Yakubova Azizaxon Saidkasimovnaning
falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vitiligo rivojlanishining kliniko-immunogenetik va biokimyoviy mexanizmlari va davolash usulini takomillashtirish», 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib 1177.
Ilmiy rahbar: Sabirov Ulugbek Yusupxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Vaisov Adxamjon Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi vitiligo patogenezi va klinik kechishida klinik-immunogenetik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarning rolini o‘rganish va olingan ma’lumotlar asosida kasallikning klinik kechishini bashoratlash hamda davolash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vitiligoning rivojlanishi va klinik kechishidagi VDR geni Bsm1 c.IVS7 G>A polimorfizmining A allel varinti tashuvchilari o‘rtasidagi bog‘liqligi (OR=1.5; 95% CI:0.915-2.32), jumladan vitiligo rivojlanish xavfining ortishi, ayniqsa vitiligoning nosegmentar turi bilan assotsiatsiyalanishi (χ2=2.8; OR=1.5; 95% CI:0.92-2.61) isbotlangan;
VDR genining G>A va IL – 17 genining G-197A polimorizmi geterozigot variantlari kombinatsiyasi vitiligoning molekulyar mexanizmida sintrop ta’sir ko‘rsatishi va vitiligo rivojlanish xavfini uch barobargacha oshirishi (χ2=6.0; r=0.01; OR=3.0; 95% CI:1.21–7.618) isbotlangan;
vitiligo turlarining rivojlanishi va klinik kechishida D vitaminining ahamiyati, hamda malondialdegidning salbiy korrelyasiyasi va superoksid dismutaza faolligining qon zardobidagi D vitamini miqdori bilan ijobiy bog‘liqligi isbotlangan;
vitiligoli bemorlar qon zardobida oksidlovchi stress, antioksidant holat va D vitamini bilan IL – 17 hamda VDR gen polimorfizmlari o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Vitiligo rivojlanishining klinik-immunogenetik hamda biokimyoviy mexanizmlari va davolash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
vitiligoni samarali tashhislash va davolash algoritmlaridan foydalanish orqali amalga oshirilgan ilmiy natijalar asosida «Vitiligo patogenezida D vitaminining roli va davolashning kompleks usulini ishlab chiqish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 noyabrdagi 8n-r/443-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma vitiligoli bemorlarda erta tashhislash, davolash samaradorligini oshirish, ularning hayot sifatini yaxshilash va davolanish muddatini qisqartirish imkonini bergan;
vitiligo kasalligining rivojlanishida klinik-genetik, immunoferment va biokimyoviy mexanizmlarni aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Tibbiyot hodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi o‘quv jarayoniga, shuningdek, Jizzax hamda Toshkent viloyat teri va tanosil dispanserlarining klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 1 martdagi 08-09/6606-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalari davolash samaradorligini oshirish, bemorlar hayot sifatini yaxshilash va davolash muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy sarf xarajatlarni 1,2 barobar qisqartirish imkonini bergan.