Gulova Anorgul Axtamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiyning tasavvufiy qarashlarida umuminsoniy qadriyatlar masalalari”, 09.00.03 - Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Fa1119.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlar doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Madaeva Shaxnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor; Pardaeva Marhabo Davlatovna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiyning tasavvufiy qarashlaridagi umuminsoniy qadriyatlarning gumanistik mohiyatini tarixiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiy tasavvufiy qarashlarida umuminsoniy qadriyatlarning iqtisodiy munosabatlar jarayonida shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatlarni hisobga olish va ishonchlilik kabi ijtimoiy-iqtisodiy, xalq dardini tinglash va og‘irini engil qilish kabi siyosiy, burch, mas’uliyat va jamoaviylik kabi huquqiy, ozodlik, erkinlik, tarixiy merosni tadqiq etish kabi madaniy, insonga oliy mavjudot sifatida qarash va ilohiy aqlga egalik kabi diniy-tasavvufiy, intellektual imkoniyatlar va ta’lim-tarbiya kabi ma’naviy va ahloqiy tamoyillari aniqlangan;
mutafakkir irfoniy qarashlaridagi oriflik kontekstida o‘z xatti-harakatlariga baho berish va axloqiy boshqarish, ijtimoiy faollik, mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish, islohotlarga daxldorlik tuyg‘usi va faol fuqarolik pozisiyasini kuchaytirish kabi ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarni ta’lim-tarbiya mazmuniga singdirishning dolzarbligi ma’naviy tarbiyani davlat boshqaruv organlari, jamoatchilik tashkilotlari, mahalla va oila instituti hamkorligi asosida tashkil etish zarurati falsafiy jihatdan asoslangan;
alloma tasavvufiy qarashlaridagi insonning kamolotga etishish g‘oyalarining umuminsoniy mohiyati, uning jamiyat barqarorligi, yurt tinchligi borasidagi kishining faoliyati ong, aql idrok asosida bo‘lmog‘i, o‘z vatani ishqi bilan band bo‘lmog‘i, xalq bilan aloqada bo‘lib, birga hayot kechirishiga oid qarashlarining ma’rifat, ta’lim, innovatsion tafakkur, xalqparvar davlat va inson qadrini ulug‘lash kabi sivilizatsion ahamiyati falsafiy jihatdan ochib berilgan;
Navoiy asarlaridagi sabr, tavoze, odillik kabi tasavvufiy kategoriyalarning korrupsiyaga toqatsiz munosabat, islohotlarga dahldorlik va ijtimoiy faollik bilan o‘zaro aloqadorligi hamda odob-axloq, tarbiya jarayonidagi uzluksizlik va sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishning substansional ahamiyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiyning tasavvufiy qarashlarida umuminsoniy qadriyatlar masalalarini tadqiq etish asosida:
Alisher Navoiy tasavvufiy qarashlarida umuminsoniy qadriyatlarning iqtisodiy munosabatlar jarayonida shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatlarni hisobga olish va ishonchlilik kabi ijtimoiy-iqtisodiy, xalq dardini tinglash va og‘irini engil qilish kabi siyosiy, burch, mas’uliyat va jamoaviylik kabi huquqiy, ozodlik, erkinlik, tarixiy merosni tadqiq etish kabi madaniy, insonga oliy mavjudot sifatida qarash va ilohiy aqlga egalik kabi diniy-tasavvufiy, intellektual imkoniyatlar va ta’lim-tarbiya kabi ma’naviy va ahloqiy tamoyillariga oid ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining III. “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish, ularning insonparvarlik g‘oyalarini hayotga keng tadbiq etish, ajdodlarga munosib qilib tarbiyalashda adabiyot, madaniyat, san’at namunalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari” 18-bandi “Ulug‘ mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan “Xamsa” asarini elektron (audio) kitobini yaratish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 1 iyundagi 02/08-629-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiyalar yosh avlodni gumanistik qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashga, milliy davlatchiligimiz tarixini o‘rganishga, ajdodlarimiz boy ma’naviy merosiga hurmatni shakllantirishga, umuminsoniy tamoyillarni chuqur o‘rganishga xizmat qilgan;
mutafakkir irfoniy qarashlaridagi oriflik kontekstida o‘z xatti-harakatlariga baho berish va axloqiy boshqarish, ijtimoiy faollik, mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish, islohotlarga daxldorlik tuyg‘usi va faol fuqarolik pozisiyasini kuchaytirish kabi ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarni ta’lim-tarbiya mazmuniga singdirishning dolzarbligi ma’naviy tarbiyani davlat boshqaruv organlari, jamoatchilik tashkilotlari, mahalla va oila instituti hamkorligi asosida tashkil etish zaruratiga doir taklif va tavsiyalardan Madaniyat vazirligi tasarrufidagi tashkilotlarda ilmiy hamjamiyatni boxabar qilish maqsadida tashkil etilgan ilmiy-amaliy va metodik o‘qishlarda, Navoiyning tasavvufiy asarlari asosida al`bomlar, ilmiy ommabop hujjatli fil`mlar, axborot-resurs bazasini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2021 yil 15 iyundagi 05-12-10-2935-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiyalar yosh avlodni insonparvarlik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga, jaholatga qarshi ma’rifat, ilm va amal, ma’naviy barqarorlikka erishish kabi profilaktika va targ‘ibot-tashviqot ishlar samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
alloma tasavvufiy qarashlaridagi insonning kamolotga etishish g‘oyalarining umuminsoniy mohiyati, uning jamiyat barqarorligi, yurt tinchligi borasidagi kishining faoliyati ong, aql idrok asosida bo‘lmog‘i, o‘z vatani ishqi bilan band bo‘lmog‘i, xalq bilan aloqada bo‘lib, birga hayot kechirishiga oid qarashlarining ma’rifat, ta’lim, innovatsion tafakkur, xalqparvar davlat va inson qadrini ulug‘lash kabi sivilizatsion ahamiyatiga oid oid xulosalar va tavsiyaviy xarakterdagi natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “O‘ziga o‘xshaydi o‘zbek”, “Til – millat ko‘zgusi” kabi bir qator ko‘rsatuvlarini yoritishda unumli foydalanilgan. (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 1 iyuldagi 1/176-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi turli g‘oyaviy-mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning shakllanishi, ajdodlarimiz merosiga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, ma’naviy kamolotga erishishiga xizmat qilgan.
Navoiy asarlaridagi sabr, tavoze, odillik kabi tasavvufiy kategoriyalarning korrupsiyaga toqatsiz munosabat, islohotlarga dahldorlik va ijtimoiy faollik bilan o‘zaro aloqadorligi hamda odob-axloq, tarbiya jarayonidagi uzluksizlik va sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishning substansional ahamiyatiga oid ilmiy umumlashma va tahlillardan Buxoro viloyat Xalq deputatlari Kengashi huzuridagi jamoatchilik fondining 10-01/3-son “Ijtimoiy sheriklik doirasida Abu Hafs Kabir muqaddas qadamjosini obodonlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot choralarini amalga oshirish” (2019-2020 yy) mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (“Buxoro merosi” ilmiy-tadqiqot markazining 2021 yil 29 iyundagi 9-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi kundagi globallashuv sharoitida tasavvufning faollikka undaydigan g‘oyalarini o‘rganish yoshlar faoliyati va dunyoqarashining o‘zgarishiga, yoshlar intellektual salohiyatini shakllantirishda o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik, sabrlilik kabi yuksak insoniy qadriyatlarning ma’naviy-ma’rifiy mexanizmlarini takomillashtirishni falsafiy metodologik nuqtai nazardan o‘rganishga xizmat qilgan.