Uzbekov Timur Sakenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot: Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Til o‘yinining semantik, funksional-uslubiy va lingvostatistik xususiyatlari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil1140.
Ilmiy rahbar: Djusupov Maxanbet, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.
Rasmiy opponentlar: Matyoqubova Muxabbat Qurbonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Bakirov Poyan Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadiqotning maqsadi turli nutqiy muhitda yuzaga keluvchi epik va lirik matnlar, ommaviy axborot vositalari, lingvistik maydonda aks etadigan til o‘yinining til-nutq fenomeni sifatidagi nazariyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
til o‘yini til o‘rgatish jarayoni aspektlaridan biri tarzida talqin etilib, til o‘yini va lingvistik o‘yinning rebuslar, anagrammalar, metagrammalar kabi differensiatsiyasi mavjudligi asoslangan;
rus tilining so‘zlashuv, badiiy va publisistik, ilmiy va rasmiy-idoraviy uslublari doirasida kuzatiladigan ironiya, paradoks, absurd, kalambur (so‘z o‘yini), errativ, diminutiv, agnonimlar, sotsiolektlar, giperbola, litota, muallif neologizmlari kabi til o‘yinlari mavjudligi dalillangan;
T.Tolstoyning «Kis`» romani misolida til o‘yinini yaratishda ishtirok etadigan ot, sifat, fe’l, ravish, son, bog‘lovchi, yuklama va ko‘makchi kabi til birliklarining sifat va miqdor jihatidan kommunikativ, semantik-uslubiy, lingvistik-statistik xususiyatlari va ulardagi sinonimiya, antonimiya, paronimiya, omonimiya hodisalari dalillangan;
til o‘yinini til va nutq hodisasi sifatida izohlashda turli konsepsiyalardagi semantik siljish va uslubiy jihatlar ma’no kengayishi, torayishi, o‘zgarishiga xos farqqa ega ekanligi aniqlangan;
IV. Tadqiqit natijalarining joriy qilinishi. Til o‘yinining semantik, funksional-uslubiy va lingvostatistik xususiyatlarini tadqiq etish yuzasidan erishilgan ilmiy natijalar asosida:
tilshunoslik fenomeni, uning turlari, turli funksional uslublardagi matnlarda ishlashi, shuningdek, badiy matnni lingvistik va statistik tahlil qilish bo‘yicha dissertatsiya tadqiqotlarining xulosalaridan ITD-1 raqamli «Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi (ingliz tili) bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar lug‘atini tuzish» mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2019 yil 18 dekabrdagi 39-01/04-2563-son dalolatnomasi). Natijada xulosa va tavsiyalar Madianiyatlararo muloqot fanidan yaratilgan mavzuviy lug‘at, o‘quv-uslubiy majmua va ularning elektron nusxalarini tayyorlashda muhim manba sifatida xizmat qilgan;
til o‘yini tahlil qilinayotgan matndagi so‘z-polisemantlarning o‘z va ko‘chma ma’nolari, ulardagi sinonimiya, antonimiya, paronimiya, omonimiya hodisalari borasidagi xulosalar ITD-1-07 raqamli «Tilshunoslik asoslari fanidan darslik, o‘quv-uslubiy majmua va ularning elektron nusxalarini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2019 yil 3 oktyabrdagi 02-07-3114/04-son dalolatnomasi). Natijada xulosa va tavsiyalar Tilshunoslik asoslari fanidan yaratilgan darslik, o‘quv-uslubiy majmua va ularning elektron nusxalarini tayyorlashda muhim manba sifatida xizmat qilgan.