Norqobilov Mirzaqul Xidirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sa’duddin Taftazoniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari», 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fal381.
Ilmiy rahbar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Xolmo‘minov Ja’far Muhammadievich, falsafa fanlari doktori; Madaeva Shaxnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sa’duddin Taftazoniy asarlaridagi ijtimoiy-falsafiy mavzulardagi g‘oyalarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Taftazoniyning olamning yaxlit manzarasiga oid ontologik hamda ratsionallik va irratsionallik uyg‘unligiga qaratilgan gnoseologik g‘oyalari asosida aql va hissiyot dialektik birligining ratsional tafakkurni shakllantirishdagi amaliy ahamiyati, yaxlit bilimlarning borliqni anglashdagi o‘rni falsafiy jihatdan ochib berilgan; 
mutafakkirning ixtiyor erkinlik va axloqiy tanlov masalasiga oid konseptual g‘oyalarining falsafa tarixida inson mohiyatiga nisbatan insonning tashqi ta’sirlarga ehtiyojini bildiruvchi ekstrovertiv va inson o‘z ichki mohiyati bilan o‘z-o‘zini anglashini aks ettiruvchi introvertiv yondashuvlarni asoslash, mavjud ijtimoiy-axloqiy me’yorlarning jamiyat ma’naviy qiyofasini yuksaltirishdagi zaruriyati, ijtimoiy-falsafiy va tarixiy mohiyati asoslangan; 
Taftazoniyning «Sharh al-aqoid» asaridagi ijtimoiy-axloqiy qarashlari hamda naqliy va aqliy bilimlar orqali shakllangan raddiya uslubi destruktiv g‘oyalarga qarshi kurashda muhimligi, kalom, fiqx, mujtahid va ijtihod, karomat, ixtiyoriy juz’ kabi tushunchalarni ifodalashda muhim ekanligi asoslangan;
bugungi kun rahbar kadrlari va xodimlari o‘rtasida murosa madaniyatini shakllantirish, konfliktlarni bartaraf etish, jamiyat barqarorligini ta’minlashda mutafakkirning davlat boshqaruvi, shaxslararo muloqot, «ishboshi»larda zamonaviy boshqaruv salohiyatini shakllantirish va ularning ongiga milliy qadriyatlar ruhini singdirish kabi ijtimoiy-siyosiy g‘oyalari ta’sirchan vosita (konsensus) ekanligi ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sa’duddin Taftazoniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Taftazoniyning olamning yaxlit manzarasiga oid ontologik hamda ratsionallik va irratsionallik uyg‘unligiga qaratilgan gnoseologik g‘oyalari asosida aql va hissiyot dialektik birligining ratsional tafakkurni shakllantirishdagi amaliy ahamiyati, yaxlit bilimlarning borliqni anglashdagi o‘rniga oid ilmiy-nazariy tahlillar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Oʻzbekiston» telekanali DUK «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyatining «Millat va ma’naviyat», «Ta’lim va taraqqiyot» nomli dasturlari ssenariysida (2021 yil aprel`-may oylari) foydalanilgan («Oʻzbekiston» teleradiokanali DUKning 2021 yil 20 maydagi №04-25-770-son ma’lumotnomasi). Natijalar mazkur dasturlarning sifati, mazmuni va samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
mutafakkirning ixtiyor erkinlik va axloqiy tanlov masalasiga oid konseptual g‘oyalarining falsafa tarixida inson mohiyatiga nisbatan insonning tashqi ta’sirlarga ehtiyojini bildiruvchi ekstrovertiv va inson o‘z ichki mohiyati bilan o‘z-o‘zini anglashini aks ettiruvchi introvertiv yondashuvlarni asoslash, mavjud ijtimoiy-axloqiy me’yorlarning jamiyat ma’naviy qiyofasini yuksaltirishdagi zaruriyati, ijtimoiy-falsafiy mohiyati va tarixiy ahamiyatiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning umumiy normativ hujjatlarini shakllantirishda foydalanilgan (Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil 6 iyuldagi 02/02-4299-son ma’lumotnomasi). Natijalar qo‘mitaning normativ hujjatlar bazasini yangi ilmiy faktik ma’lumotlar bilan boyitilishiga imkoniyat yaratgan; 
Taftazoniyning «Sharh al-aqoid» asaridagi ijtimoiy-axloqiy qarashlari hamda naqliy va aqliy bilimlar orqali shakllangan raddiya uslubi destruktiv g‘oyalarga qarshi kurashda muhimligi, kalom, fiqx, mujtahid va ijtihod, karomat, ixtiyoriy juz’ va shu kabi bir qator tushunchalarni zamonaviy ruhda yuksak ilmiy saviyada ifodalashda muhim ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatida foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2021 yil 25 iyundagi  02/261-son ma’lumotnomasi). Natijalar ilmiy-tadqiqot markazida Sa’duddin Taftazoniy ma’naviy merosiga oid yangi ma’lumotlarning ortishiga zamin yaratgan; 
bugungi kun rahbar kadrlari va xodimlari o‘rtasida murosa madaniyatini shakllantirish, konfliktlarni bartaraf etish, jamiyat barqarorligini ta’minlashda mutafakkirning davlat boshqaruvi, shaxslararo muloqot, «ishboshi»larda zamonaviy boshqaruv salohiyatini shakllantirish va ularning ongiga milliy qadriyatlar ruhini singdirish kabi ijtimoiy-siyosiy g‘oyalari ta’sirchan vosita (konsensus) ekanligi oid ilmiy yangilikdan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazining «Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbus» doirasida amalga oshirilgan ma’naviy tadbirlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazining 2021 yil 26 iyuldagi 02/02-865-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarda mas’uliyat hissi, konsensuslikka erishish va murosa madaniyatini yuksalishida samarali vosita rolini bajargan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish