Yusupov Nasrullo Xabibullaevichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kuzgi yumshoq bug‘doyning introduksion nav va liniyalarini tanlash, duragaylash hamda mahalliy navlarni yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx 517.
Ilmiy rahbar: Siddiqov Ravshanbek Inomjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: kuzgi yumshoq bug‘doyning «Aziz» navi (№ NAR 00294). O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2021 yil 13 dekabrdagi 03-11/3128-sonli xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi kuzgi yumshoq bug‘doyning introduksion nav va namunalarni qimmatli xo‘jalik belgilarini o‘rganish, baholash, tanlash va duraylash orqali mintaqa sharoitida mahsuldor, ertapishar va tabiatning noqulay omillariga chidamli, hosildorligi va don texnologik sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan yangi navlarini yaratish va ishlab chiqarishda keng maydonlarga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sug‘oriladigan maydonlarida kuzgi yumshoq bug‘doyning introduksiya qilingan nav va namunalarni duragaylash yo‘li bilan olingan tizmalarni tashqi muhitning biotik va abiotik omillariga chidamligi, serhosil va donining texnologik sifati yuqori, mahsuldorligi, o‘rtapisharlik kabi belgi va xususiyatlari ilmiy asosda isbotlangan;
mahalliy nav bilan introduksion tizmalar va navlar o‘rtasida oddiy, murakkab duragaylash natijasida olingan G‘1 va G‘3 avlodlarda qimmatli foydali xo‘jalik belgi va xususiyatlarining irsiylanishi ilmiy asoslangan;
sug‘oriladigan erlar sharoitida kuzgi yumshoq bug‘doyning introduksion xamda maxalliy nav va tizmalarining biologik va xo‘jalik belgilari ilmiy asosda baxolanib, boshlang‘ich manbalar yaratildi xamda ko‘p yillik yakka tanlash asosida yumshoq bug‘doyning qimmatli foydali xo‘jalik belgi xususiyatlariga ega bo‘lgan kuzgi bug‘doyning yangi «Aziz» navi yaratilgan;
yaratilgan kuzgi yumshoq bug‘doyning yangi naviga Intellektual mulk agentligi tomonidan seleksiya yutug‘iga patent olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kuzgi yumshoq bug‘doyning yangi yaratilgan o‘rtapishar yuqori hosilli, donining tarkibida oqsil, kleykovina miqdori yuqori navlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida:
o‘rtapishar kuzgi yumshoq bug‘doyning yangi yaratilgan «Aziz» naviga Intellektual mulk agentligining seleksiya yutug‘iga NAR00294 raqamli patent olingan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xuzuridagi Intellektual Mulk Agentligining 2021 yil 13-dekabrdagi 03-11/3128-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi yaratilgan kuzgi yumshoq bug‘doyning «Aziz» navining birlamchi urug‘chilik tizimi ilmiy asosda tashkil etilgan hamda 2021 yil hosilidan 103,7 tonna yuqori navdor urug‘liklar tayyorlangan;
yangi yaratilgan «Aziz» navi 2016-2019 yillar raqobatli nav sinovlari hamda ekspert komissiyasi xulosasiga asosan Farg‘ona, Andijon Namangan viloyatlari sug‘oriladigan maydonlarda kuzgi muddatlarda ekish uchun 2021 yildan istiqbolli navlar sifatida Qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestriga kiritilgan. (Qishloq xo‘jalik ekinlarini navlarini sinash markazining 2021 yil 29-yanvardagi T-6/01-08-65-son ma’lumotnomasi). Natijada «Aziz» navi Farg‘ona, Andijon viloyatlar bo‘yicha 61 gaktar sug‘oriladigan maydonlarda ekilgan;
tadqiqot ishlari natijalari 2019-2020 yillarda Farg‘ona viloyati Yozyavon tumannida 10 gektar, Oltiariq tumanida 10 gektar, Beshariq tumanida 10 gektar, Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida 8,0 gektar, Asaka tumanida 6,0 gektar, Jalaquduq tumanida 10 gektar, Paxtaobod tumanida 7 gektar jami 61 gektar maydonlarga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 noyabrdagi №02/021-4759-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu navdan Andijon hamda Farg‘ona viloyatlarida gektaridan o‘rtacha 70-80 sentnergacha yoki o‘rtacha gektaridan 8-12 sentner qo‘shimcha yuqori va sifatli don hosili olishga erishilgan;
N.Yusupov hammuallifligida “O‘zbekistonda ekishga tavsiya etilgan kuzgi bug‘doy, dukkakli don ekinlarining mahalliy hamda xorijiy navlarining tavsifi hamda ularni parvarishlash” bo‘yicha tavsiyanoma tayyorlanib, tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 2-fevraldagi 02/021-387-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma respublikamizning qishloq xo‘jalik sohasida, jumladan boshoqli hamda dukkakli don ekinlarini etishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari tomonidan foydalanib, yuqori va sifatli don hosili olishga erishilgan.