Azimova Feruza Payzievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘qimachilik sanoati korxonalari faoliyati samaradorligini boshqarishni takomillashtirish», 08.00.13 – «Menejment» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4PhD/Iqt1515.
Ilmiy maslahatchi: Salimov Baxtiyor Tadjievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tursunov Bobur Ortiqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik korxonalari faoliyati samaradorligini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik sanoati korxonalari tomonidan fermer xo‘jaliklarining xarajatlarini shartnoma qiymatining kamida 60 foizini avans berish yo‘li bilan moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
to‘qimachilik sanoati korxonalari olingan chigitni yog‘-moy korxonalariga, qo‘shimcha mahsulotlarni (lint, o‘lik paxta) boshqa iste’molchilarga sotishga ruxsat berish taklif etilgan;
to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan, import qilinadigan sun’iy va sintetik tola, jun, xom ashyo materiallari uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilish taklif etilgan;
to‘qimachilik korxonasi boshqaruv tarkibiy tuzilmasiga natijadorlikni oshirishga qaratilgan «Samaradorlikni boshqarish» bo‘limini ochish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘qimachilik korxonalari faoliyati samaradorligini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik sanoati korxonalari tomonidan fermer xo‘jaliklarining xarajatlarini shartnoma qiymatining kamida 60 foizini avans berish yo‘li bilan moliyalashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 dekabrdagi PF-5285-son «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga kiritgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 22 iyundagi 03/25-1925-son ma’lumotnomasi). Natijada «URGUT GULBAHORI» MChJ to‘qimachilik korxonasi fermer xo‘jaliklari xarajati 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 12,6 foizga oshgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalari olingan chigitni yog‘-moy korxonalariga, qo‘shimcha mahsulotlarni (lint, o‘lik paxta) boshqa iste’molchilarga sotishga ruxsat berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 dekabrdagi PF-5285-son «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga kiritgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 22 iyundagi 03/25-1925-son ma’lumotnomasi). Natijada «URGUT GULBAHORI» MChJ to‘qimachilik korxonasi mahsulot sotish hajmi 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 14,6 foizga oshgan.
to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan, import qilinadigan sun’iy va sintetik tola, jun, xom ashyo materiallari uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 dekabrdagi PF-5285-son «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga kiritgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 22 iyundagi 03/25-1925-son ma’lumotnomasi). Natijada, «URGUT GULBAHORI» MChJ to‘qimachilik korxonasi mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 7,8 foizga oshgan.
to‘qimachilik korxonasi boshqaruv tarkibiy tuzilmasiga natijadorlikni oshirishga qaratilgan «Samaradorlikni boshqarish» bo‘limini ochish taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi «URGUT GULBAHORI» MChJda tashkil etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 22 iyundagi 03/25-1925-son ma’lumotnomasi). Natijada, «URGUT GULBAHORI» MChJ to‘qimachilik korxonasida tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 47,3 foizga oshgan.