Xushvaqtov Nurbek Jumaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Isitilmaydigan issiqxonada achchiq qalampir navlarini tanlash, ekish muddatlari va sxemalarini ishlab chiqish”, 06.01.06 - Sabzavotchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Qx619.
Ilmiy rahbar: Nizomov Rustam Axrolovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01 (Bir martalik IK).
Rasmiy opponentlar: Asatov Shuxrat Ismatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, Dusmuratova Saodat Ismailovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi plyonkali isitilmaydigan issiqxonalarda etishtirishga mos yuqori hosilli achchiq qalampir (Capsicum annum L.) navlarini tanlash va etishtirish texnologiyasining muhim elementlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor isitilmaydigan issiqxonalarda achchiq qalampirdan (Capsicum annum L.) eng erta hosil olish imkonini beruvchi havo harorati (+18...+25 0S), tuproq harorati (+15...+18 0S) va havoning nisbiy namligi (65–75%) tartibotlari mart oyining birinchi o‘n kunligidan boshlab yuzaga kelishi aniqlangan;
isitilmaydigan issiqxona sharoitida achchiq qalampir (Capsicum annum L.) ni 35 ta nav namunalarining morfo-biologik va qimmatli xo‘jalik belgilarini kompleks baholash asosida istiqbolli KL–185, KL–99 va KL–205 tizmalari boshlang‘ich manba sifatida ajratilgan;
ajratilgan tizmalardan yakka tanlov asosida isitilmaydigan issiqxona sharoitida etishtirishga mos yangi «Sharq gavhari», «Niyat» va «Dilnoz–2019» navlari yaratilgan;
isitilmaydigan issiqxona sharoitida achchiq qalampir (Capsicum annum L.) etishtirishda 70 kunlik ko‘chatlarni mart oyining birinchi o‘n kunligida 70×40–50 sm sxemada ekilganda eng erta va eng yuqori (84 t/ga) hosil olinishi isbotlangan;
tanlangan istiqbolli navlardagi muhim xo‘jalik-qimmatli belgilarining ekish sxemasiga (r=0,83±0,14) va ekish muddatiga (r=0,99±0,11) bog‘liqlik korrelyasiya koeffisientining yuqoriligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Isitilmaydigan issiqxonada achchiq qalampir (Capsicum annum L.) etishtirish texnologiyasining ayrim elementlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
issiqxona xo‘jaliklari uchun «Issiqxonada achchiq qalampir etishtirish bo‘yicha tavsiyanoma» ishlab chiqilgan va chop etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 12 yanvardagi № 02/029-1 son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma fermer xo‘jaliklarida achchiq qalampirni isitilmaydigan issiqxona sharoitida etishtirishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
achchiq qalampirning serhosil, tezpishar respublikaning barcha viloyatlarida isitilmaydigan issiqxonalar sharoitida etishtirishga mos «Sharq gavhari», «Niyat» va «Dilnoz–2019» navlari olingan va Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markaziga topshirilgan (Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining 2020 yil 11.03.6/01-09-570 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida dastlabki nav sinovida ushbu navning hosildorligi ochiq maydonga ekiladigan nazorat navga nisbatan 50 foizga yuqori bo‘lgan;
isitilmaydigan issiqxona sharoitida achchiq qalampir etishtirishda aniqlangan maqbul 70×40 sm ekish sxemasi ishlanmasi Andijon viloyati, Andijon tumanidagi «Orol» fermer xo‘jaligida 0,06 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 12 yanvardagi № 02/029-1 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida hosildorlik 53 t/ga, sof daromad 349 800 ming so‘m, rentabellik darajasi 160 foizni tashkil etgan;
isitilmaydigan issiqxonada etishtirish uchun achchiq qalampirning istiqbolli deb topilgan «Marg‘ilon 330», «Uchqun», «Tillarang» va «Sharq gavhari» navlarini hamda eng maqbul 10.03 ekish muddati va 70×40 sm sxemalarini ishlab chiqarishda Toshkent viloyati, Toshkent tumanidagi «Zoirjon tabarruk» fermer xo‘jaligida 0,1 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 12 yanvardagi № 02/029-1 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida hosildorlik 71 t/ga, sof daromad 316 780 ming so‘m, rentabellik darajasi 158 foizni tashkil etgan;
isitilmaydigan issiqxona sharoitida achchiq qalampir etishtirishda maqbul 10.03 ekish muddatini hosildorlikka ta’siri ishlanmasi Andijon viloyati, Andijon tumanidagi «Andijon sara gibrid urug‘lari» fermer xo‘jaligida 0,1 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 12 yanvardagi № 02/029-1 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida hosildorlik 84 t/ga, sof daromad 454 780 ming so‘m, rentabellik darajasi 180 foizni tashkil etgan.