Gadoeva Lobar Ergashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzi va uning zamonaviy etnomodeli: tajribalar, muammolar va echimlar”, 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fal388. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Huseynova Abira Amanovna, falsafa fanlar doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Xajieva Maqsuda Sultonovna, falsafa fanlari doktori, professor; Sodiqova Shoxida Marxabaevna, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzining ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berish va uning zamonaviy etnomodelini yaratishga oid taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
sog‘lom muhitni tashkil qilishda fiziologik ehtiyojlarni qondirish o‘zgaruvchan tashqi muhit sharoitiga moslashuv, hulq-atvor, o‘z-o‘zini himoya qilish tuyg‘ulariga bo‘ysundirilganligi sababli inson salomatligining ruhiyat, psixosomatik jarayonlar bilan bog‘liqligi asoslab berilgan; 
mustahkam oilani shakllantirishda sog‘lom turmush tarzini izdan chiqaradigan kamharakatchanlik, loqaydlik, imkoniyatlar notengligi kabi muammolarning tarixiy-madaniy paradigmasi aniqlanib, ularga echim topishda etnotibbiy va zamonaviy etnomodelning ratsional tafakkur, ongli hayot kechirish hamda  qadriyatlar va an’analarga sodiqlik tamoyillari asoslangan; 
jamiyatda sog‘lom turmush tarzining etnomodelini tatbiq etishda “sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” konsepsiyasi profilaktik chora-tadbirlarining ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, nuroniylar ijtimoiy faolligini oshirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mavqeini mustahkamlash yo‘nalishlarini sog‘lomlashtirish orqali ijtimoiy muhit ta’siridagi destruktiv (o‘zgaruvchanlik) holatni oldini olish zaruriyati falsafiy jihatdan isbotlangan; 
sog‘lom turmush tarziga xos bo‘lgan etnotibbiy madaniyatning gigienik me’yorlashtirish, ratsional ovqatlanish, jismoniy rivojlanish, etnosotsial makon va antropopsixologik g‘oyalarning madaniyat, salomatlikni qadrlash, sabr-toqat, zamonaviy etnotibbiy funksiyalarni belgilovchi ta’lim, ijtimoiy va shaxsiy yuksalish kabi indikatorlarining intellektual salohiyat, atrof-muhitga oqilona munosabat, mutaqil fikr yuritish mezonlarining ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzi va uning zamonaviy etnomodeli: tajribalar, muammolar, echimlarini ijtimoiy-falsafiy tahlili natijasida olingan ilmiy yangiliklardan:
sog‘lom muhitni tashkil qilishda fiziologik ehtiyojlarni qondirish o‘zgaruvchan tashqi muhit sharoitiga moslashuv, hulq-atvor, o‘z-o‘zini himoya qilish tuyg‘ulariga bo‘ysundirilganligi sababli inson salomatligining ruhiyat, psixosomatik jarayonlar bilan bog‘liqligiga oid nazariy xulosa va umumlashmalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markaziningO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 oktyabrdagi PF-6099-son farmoniga muvofiq “Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar dasturining VI bo‘limi ”Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash hamda ijtimoiy sohani  rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari”ning 169-bandi “Kamalak yulduzlari”, “Yilning eng faol yoshlar yetakchisi”, “Yil sardori”, “Talabalar festivali”, ”Sog‘lom turmush tarzi rivojlangan mahalla” tanlovi haftaligi, “Eng yaxshi sport targ‘ibotchisi” ko‘rik tanlovi va musobaqalarni tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining  2021 yil 16 avgustdagi 02/08-969-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda sog‘lom turmush tarzining zamonaviy etnomodeli haqidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllanishi va amaliy xulosalar chiqarishga xizmat qilgan;
mustahkam oilani shakllantirishda sog‘lom turmush tarzini izdan chiqaradigan kamharakatchanlik, loqaydlik, imkoniyatlar notengligi kabi muammolarning tarixiy-madaniy paradigmasi aniqlanib, ularga echim topishda etnotibbiy va zamonaviy etnomodelning ratsional tafakkur, ongli hayot kechirish hamda  qadriyatlar va an’analarga sodiqlik tamoyillariga oid ilmiy yangilik va tavsiyalaridan Republika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazining chora-tadbirlar dasturidagi “Migrant oilalar ham sog‘lom hayot tarzida yashashga haqlimi?” nomli tadbir ssenayrisini tayyorlash va uning ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2021 yil 30 iyuldagi 04-05/361–20-son ma’lumotnomasi). Natijada, migrant oilalarda, shaxslararo munosabatlarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, sog‘lom turmush tarzining zamonaviy etnomodeli funksiyalarini belgilovchi hatti-harakatlar normalari bo‘yicha ilmiy-nazariy, amaliy xulosalar chiqarishga xizmat qilgan;
jamiyatda sog‘lom turmush tarzining etnomodelini tatbiq etishda “sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” konsepsiyasi profilaktik chora-tadbirlarining ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, aholi osoyishtaligini ta’minlash, oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini modernizatsiya qilish, nuroniylar ijtimoiy faolligini oshirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mavqeini mustahkamlash yo‘nalishlarini sog‘lomlashtirish orqali ijtimoiy muhit ta’siridagi destruktiv (o‘zgaruvchanlik) holatni oldini olish zaruriyati oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining 62-12/133-son “Baxtiyor oila – baxtli jamiyat asosi” (2019-2020 yy.) amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining 2021 yil 6 dekabrdagi 18/1-645-son ma’lumotnomasi). Natijada “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining to‘laqonli va samarali joriy etilishiga har tomonlama ko‘maklashishda, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishga xizmat qilgan;
sog‘lom turmush tarziga xos bo‘lgan etnotibbiy madaniyatning gigienik me’yorlashtirish, ratsional ovqatlanish, jismoniy rivojlanish, etnosotsial makon va antropopsixologik g‘oyalarning madaniyat, salomatlikni qadrlash, sabr-toqat va gender tengligi, zamonaviy etnotibbiy funksiyalarni belgilovchi ta’lim, ijtimoiy va shaxsiy yuksalish kabi indikatorlarining intellektual salohiyat, atrof-muhitga oqilona munosabat, mutaqil fikr yuritish mezonlarining ijtimoiy-falsafiy xususiyatlariga oid fikr mulohazalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining yillik reja dasturini shakllantirishda, xususan, “Assalom Buxoro”, “O‘ziga o‘xshaydi o‘zbek” nomli teleko‘rsatuvlarni tashkil etishda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasi 2021 yil 30 martdagi 1/90-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning sog‘lom turmush tarzi, uning etnomodeliga oid zarur bilim va ma’lumotlarni olishiga samarali ta’sir ko‘rsatgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish