Dexkanova Nilufar Sagdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatini samarali rivojlantirish», 08.00.03- – Sanoat iqtisodiyoti  (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt655.
Ilmiy rahbar: Samatov G‘affor Allaqulovich, iktisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Baxtier Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Muratova Shoxista Nimatullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muxandislik - iqtisodiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatini samarali rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oziq-ovqat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini iqtisodiy, texnologik, ijtimoiy va ekologik ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda «texnologiyaning innovatsionlik darajasi» va «resurstejamkorlik koeffisienti»ni oshirishga qaratilgan indikatorlar tizimi tavsiya etilgan;
«Yangi Toshkent konserva» mas’uliyati cheklangan jamiyati oziq-ovqat mahsulotining qiymat yaratish zanjirida qo‘shilgan qiymatning 1,0 bo‘lgan darajasida integral ko‘rsatkichi 0,671 va qo‘shilgan qiymat samaradorligining integral ko‘rsatkichi 0,980 ni tashkil etgandagi variant optimalligi asoslangan;
Toshkent viloyati «Yangi Toshkent konserva», «Mehnat agrofirmasi», «Asven Distilleres» va «Asianjam» kabi oziq-ovqat sanoati korxonalari negizida «Oziq-ovqat sanoati innovatsion klasteri»ni tashkil etish modeli taklif etilgan;
oziq-ovqat sanoati korxonalarida yalpi mahsulotga ta’sir etuvchi omillarini hisobga olgan holda regressiya modeli asosida 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Oziq-ovqat sanoati korxonalarini samarali rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oziq-ovqat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini iqtisodiy, texnologik, ijtimoiy va ekologik ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda «texnologiyaning innovatsionlik darajasi» va «resurstejamkorlik koeffisienti»ni oshirishga qaratilgan indikatorlar tizimi «Mehnat agrofirmasi» va «Yangi Toshkent konserva» mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 17 sentyabrdagi 05/032-3775-son, «Mehnat agrofirmasi» MChJning 2021 yil 28 avgustdagi 10-son, «Yangi Toshkent konserva» MChJning 2021 yil 22 iyuldagi 7-son ma’lumotnomalari). Ushbu uslubiy yondashuvning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida oziq-ovqat sanoati korxonalarida innovatsion texnologiyalarning samarali ekanligini asoslash imkoniyati yaratilgan. Natijada «Mehnat agrofirmasi» MChJda innovatsion texnologiyalarni joriy etish hisobiga 1 tonna pivo bo‘yicha foyda 3380 ming so‘m, rentabellik darajasi 44,2 %, iqtisodiy samara 555 ming so‘mni, resurstejamkorlik koeffisienti 1,08, texnologik innovatsionlik darajasi 94,87 ni tashkil etgan;
«Yangi Toshkent konserva» mas’uliyati cheklangan jamiyati oziq-ovqat mahsulotining qiymat yaratish zanjirida qo‘shilgan qiymatning 1,0 bo‘lgan darajasida integral ko‘rsatkichi 0,671 va qo‘shilgan qiymat samaradorligining integral ko‘rsatkichi 0,980 ni tashkil etgandagi variant optimalligi asoslangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 17 sentyabrdagi 05/032-3775-son, «Yangi Toshkent konserva» MChJning 2021 yil 22 iyuldagi 7-son ma’lumotnomalari). Natijada QYaZ mahsuloti mavjud va muqobil variantlarining iqtisodiy samaradorligi qo‘shilgan qiymat tuzilmasining integral ko‘rsatkichi (QQTKintj) va QYaZ mahsulot samaradorligining integral ko‘rsatkichi (QQSKintj) hisoblab baholandi. Hisoblash natijasida «Yangi Toshkent konserva» MChJ bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar ega bo‘lindi: 1-variant uchun QQTKintj va QQSKintj 0,490 va 0,556 ga teng bo‘lib, 2-variant uchun QQTKintj va QQSKintj mos ravishda 0,671 va 0,980 ni tashkil etgan hamda 2-variantning optimalligi asoslandi;
oziq-ovqat sanoati korxonalarini samarali rivojlantirishda innovatsion klasterni tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan model Toshkent viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 17 sentyabrdagi 05/032-3775-son, Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2021 yil 9 sentyabrdagi 01/022-439-son ma’lumotnomalari). Mazkur modelni amaliyotga joriy etish natijasida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish hamda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirish imkoniyati yaratildi;
oziq-ovqat sanoati korxonalari yalpi mahsulotining 2027 yilgacha aniqlangan prognoz ko‘rsatkichlari Toshkent viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 17 sentyabrdagi 05/032-3775-son, Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2021 yil 9 sentyabrdagi 01/022-439-son ma’lumotnomalari). Ushbu istiqbolli ko‘rsatkichlarga erishish Toshkent viloyatida oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatini samarali rivojlantirish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish