Turobova Hulkar Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishda kooperatsiya munosabatlarini takomillashtirish modellari va mexanizmlari», 08.00.04-Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti. (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt466.
Ilmiy rahbar: Murtazaev Olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, Dsc.I.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Abdurashid Majidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Askarov Nazimjon Niyozovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fermer xo‘jaliklarida kooperatsiya munosabat-larini rivojlantirishning modellari va mexanizmlarini takomillash-tirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
qishloq xo‘jaligi kooperativlarida sinergetik samaradorlikni baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv “xarajatlarni tejash”, “qo‘shilgan qiymat va foydani o‘sish darajalari” kabi ko‘rsatkichlarning maqbul chegaraviy qiymatlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan; 
paxtachilik fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy hamkorligi asosida qishloq xo‘jaligi ekinlari maqbul joylashtirilgan, yuqori manfaatdorlik, samara va foyda taqsimotiga asoslangan ishlab chiqarish kooperativlarining namunaviy tuzilmasi ishlab chiqilgan va faoliyatining samaradorligi asoslangan;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida kooperatsiya asosida agroturizm birlashmalarini tashkil etish asoslangan hamda birlashmaning tashkiliy-iqtisodiy va moliyaviy mexanizmlari taklif etilgan;
fermer xo‘jaliklarini qishloq xo‘jaligi sohasida kooperatsiya munosabatlariga asoslangan hamkorlik faoliyatlari va agroturizmni rivojlantirishning 2022-2030 yillarga mo‘ljallangan istiqbolli prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Fermer xo‘jaliklarida kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
qishloq xo‘jaligi kooperativlarining sinergetik samaradorligini baholash bo‘yicha taklif etilgan uslubiy yondashuv “Agrobiznesni tashkil etish va boshqarish” o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining 2021 yil 3 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-753 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning qishloq xo‘jaligi kooperativlari va ular faoliyatining sinergetik samaradorligini baholash bo‘yicha nazariy bilimlarini rivojlantirishga imkon yaratgan;
paxtachilik fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy hamkorligi asosida qishloq xo‘jaligi ekinlari maqbul joylashtirilgan, yuqori manfaatdorlik, samara va foyda taqsimotiga asoslangan ishlab chiqarish kooperativlarini tashkil etish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq  xo‘jaligi vazirligi tomonidan tizim tashkilotlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 01 iyuldagi 02/034-1969-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekin maydonlarini maqbul joylashtirish evaziga gektaridan olinadigan foyda miqdorini 3,8-9 barovarga oshirish imkoniyati yaratilgan;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari faoliyatida kooperatsiya asosida agroturizm shoxobchalarini tashkil etish orqali yangi ish joyi, zamonaviy ijtimoiy infratuzilma va barqaror qo‘shimcha daromad yaratish bo‘yicha bo‘yicha berilgan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 01 iyuldagi 02/034-1969-son va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 20 maydagi 02-22/3870-son ma’lumotnomalari). Natijada, agroturizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha va dasturlarni tashkil etish orqali viloyat iqtisodiyotiga 1 kunda 2-5 mlrd.so‘m, xo‘jaliklar hisobiga esa bir yilda 25-125 mln.so‘mgacha qo‘shimcha foyda olish mumkinligi asoslangan;
fermer xo‘jaliklarini qishloq xo‘jaligi sohasida kooperatsiya munosabatlariga asoslangan hamkorlik faoliyatlari va agroturizmni rivojlantirishning 2022-2030 yillarga mo‘ljallangan istiqbolli prognozi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 20 maydagi 02-22/3870-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligiga kiritilgan investisiyalar hajmini 1,28 martaga oshirilishi turistik xizmatlar hajmini 1,25 barobarga oshishiga olib kelishi bashorat qilingan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish