Ashurova Sarvinoz Uralovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyat taraqqiyotiga barqaror va beqaror jarayonlarning ta’siri”, 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fal246.   
Ilmiy rahbar: Shermuxamedova Nigina Arslanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Tulenova Karima Jandarovna, falsafa fanlari doktori, professor; Kushakov Shuxrat Salievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tabiiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarda amal qiluvchi barqarorlik va beqarorlikning insonning oqilona faoliyatida yo‘l tanlash imkoniyati va jamiyat taraqqiyotining yo‘nalishlarini aniqlashdagi ta’sir darajasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyat barqarorligi va beqarorligining jamoa ongi, shaxs individual tafakkur uslubi, jamiyat qonunlari, tasodifiylik asosida o‘zgarishi, sinergetik xususiyatlari tabiiy va ijtimoiy jarayonlar dialektik mohiyati beqarorlikning chiziqsiz tizim sifatida rivojlanishda namoyon bo‘lishi asoslangan; 
jamiyat taraqqiyotiga barqaror va beqaror jarayonlarning ta’siri har qanday tizimning yaxlitligi, ijtimoiy-madaniy faoliyat sub’ektining o‘z harakatlarini real imkoniyatlar bilan bog‘lash imkoniyatining namoyon bo‘lishi, qarama-qarshiliklar oqibatidagi kelishuvlarning mavjudligi kabi ob’ektiv omillari va davr ruhi, inson tabiatining o‘zgaruvchanligi, mavjud bilimlarning tasavvurdan tashqarida bo‘lishi, yangi barqaror qadriyatlar tizimini yaratish kabi sub’ektiv omillar falsafiy jihatdan ochib berilgan; 
barqarorlik va beqarorlikning ontologik va gnoseologik mohiyati insonning beqaror jarayonlarni oqilona faoliyati bilan boshqarishi va ularni bartaraf qilish yo‘llarini topishi, beqarorlikdan barqarorlikka o‘tish insonning irodasi bilan bog‘liqligi, millat mentaliteti, tarixiy voqeliklar, ilmiy va texnologik inqiloblar natijasida bilishga doir munosabatlardagi o‘zgarishlarning substansional, germenevtik, strukturalistik jihatlari ochib berilgan; 
jamiyat uchun beqarorlik faqat o‘tish davrida zaruriy ijtimoiy hodisa sifatida muayyan barqarorlikka erishish vositasi bo‘lib xizmat qilishi, beqarorlik funksional jihatdan muqarrar yangilikka erishish sifatida amal qilishi va ularning me’yori ijtimoiy munosabatlarning davomiyligini ta’minlashi falsafiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyat taraqqiyotiga barqaror va beqaror jarayonlarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jamiyat barqarorligi va beqarorligining jamoa ongi, shaxs individual tafakkur uslubi, jamiyat qonunlari, tasodifiylik asosida o‘zgarishi, sinergetik xususiyatlari tabiyat va jamiyat mavjudligini ta’minlovchi universal dialektik mohiyati beqarorlikning chiziqsiz tizim sifatida rivojlanishda namoyon bo‘lishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Harbiy kadrlar tayyorlash bosh boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2021 yil 15 sentyabrdagi 10/1643-son ma’lumotnomasi). Natijalar inson tafakkuridagi barqarorlik va beqarorlikning shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillarni ochib berish va uning mazmunini tinglovchilarga tushuntirishga xizmat qilgan; 
jamiyat taraqqiyotiga barqaror va beqaror jarayonlarning ta’siri har qanday tizimning yaxlitligi, ijtimoiy-madaniy faoliyat sub’ektining o‘z harakatlarini real imkoniyatlar bilan bog‘lash imkoniyatining namoyon bo‘lishi, qarama-qarshiliklar oqibatidagi kelishuvlarning mavjudligi kabi ob’ektiv omillari va davr ruhi, inson tabiatining o‘zgaruvchanligi, mavjud bilimlarning tasavvurdan tashqarida bo‘lishi, yangi barqaror qadriyatlar tizimini yaratish kabi sub’ektiv omillariga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining yangi madaniy meros ob’ektlarini o‘rganish bo‘yicha tizimli faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi vazirlar maxkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2021 yil 6 avgustdagi 14-07-1537-soni ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan turli millat vakillarida o‘z milliy madaniy merosini o‘rganish uchun yaratilayotgan teng sharoitlardan foydalanish, o‘zini shu vatan fuqarosi ekanligini tushunish va xalq faravonligini ta’minlash jarayonining faol ishtirokchisi bo‘lishning ahamiyatini tushunishiga xizmat qilgan;
barqarorlik va beqarorlikning ontologik va gnoseologik mohiyati insonning beqaror jarayonlarni oqilona faoliyati bilan boshqarishi va ularni bartaraf qilish yo‘llarini topishi, beqarorlikdan barqarorlikka o‘tishda insonning irodasi bilan bog‘liqligi, millat mentaliteti, tarixiy voqeliklar, ilmiy va texnologik inqiloblar natijasida bilishga doir munosabatlardagi o‘zgarishlarning substansianal, germenevtik, strukturalistik jihatlariga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining aholi turli qatlamlari bilan ishlashga mo‘ljallagan tizimli faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 29 sentyabrdagi 02/08-1204-son ma’lumotnomasi). Natijalar mahallalarda tarbiyasi qiyin shaxslarning psixologik ruhiy holatlaridagi beqarorlik sabablarini aniqlash, ularning depressiya holatlaridan chiqish, hayotda o‘ziga ishonchni qaytarishda maqsadli faoliyatni tashkil qilish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
jamiyat uchun beqarorlik faqat o‘tish davrida zaruriy ijtimoiy hodisa sifatida muayyan barqarorlikka erishish vositasi bo‘lib xizmat qilishi, beqarorlik funksional jihatdan muqarrar yangilikka erishish sifatida amal qilishi va ularning me’yori ijtimoiy munosabatlarning davomiyligini ta’minlashiga oid g‘oyalardan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 2021 yil 13 sentyabrdagi 02/02-342-son ma’lumotnomasi). Natijalar madaniy-tarixiy taraqqiyotning yangi bosqichiga o‘tish va madaniyatlar dialogini ta’minlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish