Umarov Kadir Saparbaevichning
patentlar asosida o‘tkaziladigan fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi) “Temirbeton konstruksiyalarni qolipsiz tayyorlash uchun modifikatsiyalangan betonlar tarkibini ishlab chiqish va qo‘llash”, 05.09.05 – Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari doktori).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/T291.
Ilmiy maslahatchi: texnika fanlari doktori, professor Adilxodjaev Anvar Ishanovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektrua-qurilish instituti, DSc26/30.12.2019.T.11.01
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi beton qorishmalari va mikroto‘ldirgichlarni elastiklik moduli va Puasson koeffisientini aniqlash uchun analogi mavjud bo‘lmagan yangi ishlab chiqilgan qurilma va maxsus ishlab chiqilgan struktura-imitatsiya modellashtirish usullaridan foydalanib temirbeton buyumlarini opalubkasiz qoliplash texnologiyasida kompleks-qo‘shimchalar va ular asosidagi betonlar tarkiblarini ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
karbokmetilsellyuloza qoldiqlari, nitrit natriya, S-3 superplastifikatori va 2800-3000 sm2/g nisbiy sirtgacha maydalangan SiO2 seolit tog‘ jinsi tarkibli kompleks qo‘shimcha beton qorishmasi uchun ilk marotaba ishlab chiqildi;
sement, chaqiqtosh, qum, S-3 superplastifikatori, karbokmetillsellyuloza qoldiqlarini va 2500-3000 sm2/g nisbiy sirtgacha maydalangan seolit tog‘ jinsi asosidagi mikroto‘ldirgichni o‘z ichiga olgan beton qorishmasi ilk marotaba ishlab chiqildi va opalubkasiz qoliplash texnologiyasi asosida konstruksiya va buyumlar ishlab chiqildi;
ilk bor qovushqoq-elastik materiallarning elastik moduli va Puasson koeffisientini aniqlash qurilmasi ishlab chiqildi;
ilk marotaba ishlab chiqilgan qurilma asosida og‘ir beton uchun mineral mikroto‘ldirgichlarning elastiklik moduli va Puasson koeffisientining optimal ko‘rsatkichlari aniqlandi;
mineral miuroto‘ldirgichlarning elastiklik moduli va Puasson koeffisienti ko‘rsatkichlari betonning strukturaviy-imitatsiya modellashtirilish usulida qo‘llanildi va shu asosida yuqori sifatli va yuqori mustahkamli betonlarning optimal tarkiblari ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temirbeton konstruksiyalarni qolipsiz tayyorlash uchun modifikatsiyalangan betonlar tarkibini ishlab chiqish va qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Zaminning elastiklik moduli va Puasson koeffitsentini aniqlash qurilmasi” sinovdan o‘tkazildi va ishlab chiqarishga joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 11-fevraldagi №09-06/1304-son ma’lumotnomasi). Natijada beton aralashmalari tarkibini korrektirovka qilish vaqtini 15-17% ga qisqartirishga, temirbeton buyumlarining boshqa nomenklaturasini ishlab chiqarishga o‘tishda beton aralashmalarni tayyorlashga ketuvchi notexnologik yo‘qotishlarni kamaytirish imkonini bergan;
temirbeton buyumlarni uzluksiz opalubkasiz qoliplash liniyalarida kompleks qo‘shimchalar va ular asosidagi optimallashtirilgan tarkiblar joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 11-fevraldagi №09-06/1304-son ma’lumotnomasi). Natijasida sement sarfini 27% ga tejashga, rentabellikning 11% ga oshirishga va mahsulotning tannarxini 9% ga kamaytirishga erishilgan.
yuqori sifatli ko‘p komponentli beton ishlab chiqarish texnologiyalari “GEO BETON TRUST” MChJ va “Navoi - FSK” MChJ temirbeton zavodlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 11-fevraldagi №09-06/1304-son ma’lumotnomasi). Natijada temirbeton ishlab chiqarishda notexnologik yo‘qotishlarni kamaytirish va sementni tejash 7,52 mlrd. so‘m iqtisodiy samara olish imkonini bergan.