Sultanov Rustam Begdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Investisiya loyihalarini moliyalashtirishda bank risklarini tartibga solish amaliyotini rivojlantirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt336.
Ilmiy rahbar: Duskobilov Umidjon Sharofiddinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dodiev Fozil O‘tkurovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Sanoatqurilishbank aksiyadorlik tijorat banki.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: investisiya loyihalarini moliyalashtirish jarayonida yuzaga keladigan bank risklarini tartibga solish amaliyotini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
risklarni aniqlash va ta’sir ko‘lamini baholash jarayoni investision salohiyatga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shakllanish manbalariga ko‘ra taqsimlash hamda investision loyihalarni moliyalashtirishdagi risklarni tartibga solish yondashuvi asosida takomillashtirilgan;
benefisiarning loyiha doirasidagi importini xorijiy bankning subsidiyalangan resursi asosida moliyalashtirish taklif etilgan;
investisiya loyihasini xorijiy bankdan jalb qilingan milliy valyutada nominallangan kredit orqali moliyalashtirish taklif etilgan;
foizli daromadlar va riskka tortilgan aktivlar hajmini oshirish, risk profilini yaxshilash va bankning investisiya loyihalari hajmining oshishini e’tiborga olgan holda banklar investisiya loyihalarini moliyalashtirish hajmining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan asosiy, optimistik va pessimistik ssenariyli prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
risklarni aniqlash va ta’sir ko‘lamini baholashning takomillashtirilgan yondashuvi tijorat banklari amaliyotiga joriy etilgan. (AT “Xalq banki”ning 2021 yil 21 iyundagi 20-18/687-son hamda “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2021 yil 6 iyuldagi 22-13/265-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida banklarning investision salohiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shakllanish manbalariga ko‘ra taqsimlash, investision loyihalarni moliyalashtirishdagi risklar darajasini baholash va risklarni tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligi ta’minlanib, 2020 yilda investision kreditlar hajmi 2019 yilga nisbatan AT “Xalq banki”da 63 foizga oshgani holda 5,4 trln. so‘mni, “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda esa, 4 foizga oshgani holda 18,2 trln. so‘mni tashkil etgan;
banklar tomonidan benefisiarning loyiha doirasidagi importini xorijiy bankning subsidiyalangan resursi asosida moliyalashtirish taklifi AT “Xalq banki” Boshqaruv kengashining 2020 yil 13 fevraldagi 19-sonli qarori bilan amaliyotga joriy etilgan (AT “Xalq banki”ning 2021 yil 21 iyundagi 20-18/687-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida 2020 yilda investision loyihalar doirasida texnika-texnologiyalar importi uchun investorlarga xorijiy kredit liniyasi hisobidan jalb etilgan 4,5 foizlik resursga nisbatan 3,25 foizlik subsidiya qo‘llangani holda bank tomonidan 4,25 (1,25 xorijiy resurs foizi+3 bank marjasi) foizdan 80,5 mlrd. so‘m miqdoridagi investision kreditlar ajratilgan;
investisiya loyihasini xorijiy bankdan jalb qilingan milliy valyutada nominallangan kredit orqali moliyalashtirish taklifi AT “Xalq banki” Boshqaruv kengashining 2020 yil 4 martdagi 27/1-sonli qarori bilan amaliyotga joriy etilgan (AT “Xalq banki”ning 2021 yil 21 iyundagi 20-18/687-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida 2020 yilda AT “Xalq banki” tomonidan 418,9 mlrd. so‘m ekvivalentdagi 40 mln. AQSh doll.ga teng resurs jalb qilingan va bankning xorijiy korrespondentlar oldidagi majburiyati 418,9 mlrd. so‘mga nisbatan belgilanishiga erishilgan;
banklar investisiya loyihalarini moliyalashtirish hajmining 2022-2026 yillar uchun asosiy, optimistik va pessimistik ssenariyli prognozi AT “Xalq banki” va “Sanoatqurilishbank” ATB tomonidan investisiya siyosatini ishlab chiqishda inobatga olingan (AT “Xalq banki”ning 2021 yil 21 iyundagi 20-18/687-son hamda “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2021 yil 6 iyuldagi 22-13/265-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida risk profilining yaxshilanishi, foizli daromadlar va riskka tortilgan aktivlar hajmining oshishi bankning investisiya loyihalari hajmini oshishiga xizmat qilgan.