Paygamov Raxmon Rasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona viloyati tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘llari”, 
08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot (itiqsodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1385.
Ilmiy rahbar: Axmedov Tursun Muxitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Dsc.14/30.12.2019.I.84.01.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ermamatov Shonazar Jumaqulovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mintaqa tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdaniborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona viloyatining past rivojlangan hududlarida iqtisodiy faollikni oshirish maqsadida So‘x tumanida transport infratuzilmasini barpo etish, Furqat tumanida qurilish materiallari va oziq-ovqat ishlab chiqarish ob’ektlarini tashkil etish, Farg‘ona tumanida turizm, moliya va servis xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, Uchko‘prik va Qo‘shtepa tumanlarida paxtadan bo‘shagan erlardan meva-sabzavot mahsulotlari etishtirish va qayta ishlash quvvatlarini yaratish bo‘yicha takliflar asoslangan;
tumanlar kesimida sanot v xizmatlarn rivojlanishidagi farqlapni kamaytirish, hududiy investisiya dasturlarini moliyalashtirish maqsadida viloyat va tumanlarni byudjetlari yillik rejadan ortiq daromadlarining 20 foizi hisobidan maxsus jamg‘arma tashkil etish taklif etilgan;
Farg‘ona viloyatini 8 ta tumani qo‘shni Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlari bilan chegaradosh ekanligini hisobga olgan holda eksport 
va import operatsiyalari yuqori bo‘lgan Farg‘ona, Rishton va O‘zbekiston tumanlarida qo‘shma bank, sug‘urta kompaniyasi va oziq-ovqat, kiyim-kechak, elektrotexnika tovarlari bojxona terminallarini tashkil etish taklif qilingan;
qoloq tumanlarni nisbatan yuqori sur’atlarda rivojlanishini e’tiborga olgan holda Farg‘ona viloyatining har bir tumanini 2030 yilgacha sanoat, xizmatlar va tadbirkorlikni rivojlantirishning o‘zaro bog‘langan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Mintaqa qishloq tumanlarini mavjud salohiyat va imkoniyatlar asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘langan holda ishlab chiqilgan takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
viloyat tumanlarining iqtisodiyoti, mahalliy salohiyat va tadbirkorlik faoliyati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni yagona tizimini tashkil etish asosida rivojlantirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasini Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyatida mamlakat tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha ishlab chiqilgan stategiyalar va dasturlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 20 apreldagi 03/14-01-10/10-142-son ma’lumotnomasi), Farg‘ona viloyati xokimligi tomonidan har bir tuman kesimida maqsadli dasturlarni shakllantirishda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati hokimligining 2021 yil 7 maydagi 01-41/3735-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llash tumanlarni barqaror rivojlantirish, ularning o‘ziga xos salohiyat afzalliklari va tadbirkorlik omillari bilan bog‘lash ko‘shimcha yangi ish joylarini tashkil etish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkonini bergan;
tumanlararo yuqori ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni qisqartirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan xokimlar uchun qo‘llanma sifatida foydalanish uchun yuborilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 20 apreldagi 03/14-01-10/10-142-son ma’lumotnomasi), Farg‘ona viloyati xokimligi tomonidan tumanlararo rivojlanishni tartibga solish va uni amalga oshirish bo‘yicha maxsus jamg‘armani shakllantirishni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga tavsiyalar kiritilgan (Farg‘ona viloyati hokimligining 2021 yil 7 maydagi 01-41/3735-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llash qoloq tumanlarda aholi farovonligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, daromadlarini ko‘payishiga olib kelgan;
chegaradosh tumanlarni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish taklifi Farg‘ona viloyati xokimligi tomonidan chegara tumanlarini 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan dasturlarii tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati hokimligining 2021 yil 7 maydagi 01-41/3735-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif viloyat chegara tumanlarining salohiyatidan, jumladan, suv va er resurslaridan samarali foydalanish, eksport va import oqimlarini tartibga solish, qoloq qishloqlarni rivojlantirish uchun turtki vazifasini bajaradi;
viloyat tumanlarini 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rvojlantirish parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyatida xokimiyat bilan birgalikda kelajakda tumanlarni rivojlantirish konsepsiyalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 20 apreldagi 03/14-01-10/10-142-son ma’lumotnomasi (Farg‘ona viloyati xokimligi tomonidan 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsesiyalarini ishlab chiqishda, drayver sohalar (hunarmandchilik, turizm) bo‘yicha maqsadli dasturlarni tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati hokimligining 2021 yil 7 maydagi 01-41/3735-son ma’lumotnomasi). Ushbu maqsadli prognoz parametrlari sanoat va  xizmat sohalari, ulargamos ravishda tadbirkorlikni rivojlantirishni ko‘zda tutgan holda, tumanlar iqtisodiyotida sanoat va xizmatlar ulushini, eksport salohiyatini oshishiga olib keladi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish