Altmishev Temurbek Hamzaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axloq tuzatish ishlari jazosining ijrosini takomillashtirish (probatsiya faoliyati tahlili asosida)”, 12.00.14 – Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash. Probatsiya faoliyati (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Yu366.
Ilmiy rahbar: Ziyodullaev Muzaffar Ziyodullaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Toxirov Farxod, yuridik fanlar doktori, professor; Abzalova Xurshida Mirziyatovna, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi probatsiya faoliyati tahlili asosida axloq tuzatish ishlari jazosining ijrosini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amaldagi qonunchilikda axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan kelib tushadigan ushlanmalarning muayyan qismini Probatsiya xizmatini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazish zarurati hamda afzalliklari asoslantirilgan;
axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan bo‘yin tovlagan shaxslarning respublika hududidan chiqishini cheklash tartibini joriy etishga bo‘lgan ehtiyojning yuqoriligi isbotlangan;
axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan shaxslar xulq-atvorining tavsifidan kelib chiqqan holda ularni uchta toifaga – tuzalish yo‘liga o‘tgan, jinoyat sodir etishga moyil va jinoyat sodir etish xavfi yuqorilarga ajratish zarurati asoslantirilgan;
probatsiya xizmati tuzilmasida axloq tuzatish ishlari ijrosini tashkil etish guruhi faoliyatini joriy etish lozimligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Probatsiya faoliyati tahlili asosida axloq tuzatish ishlari jazosining ijrosini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan kelib tushadigan ushlanmalarning muayyan qismini Probatsiya xizmatini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirish haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 noyabrdagi “Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4006-son qarorining 6-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 21 fevraldagi 26/564-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi probatsiya xizmatining axloq tuzatish ishlari jazosini ijro etish faoliyatining takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan bo‘yin tovlagan shaxslarning respublika hududidan chiqishini cheklash tartibini joriy etish haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 fevraldagi “Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 84-son qarorining 7-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 21 fevraldagi 26/564-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan bo‘yin tovlagan shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishining oldini olishga xizmat qilgan;
axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan shaxslar xulq-atvorining tavsifidan kelib chiqqan holda ularni uchta toifaga – tuzalish yo‘liga o‘tgan, jinoyat sodir etishga moyil va jinoyat sodir etish xavfi yuqorilarga ajratish haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018 yil 7 dekabrdagi “Probatsiya xizmati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 316-son buyrug‘iga 1-ilova bilan tasdiqlangan Nizomning 17-bandida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 21 fevraldagi 26/564-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi probatsiya xizmatining axloq tuzatish ishlari jazosini ijro etish faoliyati takomillashishiga xizmat qilgan;
probatsiya xizmati tuzilmasida axloq tuzatish ishlari ijrosini tashkil etish guruhini tuzish haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining “Probatsiya xizmati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 7 dekabrdagi 316-son buyrug‘iga 2-ilova bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmatining tashkiliy tuzilmasida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 21 fevraldagi 26/564-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi probatsiya xizmatining axloq tuzatish ishlari jazosini ijro etish faoliyatining takomillashtirilishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish