Ibragimov G‘anijon G‘ayratovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oziq-ovqat sanoatini transformatsiyalash asosida iqtisodiy samaradorlikni oshirish («Kogon yog‘ ekstraksiya zavodi» aksiyadorlik jamiyati misolida), 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt881. 
Ilmiy rahbar: Mustafakulov Sherzod Igamberdievich, iktisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Saidabbos Asametdinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tillyaxodjaev Muzaffarxodja Abdupattaxovich, iqtisodiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oziq-ovqat sanoatini transformatsiyalash asosida iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Kogon yog‘ ekstraksiya zavodi» aksiyadorlik jamiyatini bozor mexanizmiga ko‘ra boshqarish va isloh qilish strategiyasini amalga oshirishda, jumladan davlat aksiya paketlari ulushini ishonchli boshqaruvga berish, ichki audit xizmatini tashkil etish va «uch himoya chizig‘i» yondashuvi kabilarga asoslangan holda 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar asoslab berilgan;
oziq-ovqat sanoatini transformatsiyalash jarayonida ishlab chiqarishga qo‘shimcha investisiyalar va yangi texnologiyalarni kiritishda bozor raqobatiga muvofiq mehnat natijadorligini e’tiborga olgan holda mahsulot ishlab chiqarish hajmining 2025 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan;
andoza olish va umumiy sifat nazorati bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirishda «Kogon yog‘ ekstraksiya zavodi» aksiyadorlik jamiyatining sifat va nazorat tizimida xomashyo sifatini nazorat qilishga ustuvorlik berishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
oziq-ovqat sanoati korxonalari, xususan «Kogon yog‘ ekstraksiya zavodi» aksiyadorlik jamiyatini transformatsiyalash samaradorligini oshirish, jumladan aksiyalarning davlat ulushini sotish vaqtini optimallashtirish asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Oziq-ovqat sanoatini transformatsiyalash va iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
korxonalarni boshqarish va isloh qilish bo‘yicha strategiyani, jumladan davlat aksiya paketlari ulushini bozor mexanizmiga ko‘ra ishonchli boshqaruvga berish, ichki audit xizmatini tashkil etish va «uch himoya chizig‘i» yondashuvi kabilarga asoslangan chora-tadbirlar oziq-ovqat sanoati korxonalari, jumladan «Kogon yog‘ ekstraksiya zavodi» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 20 dekabrdagi 04/024-5086-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatini strategiya rivojlantirish doirasida belgilangan tadbirlarni samarali amalga oshirishga xizmat qilgan;
oziq-ovqat sanoatini transformatsiyalash jarayonida ishlab chiqarishga qo‘shimcha investisiyalar va yangi texnologiyalarni kiritishda bozor raqobatiga muvofiq mehnat natijadorligini e’tiborga olgan holda mahsulot ishlab chiqarish hajmining prognoz ko‘rsatkichlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oziq-ovqat korxonalari faoliyati bozor raqobatiga muvofiq istiqbolda rivojlantirish dasturlarini asoslashda foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 20 dekabrdagi 04/024-5086-son ma’lumotnomasi). Prognoz ko‘rsatkichlar bo‘yicha takliflar «Kogon yog‘ ekstraksiya zavodi» aksiyadorlik jamiyatida oziq-ovqat sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmini bozor raqobatiga muvofiq holda ooshirish va jarayonni samarali nazorat qilishning qo‘shimcha imkonini bergan;
andoza olish va umumiy sifat nazorati bo‘yicha xalqaro tajribaga ko‘ra oziq-ovqat mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirishda xomashyo sifatini nazorat qilish tizimi «Kogon yog‘ ekstraksiya zavodi» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 20 dekabrdagi 04/024-5086 son ma’lumotnomasi). Bu taklifning joriy etilishi aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifatini oshirish va ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘laroq foydalinishning qo‘shimcha imkoyatlarini yaratishga xizmat qilgan;
oziq-ovqat sanoati korxonalarini transformatsiyalash samaradorligini oshirish, jumladan aksiyalarning davlat ulushini sotish vaqtini optimallashtirish bo‘yicha takliflar «Kogon yog‘ ekstraksiya zavodi» aksiyadorlik jamiyati amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 20 dekabrdagi 04/024-5086-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Kogon yog‘ ekstraksiya zavodi» aksiyadorlik jamiyatida transformatsiyalash jarayonlarini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan tadbirlar o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishiga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish