Umarxodjaeva Ziyoda Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayolning fenotipiga qarab menopauza uchun prognostik belgilari», 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib855.
.4.PhIlmiy rahbar: Xaydarova Feruza Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yo.X. Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirishgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc 04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: menopauzaning normal kechish va menopauzal patologiyalar prognostik mezonlarni ishlab chiqish bilan birga shartli fenotiplarini aniqlash hamda ayol tanasining o‘ziga xos xususiyatiga qarab premenopauzal davrning kechish xususiyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinik-anamnestik, metabolik va biokimyoviy markerlarni postmenopauzal davr rivojlanishini bashoratlashdagi ahamiyati isbotlangan;
postmenopauzal davrdagi ayollarda kasallikni asosiy endokrin klinik tamoyillari, etiologiyasi, reproduktiv tizimning kechishi taxlili qilinib, ayollar fenotiplari bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
klimakterik sindrom bo‘lmagan ayollarda qiyosiy yondashuv asosida premenopauza davrida tananing qoniqarli moslashuvi 85,3% muvozanatli tipida, aksincha qoniqarsiz moslashuv esterogenik ayol fenotipida aniqlangan;
menopauza yoshdagi ayollarda korrelyasion bog‘liqlik asosida postmenopauzal davrning klinik va fenotipik parametrlarini tashxislash va prognostik mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinish.
Ayollarda fenotipga bog‘liq holda xavfni bashoratlash uchun postmenopauzal davrning klinik-metabolik prediktorlari va biokimyoviy markerlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning olingan ilmiy natijalari asosida:
ayollarda premenopauzal davrda menopauzaning og‘irligini bashorat qilish usuli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Ayollarda premenopauzal davrda menopauzaning og‘irligini bashorat qilish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 noyabrdagi 8n-z/394-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma ayollarning konstitusional va biologik xususiyatlariga, hamda menopauza kechishining xususiyatlariga asoslanib menopauza va klimakterik kasalliklar rivojlanishining oqibatlarini aniqlashga va og‘ir klimakterik sindrom rivojlanishi bilan ayollarning xavf guruhini aniqlash imkonini bergan;
klimakterik sindrom rivojlanish xavfi bo‘lgan postmenopauzal davrdagi ayollarda fenotiplarni aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand shahar endokrinologiya dispanseri va Qashqadaryo viloyat edokrinologiya dispanseri amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 yanvardagi 08-09/3329-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi yil davomida 3 baravar muammolar yuzasidan bemorlarning shifokorga murojaati kamayishi hamda shifoxonada davolanish ehtiyoji va mehnatga yaroqsizlik kunlarni kamayishi, moddiy sarf-harajatlarning qisqarish imkonini bergan.