Ochilova Nilufar Nomozovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek ilmiy matnida emotsional-ekspressiv mazmun ifodasining diskursiv-pragmatik omillari”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1306.
Ilmiy rahbar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IKfaoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Kisilev Dmitriy Anatol`evich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Majidova Ra’no Urishovna, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek ilmiy matnida ekspressivlikni voqelantiruvchi omil va vositalar majmuasini hamda ularning imkoniyatlarini diskursiv-pragmatik yondashuv nuqtai-nazaridan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
“funksional ilmiy uslub”, “ilmiy matn”, “emotsionallik”, “ekspressivlik”, “nutqiy ta’sir” kabi diskursiv hodisalarning ilmiy matn shakllanishi hamda uning o‘quvchi tomonidan idrok etilishi jarayonida namoyon bo‘ladigan muloqotning kommunikativ maqsadi bilan bog‘liq lingvopragmatik maqomi va matn doirasida yuzaga keladigan mazmuniy bog‘liqlikni hosil qiluvchi o‘zaro munosabati aniqlangan; 
ilmiy muloqotda ekspressivlikning ta’sir mavqeining oshib borishi kommunikativ-pragmatik maqsad bilan bir qatorda, nolisoniy xususiyatdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy omillar bilan bog‘liqligi isbotlangan; 
bevosita va bilvosita muloqot kechish jarayonida voqelanadigan obrazlilik va ekspressivlik hodisasi ilmiy uslub mundarijasining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri ekanligi dalillangan; 
ilmiy matnda ekspressivlik ifodalanishini ta’minlovchi lug‘aviy, grammatik, stilistik lisoniy vositalarning diskursiv xususiyatlari orqali ekspressivlik ifodalanishining dominant vositasi sintaktik sath birliklari ekanligi asoslangan;
uzatilayotgan axborotning adresat tomonidan emotsional va intellektual qabul qilinishini ta’minlash uchun xizmat qiladigan ekspressiv va pragmatik vositalardan foydalanish muloqot matni mazmuniy shakllanishini ta’minlovchi omil sifatida zamonaviy ilmiy diskursning muhim ko‘rsatkichlaridan biri ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek ilmiy matnlarida ekspressivlik kategoriyasining voqelantiruvchi tamoyillar va lisoniy vositalarning diskursiv va lingvopragmatik xususiyatlarini ochib berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
lisoniy birliklarining diskursiv faollashuvi va matn mazmunining ekspressiv qismini shakllantirishdagi ishtirokini aniqlashga doir takliflardan I–204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot–kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” innovatsion loyihasining virtual resurslar yoritishga oid qismida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 16 iyuldagi 1533/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ingliz tili ta’limi tizimini mustahkamlash maqsadida yaratilgan o‘quv usubiy qo‘llanmalar, o‘quv dasturlar tuzishda yangi tahliliy metodlar qo‘llanilgan;
kompyuter lingvistikasiga oid matnlarda emotsional-ekspressiv mazmun ifodalovchi diskursiv-pragmatik omillarning ta’siri va ularning matn mazmunini shakllanishda lisoniy birliklar faollashuvini aniqlashga oid xulosalaridan Erasmus+ dasturi 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” grant loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 31 avgustdagi 1806/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida matnlarga ishlov beruvchi dastur (NLP tool) ni ishlab chiqishda ilmiy matn ekspressivligi haqidagi ma’lumotlar bazasiga kiritish loyiha samaradorligini oshirish hamda ma’lumotlar bazasining elektron resurslarini shakllantirishga erishilgan;
yozma taqdimotlarda ilmiy matnning shakli va uslubi, til vositalarini turli ilmiy uslubga oid birliklar yordamida shakllanadigan tizim sifatida talqin qilish, ilmiy tadqiqotni bajarish jarayonida yozma hisobotning ilmiy matnini shakllantirishda leksik birliklar tanlovi bo‘yicha erishilgan xulosalardan Samarqand veterinariya medisinasi institutida bajarilgan KXA-9-011-2015 “O‘zbekiston sharoitida yirik va mayda shoxli hayvonlarning ichak sestodozlarini diagnostika qilish, davolash va ularga qarshi kurash usullarini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Samarqand veterinariya medisinasi institutining 2022 yil 24 iyundagi 6/745-son ma’lumotnomasi). Natijada, taqdimotlar matnida lisoniy vositalar tanloviga oid ilmiy – uslubiy tavsiyalar namunalari ishlab chiqilgan;
lisoniy vositalarni mavzuga xos ilmiy uslubga moslashtirish, ilmiy matnni yozish jarayonidagi ekspressiv ifoda vositalarining tahlil natijalaridan Samarqand veterinariya medisinasi institutida bajarilgan KXA-218-458 “Qorabayir ot zotini naslini yaxshilash, oziqlantirish, ko‘paytirish va ot sportiga tayyorlash texnologiyasi” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Samarqand veterinariya medisinasi institutining 2022 yil 24 iyundagi 6/744-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha asosida yaratilgan qo‘llanmalar, yozma hisobot va taqdimotlarning matni takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish