Maxmudova Nilufarxon To‘lqinjon qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek  tilidagi telekommunikatsiya terminlarining semantik, struktur va derivatsion xususiyatlari (telefoniya terminlari misolida)”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4 PhD/Fil 645.
Ilmiy rahbar: Xudayberganova Durdona Sidikovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01. 
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhayyo Karimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Lutfullaeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili telekommunikatsiya sohasi telefon aloqa tarmog‘i terminlarining leksik-semantik va derivatsion xususiyatlarni ochib berish, soha terminologiyasini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
telekommunikatsiya terminosistemasining mustaqil tizim sifatida tezkorlik bilan boyishi, so‘z o‘zlashtirishning yuqori darajada ekanligi, umumiste’mol so‘zlari bilan faol ta’sirlashuvi kabi o‘ziga xos lingvistik xususiyatlari mavjudligi aniqlangan;
telekommunikatsiya sohasi telefon aloqa tarmog‘i terminlarining  sinonimlik, antonimlik, ko‘p ma’nolilik, dubletlik kabi leksik-semantik  xususiyatlarga egaligi ochib berilgan;
telekommunikatsiya sohasi telefon aloqa tarmog‘i terminlarining  morfologik, sintaktik, semantik kabi yasalish usullari mavjudligi aniqlangan;
soha terminologiyasining shakllanishida aynan olingan baynalmilal va kal`kalash yo‘li bilan o‘zlashtirilgan o‘zlashma qatlamning alohida o‘rin tutishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi telekommunikatsiya sohasi telefon aloqa tarmog‘i terminlarining leksik-semantik va derivatsion xususiyatlarini  tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
o‘zbek ilmiy tilshunosligi shakllanishidagi an’anaviy leksik-semantik qarashlar hamda til boyishida o‘zlashma qatlamning o‘rni xususidagi xulosalardan O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida 2017-2019 yillarda amalga oshirilgan OT-F1- 78 “Hozirgi globallashuv davrida O‘zbek tili, uning tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari (O‘zbek tilining vazifaviy uslublari asosida)” mavzusidagi fundamental  loyihaning, 2015-2016 yillarda amalga oshirilgan FA-IZ-G009 «Onomastik birliklarning lingvopoetik tadqiqi» mavzusidagi innovatsion  tadqiqot loyihasining ilmiy uslub taraqqiyoti yoritilgan o‘rinlarda, shuningdek, hozirgi o‘zbek tilidagi telekommunikatsiya terminlariga berilgan izohlardan o‘zbek-lotin yozuvidagi yangi «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»ni tuzishda foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2021 yil 27 sentyabrdagi 3/1255-2963-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘atdagi telekommunikatsiya terminlarining leksikografik xususiyatlari yanada mukammallashgan;
o‘zbek tilida telekommunikatsiya sohasi telefon aloqa tarmog‘i terminologiyasidagi qo‘llanilish va ifodada berilish yuzasidan uchraydigan muammolarni hal qilish yo‘llari, til leksik sathining boyish manbalarini tahlil etish jihatlari xususida olib borilgan  ilmiy-nazariy tahlillar,  xulosalar va taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston teleradiokanali» DM «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyatining «Ta’lim va taraqqiyot», «Millat va ma’naviyat», «Adabiy jarayon» eshittirishlarining 2021 yil 23 iyul`, 3 avgust va 19 sentyabr` kunlari efirga uzatilgan sonlari ssenariysini tayyorlashda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2021 yil 22 sentyabrdagi 04/25-1495-son ma’lumotnomasi). Natijada xizmat yozishmalarini amalga oshirishda o‘zbek tili qonuniyatlari asosida televidenie va radioda ko‘rsatuv va eshittirishlar tayyorlanishi yuzasidan ma’lumotlarni ishonchli manbalar asosida keng jamoatchilikka taqdim etish imkoniyati yanada kengaygan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish