Kadirova Munira Rasulovnaning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Tibbiy ta’lim jarayonida kasbiy kompetentlikni metodik takomillashtirish texnologiyalari (tibbiyotda pedagogikani o‘qitish misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tibbiyot) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Ped188.
Ilmiy maslahatchi: Musurmonova Oynisa, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Axmadalieva Nigora Odilovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ismoilova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ergasheva Gulruxsor Surxoniddinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiy ta’lim jarayonida kasbiy kompetentlikni metodik takomillashtirish texnologiyalari bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiy ta’lim jarayonida kasbiy kompetensiyalarni loyihalash bosqichlari, bo‘lajak shifokorlarni tayyorlashdagi kasbiy professiogrammasining tarkibiy qismida ko‘rsatilgan zaruriy kompetensiyalar, kasbiy kompetensiyalar indikatorlari, kasbiy kompetentlikni rivojlanish dinamikasi, kasbiy faoliyatning tibbiy ta’limdagi semantik mazmuni hamda kasbiy faoliyat bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan; 
tibbiy ta’lim o‘quv jarayonida kasbiy faollikni oshirish maqsadida “Konsorsium”, “Franchayzing” masofaviy modul kurslarini mutaxassislik fanlarda qo‘llash orqali talabalarning bir vaqtning o‘zida bir nechta xorijlik talabalar bilan fikr almashish ko‘nikmalari rivojlantirilgan; 
tibbiy ta’lim jarayonida bo‘lajak shifokorlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodik ta’minotining pedagogik shart-sharoitlar majmuini amalga oshirish bo‘yicha vektorli modellashtirish texnikasi orqali zamonaviy usullarning tizimli loyihasi taqdim qilingan va tibbiy ta’limning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan konseptual tavsiyalar ishlab chiqilgan; 
tibbiy ta’lim jarayonida talabalarning kasbiy kompetentligining motivatsion, deontologik, kasbiy faoliyatga yo‘naltirilganlik komponentlari “Bo‘lajak shifokorlarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish” modelini kiritish orqali takomillashtirilgan; 
tibbiy ta’limda “shaxs” muammosi, oliy tibbiy ta’limning umumiy tendensiyalari va qonuniyatlarini rivojlantirishda bo‘lajak shifokorlar kasbiy kompetentligining pedagogik kategoriyalari aniqlanib, tibbiyot pedagogikasi orqali kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning innovatsion pedagogik tizimlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiy ta’lim jarayonida kasbiy kompetentlikni rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
tibbiy ta’lim jarayonida tibbiy ta’limda “shaxs” muammosi, oliy tibbiy ta’limning umumiy tendensiyalari va qonuniyatlarini rivojlantirishda bo‘lajak shifokorlar kasbiy kompetentligining pedagogik kategoriyalari aniqlanib, tibbiyot pedagogikasi orqali kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning innovatsion pedagogik tizimlari “Diagnostic analysis of communicative competence in the professional activity of future doctors” nomli monografiyasi mazmuniga kiritilgan, hamda tibbiy ta’lim jarayonining metodik samaradorligini oshirishda xorijiy davlatlarda foydalanilgan (Germaniyaning Akkon Hochschule für Humannwissenschaften oliy tibbiy pedagogika maktabining 2021 yil 24 noyabrdagi 3436-son ma’lumotnomasi).  Natijada tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash mexanizmlari takomillashtirilgan;
tibbiy ta’lim jarayonida kasbiy kompetensiyalarni loyihalash bosqichlari, bo‘lajak shifokorlarni tayyorlashdagi kasbiy professiogrammasining tarkibiy qismida ko‘rsatilgan zaruriy kompetensiyalar bo‘yicha xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-sonli buyrug‘iga asosan 5111000 – Kasb ta’limi, hamda 5510900 -Tibbiy biologik ish yo‘nalishlari uchun tayyorlangan “Ta’lim texnologiyalari” nomli darsligi mazmuniga kiritilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy ta’limni rivojlantirish markazining 2021 yil 13 oktyabrdagi PM II – 58-son ma’lumotnomasi). Natijada, kasbiy faoliyatning tibbiy ta’limdagi semantik mazmuni takomillashtirilgan;
tibbiy ta’lim o‘quv jarayonida kasbiy faolligini oshirish maqsadida “Konsorsium”, “Franchayzing” masofaviy modul kurslarini mutaxassislik fanlarda qo‘llash mexanizmlari yuzasidan ishlab chiqilgan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418 – sonli buyrug‘iga asosan, 5111000 – Kasb ta’limi, hamda 5510900- Tibbiy biologik ish yo‘nalishlari uchun tayyorlangan “Ta’lim texnologiyalari” nomli darsligi mazmuniga kiritilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy ta’limni rivojlantirish markazining 2021 yil 13 oktyabrdagi PM II – 58-son ma’lumotnomasi). Natijada, tibbiy ta’lim talabalarning bir vaqtning o‘zida bir qator xorijlik talabalar bilan fikr almashish ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
tibbiy ta’lim jarayonida bo‘lajak shifokorlarni kasbiy kompetentligini rivojlantirishni metodik ta’minotining pedagogik shart-sharoitlar majmuiga doir metodikalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-sonli buyrug‘iga asosan 5111000 – Kasb ta’limi, hamda 5510900 -Tibbiy biologik ishi yo‘nalishlari uchun tayyorlangan “Ta’lim texnologiyalari” nomli darsligi mazmuniga kiritilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy ta’limni rivojlantirish markazining 2021 yil 13 oktyabrdagi PM II – 58-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy usullarning tizimli loyihasi taqdim qilingan va uni o‘quv jarayonida joriy etish uchun konseptual tavsiyalar ishlab chiqilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish