ta’sirchanligini va bolalar ijodkorlarining badiiy mahoratini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:  
mustaqillik davri bolalar she’riyatida badiiy ekspressivlikning ta’minlanishida fonetik ohangdorlikka xizmat qiluvchi assonans va alliteratsiyaning o‘rni ustuvor ekanligi dalillangan;
bolalar she’riyatida asos va yasama holda, leksema va birikma ko‘rinishida qo‘llangan shakldosh so‘zlarning ekspressivlik talabiga ko‘ra leksik poetizmni hosil qilishi aniqlangan; 
bolalarga atalgan she’riy asarlarda ma’nodosh so‘zlarning yakka, juft, uyushgan holda qo‘llanilib, asarga ko‘tarinki ruh olib kirishi, badiiy ta’sirchanlikni oshirishi lingvopoetik  jihatdan dalillangan; 
bolalar nutqida faol uchrovchi turg‘un (barqaror), muvaqqat, kuchaytirilgan (metaforik) o‘xshatishlarning, jonlantirishlarning tashxis va intoq ko‘rinishlari  aniqlanib, ularning bolalar nutqini takomillashtirishi dalillangan.
IV. Tadqiqotning natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik davri o‘zbek bolalar adabiyoti lingvopoetikasini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
fonopoetika, morfopoetika, leksik poetika bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy natijalaridan, she’riy asarlarda qo‘llangan badiiy tasvir vositalarining poetizmni hosil qilishdagi xulosalaridan A-1-61 raqamli «Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audiokitob ta’minotini yaratish» nomli amaliy loyihasi asosida audioma’lumotlar to‘plamini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 6 sentyabrdagi 01/4-1465-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalarda she’riy nuqtni his qilish, unda qo‘llangan badiiy tasvir vositalaridan zavqlanish ko‘nikmalari rivojlangan;
bolalar shoirlarining asarlarida qo‘llangan inson qiyofasi, fe’l-atvori tasvirini ifodalovchi leksik poetizmlar haqidagi fikr va mulohazalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 20 noyabrdagi 04/1-2239-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘atning salohiyati oshgan, foydalanish imkoniyatlari kengaygan; 
Anvar Obidjon, Tursunboy Adashboev, Kavsar Turdieva kabi taniqli bolalar shoirlari tomonidan qo‘llangan lingvopoetik  usullari va vositalaridan «O‘zbekiston» telekanali davlat muassasasining «Assalom, O‘zbekiston!”» va «Adabiy o‘qish» ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» davlat muassasasining 2021 yil 26 noyabrdagi 10-14-1570-son  ma’lumotnomasi). Natijada ushbu telekanalning 10 ta ko‘rsatuvi uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan;
bolalar nutqini o‘stirish, ularni badiiy asarni tushunishga da’vat etish maqsadida dissertatsiyada qo‘llangan lingvopoetikaga boy matnlardan «O‘zbekiston–24» radiokanalining «Radiomuloqot», «Ta’lim va taraqqiyot» eshittirishlarida unumli foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston–24» radiokanali  davlat muassasasining 2021 yil 6 sentyabrdagi 03-09-532-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu eshittirishlarning ommabopligi ta’minlanib, ta’sirchanligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish