Karimov Muzaffar Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Yong‘in o‘chirish tur va vositalarini takomillashtirish” 05.10.02 –Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi
dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2020.4 PhD/T2021V.
ilmiy rahbar: Ibragimov Baxrom Toshmuratovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi PhD 40/30.12.2020.T.129.01.
Rasmiy opponenetlar: Xotamov Asadulla Toshtemirovich – texnika fanlari doktori, dotsent, Toshkent arxitektura qurilish instituti kafedra mudiri; Kuldashev Ikrombek Xamidullaevich – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti bo‘lim boshlig‘i.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi yong‘in o‘chirish texnik vositalari va usullarini takomillashtirish orqali yangi namunadagi yong‘in o‘chirish qo‘l dastaklarining taktik-texnik imkoniyatlarini oshirishga erishish va ulardan foydalanish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
sodir bo‘ladigan yong‘inlarni o‘chirishga mo‘ljallangan yangi namunadagi aylana va konussimon shakldagi yong‘in o‘chirish dastaklarining yangi turlarining fragmentlarini ishlab chiqishga erishilgan;
o‘chirish vositalari bo‘lgan suv yoki ko‘pik moddalarining bitta dastak orqali mujassamlashgan ravishda uzatish orqali yong‘inlarni tezkorlik bilan o‘chirish imkoniyati oshirilgan;
yangi namunadagi dastaklarning yong‘in o‘chog‘iga ko‘pikning sifatli jadalliligi va karraliligini ta’minlagan holda etarli masofaga (27 metrga) uzatilishi evaziga, yong‘in–qutqaruv bo‘linmalarining tezkorligi va taktik–texnik ko‘rsatkichlarining samaradorligini oshirishga erishilgan;
yong‘in–qutqaruv garnizonlarining imkoniyatlarini batafsil o‘rganish, yong‘in o‘chiruvchilarning kasbiy va ruhiy tayyorgarligi oshirishda o‘qitishni tashkil etish yo‘nalishlarini aniqlash imkoniyatini beruvchi tashkiliy boshqaruv modellarini yaratilishiga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yong‘in o‘chirish tur va vositalarini takomillashtirish orqali yong‘inlarni o‘chirish samaradorligini oshirish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
Yangi namunadagi aylana va konussimon shakldagi yong‘in o‘chirish dastaklar namunalarining amaliyotga joriy etilganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vazyatlar vazirligining 2021 yil 30 oktyabrdagi 8/4/36–3032–sonli, Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi 2021 yil 6 sentyabr` 37/2–1195–sonli va Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarida 2021 yilning 6 sentyabr` kunidagi 2075 sonli sinovdan o‘tkazilganligi hamda amaliyotga joriy etish to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar olingan. Natijada o‘chirish vositalari bo‘lgan suv yoki ko‘pik moddalarining bitta dastak orqali uzatish imkoniyati yaratilgan, yangi namunadagi qo‘l dastagi yordamida uzatiladigan ko‘pikli aralashmaning sarfi, ko‘pikning jadalliligi va karraliklarining xususiyatlari yaxshilangan. Taklif etilayotgan yangi namunadagi yong‘in o‘chirish qo‘l dastaklarining iqtisodiy samaradorligini baholash usullarini ishlab chiqarilishini ta’minlagan holda bitta dastakning ishlab chiqarilishiga sarflangan harajatlarni aniqlagan holda yillik sarf harajatlarning miqdorini aniqlanishiga erishilgan.