Urokov Kamoliddin Xudoyberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Samarqand viloyati sharoitida qoramollar fassiolyozi va dikrotseliozini exinokokkoz bilan aralash kechishi», 03.00.06 – Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2022.1.PhD/V9.
Ilmiy rahbarlar: Salimov Buri Salimovich, veterinariya fanlari doktori, professor; veterinariya fanlari doktori, professor Daminov Asadullo Suvonovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Nurbek Ergashovich veterinariya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Avezimbetov Shavkat Dosumbetovich, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyatining sug‘oriladigan va tog‘oldi-tog‘ hududlarida qoramollarning jigar trematodalari (Fasciola hepatica, Fasciola gigantica, Dicrosoelium dendriticum)ning epizootologik holati va ularning exinokokkoz (Exinococcus larva) bilan aralash kechishini, parazitotsenotik munosabatlarini ochib berish hamda ularga qarshi profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli yoshdagi qoramollarda fassiolyoz, dikrotselioz va exinokokkozning kechishi, tarqalishi yilning fasllariga, bioekologik omillarga va hududning geografik-iqlim sharoitiga bevosita bog‘liqligi, epizootologik holati va mavsumiy dinamikasi aniqlangan;
Fasciola hepatica ning biologik taraqqiyotida Lymnaea thiesseae mollyuskasining ishtirok etishi ilk bor aniqlangan;
Samarqand viloyati sharoitida ilk bor qoramollarning jigar trematodozlarini exinokokkoz bilan aralash kechishi aniqlangan;
fassiolyozga nosog‘lom hududlarda surunkali fassiolyozga qarshi «Al`bendazolli» antgel`mintiklarni, o‘tkir fassiolyozga qarshi esa «Brontel 10%» yoki «Rolenol» preparati qo‘llanilganda yuqori samara berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand viloyati sharoitida qoramollar fassiolyozi va dikrotseliozini exinokokkoz bilan aralash kechishi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Qishloq xo‘jalik hayvonlarining jigar trematodozlari, ularni davolash va oldini olish chora-tadbirlari bo‘yicha tavsiyanoma», «Samarqand va Navoiy viloyatlari xo‘jaliklarida qoramollar paramfistomatozini davolash va oldini olish bo‘yicha veterinariya tadbirlari» va «Qishloq xo‘jalik hayvonlari fassiolyozi va ularning oraliq xo‘jayinlarining biologiyasi va ekologiyasiga oid tavsiyalar» tasdiqlangan va veterinariya amaliyotiga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yili 25 oktyabrdagi №02/23-345-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni qo‘llanilishi evaziga qoramollarni trematodozlar bilan zararlanishining oldini olish va ularga o‘z vaqtida qarshi kurashish imkoniyati yaratilgan;
qoramollarning surunkali fassiolyozida al`bendazol tarkibli preparatlarni (albenol-100, brovatriol, levazol bolyus) yo‘riqnomasida belgilangan miqdorlarda og‘iz orqali qo‘llash joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yili 25 oktyabr dagi №02/23-345-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘llanilgan preparatlar surunkali fassiolyozni davolashda yuqori, o‘tkir fassiolyozda esa qisman samara berishi aniqlangan;
qoramollarning o‘tkir fassiolyoziga qarshi bir yilda ikki marta «Rolenol» va «Brontel 10%» preparatlarini qoramolning har 10 kg tirik vazniga 0,5 ml miqdorda (muskul orasiga yoki teri ostiga) qo‘llash joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yili 25 oktyabrdagi №02/23-345-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramollar fassiolyozida ushbu preparatlarning samaradorligi yuqori ekanligi aniqlanib, sarflangan bir so‘mga, xarajatlar qoplami 49,10 so‘mni tashkil qilgan.