Xo‘jageldiev Chorshanbi Pardaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi erlari unumdorligini oshirishni rag‘batlantirish», 08.00.04-Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt1151.
Ilmiy rahbar: Altiev Abdurashid Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, Dsc.I.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Shavkat Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Narbaev Sharafatdin Kengeshovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi erlari unumdorligini oshirishni rag‘batlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari daromad va xarajatlarini rejalashtirish va prognozlashtirish maqsadida erlarni bonitirovkalash  xizmatlarini joriy etish mexanizmi asoslangan; 
qishloq xo‘jaligi korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish hajmini tuproq unumdorligi darajasi, differensial er rentasi turlarining shakllanish omillari  va foydaning o‘zaro bog‘liqlik xususiyatlarini hisobga olgan holda rejalashtirish tavsiya etilgan;
ekin erlarining tabaqalangan ball-bonitet darajasiga mos er solig‘i stavkalarini hisoblash va er unumdorligini oshirish xarajatlarini mahalliy byudjetdan moliyalashtirish orqali iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmlari takomillashtirilgan;
er ijarasi huquqini garovga qo‘yishda qishloq xo‘jaligi korxonalarining kredit to‘loviga layoqatlilik darajasini “layoqatsiz” (0,0-0,2), “o‘rta layoqatli” (0,2-0,6), “yuqori layoqatli” (0,6-1,0) mezonlariga ko‘ra baholash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi erlari unumdorligini oshirishni rag‘batlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
dehqon xo‘jaliklari, tomorqa er egalari foydalanishidagi er maydonlarining bonitet balini aniqlash mexanizmini yo‘lga qo‘yish yuzasidan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2020 yil 6 iyundagi 03-05-6302-son ma’lumotnomasi). Natijada dehqon xo‘jaliklari, tomorqa er egalari foydalanishidagi er maydonlarida etishtiriladigan hosil, daromad va xarajatlarini aniqlashtirish hamda optimallashtirish, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish prognozlarining ishonchliligini oshirish imkoniyatlari yaratilgan hamda ushbu erlarda hosildorlik o‘rtacha 5-6 foizga oshishi, 0,01 ga erdan qo‘shimcha 352 ming so‘m daromad olinishi asoslangan; 
fermer xo‘jaliklari ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirishni nafaqat tuproq unumdorligini, balki differensial er rentasi shakllanishining boshqa omillarini ham hisobga olgan holda amalga oshirish va shundan kelib chiqqan holda shartnoma rejalarini belgilashni takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 5 dekabrdagi 05/040-4086-son ma’lumotnomasi). Natijada Surxondaryo viloyati fermer xo‘jaliklarida bonitet bali hamda differensial er rentasi shakllanishini hisobga olgan holda rejalashtirish asosida jami daromad o‘rtacha 1 gektarga 1456 ming so‘mga oshgan, jami xarajatlar esa 756 ming so‘mga kamayishiga erishilgan; 
sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi erlari unumdorligini oshirishni moliyaviy tizimlar orqali rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 5 dekabrdagi 05/040-4086-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatdagi sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi erlari unumdorligini oshirishda mahalliy byudjetlar ishtiroki kuchaytirilgan hamda fermer xo‘jaliklarida ekinlar hosildorligi o‘rtacha 3-5 foizga oshgan va qo‘shimcha 2428,0 mln. so‘mlik daromad olingan;  
fermer xo‘jaligining er uchastkasiga ijara huquqi qiymatini baholash uslubiyotini takomillashtirish, shuningdek, dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa er egalarining erga egalik huquqini garovga qo‘yib, uzoq muddatli ipoteka krediti olish mexanizmini shakllantirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim korxonalari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 5 dekabrdagi 05/040-4086-son ma’lumotnomasi). Natijada tijorat banklari bilan fermer va dehqon xo‘jaliklari, tomorqa er egalari o‘rtasida sug‘oriladigan erlar unumdorligini oshirishni ko‘zda tutuvchi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmini samarali yo‘lga qo‘yish ta’minlangan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish