Kenjaev To‘lqin Arabovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Adabiyotshunoslikda ilmiy-biografik manbalarni qayta baholash muammosi” (fitratshunoslik misolida), 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil337.
Ilmiy rahbar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori, professor; G‘aniev Ilhom Muzafarovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik davrida yozilgan fitratshunoslikka oid tadqiqotlarni “qayta baholash” metodologiyasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Fitratning lirik, epik va dramatik asarlarini ochib berishda milliy istiqlol konsepsiyasining ijtimoiy-falsafiy jihatdan xalqning etnomadaniy xususiyatlari, badiiy-psixologik jihatdan yoshlarda mustaqillik, ijod, ishchanlik, faollik kabi ramziy holatlarning ustuvor o‘ringa ega ekanligi aniqlangan;
istiqlol davri fitratshunosligi materiallari misolida “Hind ixtilolchilari”, “Munozara”, “Bayonoti sayyohi Hindi” kabi tanqidiy va “Adabiyot qoidalari”, “She’r va shoirlik” singari nazariy asarlarini tarixiy jihatdan xronologik tartibda qayta baholash tamoyili ochib berilgan;
adibning mumtoz adabiyot tarixiga doir asarlari badiiy publisistikasiga xos epik tasvir, falsafiy mushohada, adabiy-tanqidiy ruh kabi ijtimoiy-estetik talqinlarga ega ekanligi ochib berilgan;
Fitratning badiha, adabiy-biografik ocherk, portret-maqola kabi adabiy tanqid janrlariga asos solganligi, badiiy asarlarni tushunishda va tushuntirishda rus formal vakillarining nazariy-estetik qarashlariga tayanganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fitratshunoslik sohasida ilmiy-biografik manbalarni qayta baholash muammosining metodologik talqini bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Fitrat ijodi va adib asarlarining janrlari, ijtimoiy, tarixiy-badiiy omillari, uslubidagi o‘ziga xosliklar, ahamiyati va dolzarbligi, o‘zbek va qardosh xalqlar milliy-tarixiy, hayotiy manzaralarining milliy xarakterlar va urf-odatlar ifodasiga xos jihatlaridan F1-FA-0-43429, FA-F1, G002 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish”(2012-2016 yy) hamda FA-F1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi (2017-2020 yy) fundamental loyihalarida foydalanilgan (O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 01 iyuldagi 17.01.149-son ma’lumotnomasi). Natijada birlamchi manbalar va ularning talqinlari sintezi kabi tushunchalar haqida batafsil ma’lumot olish imkonini bergan;
Fitratning badiiy mahorati va milliy adabiyotimizdagi bebaho asarlarining badiiy-estetik g‘oyani aks ettirishga doir qarashlaridan O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi tomonidan bajarilgan “Mitti yulduz” jilolari yoxud Abdulla Oripov izdoshlari huzurida” mavzusidagi 54-10/104(2018-2019yy) raqamli loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limining 2021 yil 09 noyabrdagi 95-son ma’lumotnomasi) Natijada o‘zbek adabiyotshunosligida milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti vakillari ijodini qayta baholash hamda ular qoldirgan boy adabiy merosga qadriyatlar silsilasi sifatida yondashish imkonini bergan.