Djalilova Sojida Xamraevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miokard infarktini tibbiy psixologik aspektlari, psixoterapevtik va farmakoterapevtik korreksiyani optimallashtirish», 19.00.04 – Tibbiy psixologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib1032.
Ilmiy rahbar: Ibodullaev Zarifboy Radjabovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Alimov Ulug‘bek Xudayarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: miokard infarktini tibbiy psixologik aspektlari, psixoterapevtik va farmakoterapevtik korreksiyani optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor miokard infarkti bilan og‘rigan bemorning psixoemotsional holatida noadaptiv fikrlar yuzaga kelishi tufayli kasallikni engish, unda ijobiy natijalarga ishonch xissini susayishi hisobiga kasallik klinik kechuvining o‘zgarishi va davo natijadorligining pasayishi kuzatilishi hamda ushbu buzilishlarni korreksiya qilish zarurligi isbotlangan;
ilk bor miokard infarkti bilan og‘rigan bemorda psixoemotsional buzilishlar strukturasidagi noadaptiv fikrlash turli ko‘rinishda namoyon bo‘lishi va uning turlari bemor jinsiga bog‘lik ekanligi tufayli ayollarda katastrafizatsiya, xissiy dominantlik, erkaklarda esa shartli mantiqiy fikrlar ko‘rinishida kuzatilishi aniqlangan;
kasallikning o‘tkir davrida paydo bo‘lib, keyingi davrlarda avjlangan, yaqqol namoyon bo‘ladigan ruhiy buzilishlarda kognitiv-bixevioral terapiyasi ushbu buzilishlarni erta bartaraf etishi sababli bemorning hissiy va ijtimoiy faoliyati yaxshilanishi hamda hulq-atvorining moslashtirilgan me’yoriga olib kelinishi aniqlangan;
miokard infarkti bilan og‘rigan bemor davo-profilaktika doirasida kognitiv psixoterapiya, ratsional`-emotiv psixoterapiya, neyrolingvistik dasturlash hamda antidepressant va trankvilizator preparatlarni kompleks qo‘llash kasallikning psixopatogenetik komponentini samarali korreksiya qilishi tufayli bemorda ikkilamchi kasalliklar kelib chiqishi va asosiy kasallikdan o‘lim darajasini kamaytirish imkoniyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Miokard infarktini tibbiy psixologik aspektlari, psixoterapevtik va farmakoterapevtik korreksiyani optimallashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda psixoemotsional buzilishlarni davolash maqsadida qo‘llanilgan psixoterapiya usuli klinik kechuvining o‘zgarishilarini aniqlashdan olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Kognitiv-bixevioral psixoterapiya yordamida miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda psixoemotsional buzilishlarni davolash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 20 iyuldagi 8n-r/229-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarning psixoemotsional holatida kasallikni engish, ularda ijobiy natijalarga ishonch xissini uyg‘otish va davo natijadorligini oshirish imkonini bergan;
miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarda psixoemotsional buzilishlar strukturasidagi noadaptiv fikrlashlar ko‘rinishini reabilitatsiya qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Miokard infarkti bo‘lgan bemorlarni reabilitatsiya qilish uchun moslashtirilgan kognitiv-bixevioral psixoterapiyaning o‘rni” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 20 iyuldagi 8n-r/229-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarda psixoemotsional buzilishlar strukturasida turli ko‘rinishda namoyon bo‘luvchi noadaptiv fikrlashlarni psixoterapevtik va farmakoterapevtik usullar yordamida davolash samardorligini oshirish imkonini bergan;
miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning o‘tkir davrida namoyon bo‘ladigan ruhiy buzilishlarni kognitiv psixoterapiya, ratsional`-emotiv psixoterapiya, neyrolingvistik dasturlash hamda antidepressant va trankvilizator preparatlarni kompleks qo‘llash orqali davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Respublika kardiologiya ilmiy-tadqiqot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazining Samarqand filiali amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 yanvardagi 8n-d/11-son ma’lumotnomasi). Natijada kasallikning psixopatogenetik komponentini samarali korreksiya qilish orqali bemorlarda ikkilamchi kasalliklar kelib chiqishi va asosiy kasallikdan o‘lim darajasini kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish