Boymirzaev Xurshidjon Karimjanovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Innovatsion ta’lim muhitida tarix o‘qitish metodikasini takomillashtirish (“O‘zbekistonda davlatchilik tarixi” fani misolida)” 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1946.
Ilmiy rahbar: Rasulov Abdulla Nuritdinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nazirova Go‘zal Malikovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion ta’lim muhitida tarix o‘qitish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek davlatchiligi tarixini o‘qitishning metodologik jihatlari (yondashuvlar, nazariyalar, tamoyillar) konseptual ta’lim paradigmasining didaktik imkoniyatlarini kengaytirish, tarixiy xronologiyani samarali o‘zlashtirishning chizma-tasviriy modellarini adaptiv qo‘llash mantiqiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek davlatchiligi tarixini o‘qitishning elektron tizimi kompyuterli ko‘makchi vositalarni virtual ta’limiy muzeylar asosida mashg‘ulotlarni tashkil etish jarayonini ishlab chiqish, komparativistik (qiyoslash, chog‘ishtirish, taqqoslash) mustaqil ish topshiriqlarini intensiv loyihalash asosida takomillashtirilgan;
o‘zbek davlatchiligi tarixini o‘qitishning innovatsion tuzilmasi bilimlarni to‘liq o‘zlashtirish, konsentrlangan, shaxsga yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi, tanqidiy tafakkurni shakllantiruvchi umumpedagogik texnologiyalarni aqliy hujum, og‘zaki va yozma davra suhbati, munozarali ma’ruza, guruh va juftliklarda ishlash kabi lokal-modulli usullar bilan integrativligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
tarix o‘qitishda an’anaviylik va novatorlikni uyg‘unlashtirishning metodik tizimi interaktiv dasturiy vositalar yordamida matnlar ustida ishlashda tarixiy-genetik metod orqali taksonomiklik darajasi produktivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Innovatsion ta’lim muhitida tarix o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
o‘zbek davlatchiligi tarixini o‘qitishning metodologik jihatlarini konseptual ta’lim paradigmasining didaktik imkoniyatlarini kengaytirish, tarixiy xronologiyani samarali o‘zlashtirishning chizma-tasviriy modellarini adaptiv qo‘llash mantiqiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirish, oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek davlatchiligi tarixini o‘qitishning elektron tizimi kompyuterli ko‘makchi vositalarni virtual ta’limiy muzeylar asosida mashg‘ulotlarni tashkil etish algoritmini ishlab chiqish, komparativistik mustaqil ish topshiriqlarini intensiv loyihalash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan “Innovatsion ta’lim muhitida tarix o‘qitish metodikasini takomillashtirishda yangicha innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi targ‘ibot tadbirida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 3 dekabrdagi 02/02/01561-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarix o‘qitish metodikasini takomillashtirishda kompetensiyaviy yondashuvni tatbiq etish samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘zbek davlatchiligi tarixini o‘qitishning innovatsion tuzilmasini bilimlarni to‘liq o‘zlashtirish, konsentrlangan, shaxsga yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi, tanqidiy tafakkurni shakllantiruvchi umumpedagogik texnologiyalarni aqliy hujum, og‘zaki va yozma davra suhbati, munozarali ma’ruza, guruh va juftliklarda ishlash kabi lokal-modulli usullar bilan integrativligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir takliflardan Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda xalq birdamligi va daxldorligini kuchaytirishga qaratilgan “Uyg‘onish ma’rifati” nomli turkum ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 3 dekabrdagi 02/02/01561-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek davlatchiligi tarixini o‘rganish usullarini ommalashtirishga erishilgan;
tarix o‘qitishda an’anaviylik va novatorlikni uyg‘unlashtirishning metodik tizimini davlatchilik tarixini o‘rganishda birlamchi manbalarni tadqiq etish, interaktiv dasturiy vositalar yordamida matnlar ustida ishlashda tarixiy-genetik metod orqali taksonomiklik (bilish, tushunish, qo‘llash, analiz, sintez, baholash) darajasi produktivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan I-BV-2019-14 “Axsikent Qoraxoniylar davri (XI-XIII asrlar) tarixiy topografiyasi va uni turizm ob’ektiga aylatirish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 24 noyabrdagi 02-07-3776/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarixni o‘qitishda arxeologik materiallardan foydalanishning axborot texnologiyalari bilan integratsiyasini ta’minlashga xizmat qilgan.