Ganieva Gulnozaxon Zaxirovnaning Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tilidagi toponimlar va ularning leksikografik talqini (Ingliz tili toponimik lug‘atlar misolida)”,10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1118.
Ilmiy rahbar:Umarxodjaev Muxtar Ishanxodjaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zohid Yaqubjonovich (DSc), filologiya fanlari doktori, dotsent; Uluqov Nosirjon Muxammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi toponimik lug‘atlarning amaliy ahamiyatini ochib berish hamda ingliz tili toponimlarini leksikografik talqin qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tili toponimlarining “joy konseptual semantikasi” bilan bog‘liq hudud, kishi nomlari, hayvonlar, qushlar, o‘simliklar kabi ma’nolarni anglatuvchi lingvokognitiv hamda madaniyat komponentlarining “lingvotopokul`turemalar” kabi lingvomadaniy asoslari aniqlanib, “toponimik konseptual semantika”ning verballashuvi “perspektiv”, “affektiv”, “bebaho”, “apropriativ” va “lokativ” qatlamlar orqali ochib berilgan;
Buyuk Britaniya hududiga taalluqli bo‘lgan, hozirda AQShda ham mavjud bo‘lgan, AQSh hududida paydo bo‘lgan va hozirda Buyuk Britaniya hududida ham mavjud bo‘lgan Aberdeen, Bangor, Birmingham, Anglesey, Cumberland, Dover, Durham, New England, Lincoln(shire) kabi toponimlarning har ikkala lug‘atda ham qayd etilganligi dalillangan, shuningdek, ikkala lug‘atda ham transkripsiyaning berilmaganligi va “See” yo‘naltiruvchi belgisining ko‘p qo‘llanilganligi salbiy holat ekanligi isbotlangan;
toponimlarni lug‘atlarga tanlash, joylashtirish va aniqlashda an’anaviy so‘rovnoma, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar yordamidagi so‘rovnoma, GoogleDocs platformasida o‘tkaziladigan so‘rovnoma, COCA va BNC platformalari, OpenStreetMap veb sayti kabilardan foydalanishning samaradorligi isbotlangan hamda ingliz tili toponimik birliklarining “o‘zak”, “o‘zak+element (affiks, postfiks)”, “o‘zak+o‘zak” ko‘rinishiga ega grammatik, metaforik va metonimik kabi stilistik xususiyatlari asoslangan;
o‘quv toponimik lug‘atlar yaratish bo‘yicha lug‘at strukturasini tuzib olish, lug‘at uchun mos toponimlar muhitini ko‘ra bilish, toponimik lug‘atga toponimlarni tanlashda uzual metoddan foydalana olish, tanlanayotgan toponim joylashgan hududda istiqomat qiladigan yoki shu hududga tashrif buyurishni mo‘ljallayotganlar bilan so‘rovnoma o‘tkazish kabi tavsiyalar shakllantirilib, o‘quv izohli toponimik lug‘ati yaratish uchun mega, makro va mikrostrukturalarni qamrab olgan namunaviy chizma taqdim etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilidagi toponimlar va ularning leksikografik talqini yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz tili toponimlarining lingvokognitiv va lingvomadaniy asoslari hamda “toponimik konseptual semantika”ning verballashuvihaqidagi ilmiy-nazariy xulosalardanFA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” (2012-2016) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar institutining 2021 yil 4 oktyabrdagi 271/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ilmiy dalillar bilan boyitildi, xususan, qoraqalpoq tilidagi toponimlarni lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida yoritishda muhim ahamiyat kasb etgan;
ingliz tili toponimik birliklarining “o‘zak”, “o‘zak+element(affiks, postfiks)”, “o‘zak+o‘zak” ko‘rinishiga ega grammatik hamda metaforik va metonimik kabi stilistik xususiyatlarining ochib berilishi Istanbul universiteti filologiya fakul`tetining (Turkiya) 45-sonli “The use of English place names in Turkic literature (Ingliz tili joy nomlarining turk adabiyotida qo‘llanilishi)” amaliy loyihasida o‘z ifodasini topgan (Istanbul universitetining 2021 yil 24 sentyabrdagi 234-m-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ichida tadqiqot ishini tashkillashtirishda, xususan, mazkur manbalar loyiha materiallarini mukammallashtirgan va talabalarning leksik kompetensiyasini oshirgan;
o‘quv toponimik lug‘atlar yaratish bo‘yicha lug‘at strukturasini tuzib olish, lug‘at uchun mos toponimlar muhitini ko‘ra bilish, toponimik lug‘atga toponimlarni tanlashda uzual metoddan foydalana olish, tanlanayotgan toponim joylashgan hududda istiqomat qiladigan yoki shu hududga tashrif buyurishni mo‘ljallayotganlar bilan so‘rovnoma o‘tkazish kabi tavsiyalar Qozon (Volga viloyati) federal universiteti Filologiya va Madaniyatlararo muloqot institutida bajarilgan 125-f sonli “Angliyskaya toponimika kak leksicheskaya podsistema yazika (Na materiale toponimcheskoy leksiki Velikobritanii i SShA) (Ingliz toponimikasi tilning leksik quyi tizimi sifatida (Buyuk Britaniya - AQSh toponimik lug‘ati asosida))” nomli amaliy loyihasida o‘z aksini topgan (Qozon (Volga viloyati) federal universiteti Filologiya va Madaniyatlararo muloqot institutining 2021 yil 22 sentyabrdagi 69/21-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning leksik mahoratini oshirishda bir qancha toponimik lug‘atlarni taqdim qilishga xizmat qilgan;
ingliz tili toponimlari, ularning etimologiyasi, ingliz tili toponimlarining lingvokul`turologik jihatlari, toponimik lug‘atlar borasidagi xulosalaridan “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanalining 2021 yil 19 oktyabrdagi 04-25/1147-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlar ilmiy va amaliy jihatdan boyigan, ijtimoiy xususiyatlari ortgan.