Qodirov Dilshodjon Abduqaxorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «OIV infisirlangan aholi o‘rtasida o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi erta tashxisoti va profilaktikasining populyasion klinik asoslari», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib195.
Ilmiy rahbar: Saloxiddinov Zuxriddin Saloxiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, PhD.04/04.03.2022.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Fozilov Abduqaxxor Voxidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Agranovskiy Mark Leyzerovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga muvofiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: OIV infeksiyasi fonida o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarini erta tashxislash va oldini olishni kasallikning populyasion-klinik xususiyatlarini o‘rganish orqali optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
OIV bilan kasallangan populyasiyada o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarining epidemiologik jihatlarini aniqlangan;
OIV infeksiyasi bilan kasallangan populyasiyada o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarining eng muhim xavf omillarini aniqlangan;
OIV infeksiyasi bilan kasallangan populyasiyada o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarining klinik kechishi xususiyatlarini aniqlangan;
OIV bilan kasallangan populyasiya orasida aniqlangan populyasion-klinik qonuniyatlar asosida o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarini oldini olish va skrining qilish algoritmini ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
OIV infeksiyasi fonida o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarini erta tashxislash va oldini olishning populyasion-klinik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
OIV bilan infisirlangan populyasiyada o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarini oldini olish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «OIV bilan infisirlangan populyasiyada o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarini oldini olish va skrining qilish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 4 martdagi 08-09/7005-son ma’lumotnomasi). OIV bilan kasallangan aholi orasida o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligini oldini olish va skrining qilish bo‘yicha taklif etilgan tavsiyalar kasallikning zo‘rayishi va og‘ir shakllarini rivojlanish chastotasini kamaytirish uchun profilaktika tizimini optimallashtirish imkonini bergan;
OIV infeksiyasi fonida o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarini erta tashxislash va oldini olish sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi, Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi va Shaxrixon tuman tibbiyot birlashmasining 1-son markaziy poliklinikasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 4 martdagi 08-09/7005-son ma’lumotnomasi). OIV assotsirlangan O‘SOKni oldini olish bo‘yicha optimallashtirilgan tizim o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarini erta aniqlashga va OIV infisirlangan aholida iqtisodiy, tibbiy va ijtimoiy samaralar bilan asoratlarini oldini olishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish