Yunusov Dilshod Raxmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda pedagogik hurfikrlilikni rivojlantirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped585.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Kushvaktov Nemat Xusanovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ro‘zieva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda pedagogik hurfikrlilikni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda pedagogik hurfikrlilikni rivojlantirishning ijobiy xususiyatlarini ochib beruvchi qadriyatli, loyihaviy, tarbiyaviy, texnologik komponentlar sub’ekt-ob’ekt, ob’ekt-sub’ekt, sub’ekt-sub’ekt munosabatlari hamda yo‘nalishlar tasnifi natijalar samaradorligining virtual sayohat, interfaol o‘qish, qisman izlanuvchanlik kabi omillarini kiritish orqali aniqlashtirilgan;
talabalarda pedagogik hurfikrlilikni rivojlantirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy, tabiiy, psixologik, fiziologik, texnologik omillar axborot va telekommunikatsion ta’minotning pedagogik imkoniyatlarini, virtual, mediata’lim va innovatsion ta’lim texnologiyalarini integrativ joriy qilish orqali takomillashtirilgan;
talabalarda pedagogik hurfikrlilikning rivojlanganlik darajasini diagnostik metodlar yordamida ob’ektiv, sub’ektiv, mazmunli baholash komponentlarini aniqlashtirish asosida jarayonning baholash monitoringini amalga oshirish tizimi onglilik, ko‘rgazmalilik, uzluksizlik, ilmiylik singari ta’lim tamoyillariga ustivorlik berish orqali rivojlantirilgan;
talabalarda pedagogik hurfikrlilikni rivojlantirish modeli didaktik vositalarni qo‘llash usullarini integratsiyalash hamda hurfikrlilikning rivojlanish darajasini tashxislashning ta’lim-tarbiya jarayoniga, jamoaga, manbalarga, o‘z-o‘ziga bo‘lgan qadriyatli munosabatlar kabi mezonlarni aniqlashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda pedagogik hurfikrlilikni rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda pedagogik hurfikrlilikni rivojlantirishda zamonaviy innovatsion texnologiyalarning pedagogik imkoniyatlari (sub’ektlar munosabatlari, yo‘nalishlar tasnifi, natijalar samaradorligi)ga doir takliflar va tavsiyalardan pedagogika institutlari talabalarining ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish hamda o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 maydagi 71-03-2398-son ma’lumotnoma). Natijada, pedagogika institutlari talabalarida pedagogik qobiliyatlar, pedagogik hurfikrlashga oid qiziqishlar, pedagogik hurfikrlilik borasidagi tasavvurlarini oshirish imkonini bergan;
pedagogika institutlari talabalarini pedagogik hurfikrligini rivojlantirish jarayonlariga ta’sir etuvchi (didaktik, psixologik, fiziologik, texnologik, integrativ) omillar innovatsion texnologiyalarni tasniflash mashg‘ulotlarida interfaol usullar (interfaol o‘qish, virtual sayohat, aqliy hujum) asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 maydagi 71-03-2398-son ma’lumotnoma). Natijada, pedagogika institutlari talabalarini pedagogik hurfikrliligini rivojlantirish jarayonida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va badiiy matnlarni to‘g‘ri tanlashga erishilgan;
pedagogika fanlari turkum darslarida pedagogika institutlari talabalarida pedagogik hurfikrlilikni rivojlantirishning pedagogik modeli yangi interfaol ta’lim texnologiyalari (badiiy asarning ta’sirchanligini modellashtirish, teatrlarga borish, rollar ijro etish, asarlar va voqea-hodisalarni tahlil qilish) hamda pedagogik modelni joriy etishning ilmiy-metodik ta’minoti o‘quv mashg‘ulotlarining algoritmik xaritalari, interfaol o‘quv jarayonini ta’minlovchi metodik tizim, umumkasbiy xarakterdagi intellektual topshiriqlar, pedagogik dasturiy vositalar, tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalaridan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 maydagi 71-03-2398-son ma’lumotnoma). Natijada pedagogika institutlari talabalarining ta’lim-tarbiya jarayonlariga ijodiy yondoshishiga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish, o‘zlashtirish samaradorligini oshirish, pedagogik hurfikrlash qobiliyatini boyitish imkonini bergan;
pedagogika fanlari turkum darslarida innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning pedagogik modelini takomillashtirishda pedagogika institutlari talabalarining pedagogik hurfikrligining rivojlanish darajasini tashxislash komponentlari (tahlil, loyihalash, anketa, bashoratlash), funksiyalarini integrativ muvofiqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Jizzax, Navoiy, Qo‘qon pedagogika institutlarida ta’lim – tarbiya jarayonida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 maydagi 71-03-2398-son ma’lumotnoma). Natijada, pedagogika institutlarida o‘quv fanlari mazmunining boyitilishiga hamda ta’lim sifat va samaradorligiga erishilgan.