Isaxodjaeva Xabiba Kamalbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda prenatal gipotrofiyaning tishlar chiqish muddatlariga ta’siri », 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1234.
Ilmiy rahbar: Daminova Shaxnoza Badriddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Belenova Irina Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya); Kamilov Xaydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Boshqirtiston tibbiyot instituti (Ufa,Rossiya)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Gestatsion o‘z vaqtida tug‘ilgan bolalarda anamnezidagi prenatal gipotrofiyaning sut tishlarining ketma ketligi va chiqish muddatlariga ta’sirini qiyosiy baholash va ularga stomatolologik kasalliklar prenatal va postnatal profilaktikasi majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
prenatal gipotrofiya bilan tug‘ilgan bolalar organizmidagi klinik funksional biokimyoviy va metabolik ko‘rsatkichlar tish chiqish muddatlarining kechikishi va ketma-ketlikning buzilish klinik alomatlari o‘zaro bog‘liqligi asoslangan;
homiladorlik vaqtidagi semizlik, metabolik va gormonal o‘zgarishlar prenatal gipotrofiyaga sabab bo‘lishi va sut tishlari o‘sishi va rivojlanishini ta’minlovchi estron gormoning tanqisligiga sabab bo‘lishi aniqlangan;
semizligi bor ayollarda insulinga sezgirlik holati va me’yoridan ortiqcha yog‘ to‘qimasi to‘planishi yallig‘lanish oldi sitokini S-peptid ishlab chiqarishi hisobiga yallig‘lanish reaksiyasi asosida chaqaloqlarda tish chiqish jarayonini tartibga soluvchi osteoblast va osteoklast xujayralariga salbiy ta’sir etishi isbotlangan;
prenatal gipotrofiya bilan tug‘ilgan bolalarda tish jag‘ tizim anomaliyalari va stomatologik kasalliklar prenatal va postnatal profilaktika tarkibiga ortiqcha vazn profilaktikasi va stomatologik statusni barqarorlashtirish tadbirlarining ijobiy samarasi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Prenatal gipotrofiya tashhisi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda tishlar chiqishi va muddatlariga ta’sir qiluvchi klinik va biokimyoviy mexanizmlarini o‘rganish natijalariga va erta tashhis qo‘yish mezonlari asosida:
semizligi bor homilador onalar va ulardan tug‘ilgan chaqaloqlar uchun ishlab chiqilgan takomillashgan kompleks profilaktik majmua asosida «Prenatal gipotrofiyali bolalarda sut tishlar yorib chiqish anomaliyalari profilaktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/859 son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma semiz onalar va ularning chaqaloqlarida tish chiqish jarayonining buzilishiga olib keladigan asosiy omillarni aniqlash va moddalar almashinuvi buzilishi oqibatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan defisit holatlar asoratlarini oldini olish imkonini bergan;
olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan kompleks majmua sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahri 3-bolalar stomatologik klinikasi, Toshkent shahar 7-klinik shifoxona hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 09 dekabrdagi 8n-z/529-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida davolash profilaktik chora tadbirlar sifatini oshirish, bemorlar reabilitatsiyasini tezlashtirish, shuningdek bolalarda tish-jag‘ tizimi anomaliyalari kelib chiqishini kamaytirish imkonini bergan.