Arzieva Bibi-Sanem Aynazarovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tilini o‘rganishda maktab o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik tizimi” (Qoraqalpoq maktablari yuqori sinflari misolida). 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2149.
Ilmiy rahbar: Aleuov Userbay, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xudoyqulov Abdulla Eshquvvatovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini o‘rganishda maktab o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
informatsion-kommunikativ muhitda ingliz tilini o‘qitishning semantik asosi hisoblanuvchi ma’naviy-axloqiy kompetentlik konseptining mohiyati o‘quvchilarda “ma’naviyat”, “axloq”, “madaniyatlararo aloqa”, “axborot makoni” tushunchalarini ichki anglanishi (interiorizatsiyasi) va odat (fazilatlar) ko‘rinishida yorqin namoyon bo‘lishining amaliy faoliyat bilan uyg‘unligini taksonomik jihatini hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
ma’naviy-ahloqiy kompetentlik sohasida jamiyatning integral resursi bo‘lmish madaniyatlararo aloqaning tarbiyaviy imkoniyati shaxs tomonidan milliy va o‘zga madaniyatga aksiologik munosabatni ifoda etuvchi qadriyatli yo‘nalganlikning lingvomadaniy aspektlarini o‘quv materiallarini strukturalash mantiqiga maqsadli yo‘naltirish orqali aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish modeli qadriyatli-maqsadli, tarkibiy, texnologik, natijaviy-baholashga doir komponentlarga muvofiq ingliz tilini o‘rganishning kommunikativlik darajasining nutqiy kompetensiyalar bilan integral aloqasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik tizimi ma’naviy-ma’rifiy jihatdan individual-shaxsiy rivojlanishni belgilab beradigan sub’ekt pozisiyasi namoyon bo‘lishini o‘qituvchi faoliyati tuzilmasi (metatexnologiya) va polifonik dialog, virtula reallikka asoslangan o‘quv-bilish faoliyatining didaktik kombinatsiyasini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilini o‘rganishda maktab o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik tizimiga doir tadqiqot natijalari asosida:
informatsion-kommunikativ muhitda ingliz tilini o‘qitishning semantik asosi hisoblanuvchi ma’naviy-axloqiy kompetentlik konseptining mohiyatini o‘quvchilarda “ma’naviyat”, “axloq”, “madaniyatlararo aloqa”, “axborot makoni” tushunchalarini ichki anglanishi va odat ko‘rinishida yorqin namoyon bo‘lishining amaliy faoliyat bilan uyg‘unligini taksonomik tavsifini hisobga olish orqali aniqlashtirishga doir takliflardan Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 30 iyuldagi 180-son “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosori va sinf rahbarlari faoliyati samaradorligini oshirish haqida”gi buyrug‘i asosida ta’lim muassasasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Ingliz tili” fan to‘garagini tashki etishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligining 2021-yil 25 martdagi 01-01-9/1431 son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilini o‘rganishga mo‘ljallangan to‘garaklar faoliyati mazmunini ma’naviy-axloqiy tavsiyadagi materiallar bilan boyitishga xizmat qilgan;
ma’naviy-axloqiy kompetentlik sohasida jamiyatning integral resursi bo‘lmish madaniyatlararo aloqaning tarbiyaviy imkoniyatini shaxs tomonidan milliy va o‘zga madaniyatga aksiologik munosabatni ifoda etuvchi qadriyatli yo‘nalganlikning lingvomadaniy aspektlarini o‘quv materiallarini strukturalash mantiqiga maqsadli yo‘naltirish orqali aniqlashtirish, o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish modelini qadriyatli-maqsadli, tarkibiy, texnologik, natijaviy-baholashga doir komponentlarga muvofiq ingliz tilini o‘rganishning kommunikativlik darajasining nutqiy kompetensiyalar bilan integral aloqasini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A1-XT-0-92997. “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” (2012-2014 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2021 yil 8 fevraldagi 32-son ma’lumotnomasi). Natijada, til ta’limi jarayonida o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy kompetentlikni rivojlantirishning didaktik ta’minotini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik tizimini ma’naviy-ma’rifiy jihatdan individual-shaxsiy rivojlanishni belgilab beradigan sub’ekt pozisiyasining namoyon bo‘lishini o‘qituvchi faoliyati tuzilmasi va polifonik dialog, virtula reallikka asoslangan o‘quv-bilish faoliyatining didaktik kombinatsiyasini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan I1-XT-0-17222 “Qoraqalpoq milliy mentalitetini o‘quvchi yoshlarga singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish” (2013-2014 yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2021 yil 29 yanvardagi 30-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy mentalitetga xos o‘quv materiallarini ingliz tilini o‘rganish jarayonida samarali qo‘llashning didaktik imkoniyatlarini kengaytirishga erishilgan.