Atadjonova Dinora Ulug‘bekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e`lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Imomi A’zam Abu Hanifaning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid pedagogik qarashlari rivoji”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2152.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maqsuda Sultonovna, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Imomi A’zam Abu Hanifaning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid pedagogik qarashlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Imomi A’zam Abu Hanifaning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga doir fikxiy qoidalari tarbiya jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari (maqsadga qaratilganlik, majmuaviy yondashuv, uzoq muddat davom etishi) va tamoyillari (muloqotning hal qiluvchilik roli, oqilona talabchanlik bilan tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish) bilan kontekstual aloqadorlikka ega ekanligi aniqlashtirilgan;
mutafakkir tomonidan tavsiflangan ma’naviy-axloqiy sifatlar turkumi (mardlik, shijoatkorlik, saxiylik, mehr-muruvvat, sahovat, oriflik, insoniylik) zamonaviy ezoterik (sirli, yashirish) paradigmasi bilan bevosita uyg‘un ekanligi to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘xshashlikni aniqlashga xizmat qiluvchi sinektika usulini qo‘llash orqali aniqlashtirilgan;
Imomi A’zam Abu Hanifaning intellektual tarbiyaga doir ilm olishga intilish, bilimlarning zarurini o‘rganish, aniq maqsadni olg‘a surish, o‘z-o‘zini yo‘naltirish, o‘zini tiyib turish kabi g‘oyalari pedagogik fasilitatsiyaning (osonlashtirish, qulaylashtirish) kongruentlik (hozir va shu erda) va ingibentlik (to‘xtatish) tamoyillari bilan mazmunan muvofiqlik kasb etishi asoslangan;
Imomi A’zamning oilada milliy tarbiyani tashkil etish, bolaning qalbi va yuragiga yo‘l topish, mustaqilligi va faolligini oshirishga doir tarbiyaviy qarashlari shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim modeli hamda ijtimoiy kompetensiyalar (ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-huquqiy, ijtimoiy-siyosiy) tizimi bilan gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda mantiqiy strukturlikka egaligi aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Imomi A’zam Abu Hanifaning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid pedagogik qarashlari rivoji bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
mutafakkir tomonidan tavsiflangan ma’naviy-axloqiy sifatlar turkumini zamonaviy ezoterik paradigmasi bilan bevosita uyg‘un ekanligi to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘xshashlikni aniqlashga xizmat qiluvchi sinektika usulini qo‘llash orqali aniqlashtirishga doir takliflardan Imom Termiziy xalqaro tadqiqot markazi ilmiy xodimlari tomonidan nashr etilgan asarlar tarjimasini tayyorlashda va mazmunan to‘ldirishda foydalanilgan (Imom Termiziy xalqaro tadqiqot markazining 2021 yil 30 noyabrdagi 01-07/167-son ma’lumotnomasi). Natijada, islom ta’limotidagi pedagogik g‘oyalarni o‘rganish va foydalanish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilgan;
Imomi A’zam Abu Hanifaning intellektual tarbiyaga doir ilm olishga intilish, bilimlarning zarurini o‘rganish, aniq maqsadni olg‘a surish, o‘z-o‘zini yo‘naltirish, o‘zini tiyib turish kabi g‘oyalari pedagogik fasilitatsiyaning (osonlashtirish, qulaylashtirish) kongruentlik va ingibentlik tamoyillari bilan mazmunan muvofiqlik kasb etishiga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Musulmonlar idorasi tasarrufidagi Mir Arab oliy madrasasidagi talabalar uchun tashkil qilingan o‘quv jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil 14 dekabrdagi 02-03/7701-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Islom tarixi” “Fiqx” fanlaridan nazariy va amaliy mashg‘ulot loyihalarini tuzishda foydalanilgan.
Imomi A’zamning oilada milliy tarbiyani tashkil etish, bolaning qalbi va yuragiga yo‘l topish, mustaqilligi va faolligini oshirishga doir tarbiyaviy qarashlarining shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim modeli hamda ijtimoiy kompetensiyalar tizimi bilan gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda mantiqiy strukturlikka egaligini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan madaniy tadbir va festivallar ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 14 dekabrdagi 04-12-10-5580-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba-yoshlarda milliy madaniyatni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish