Qo‘chqorova Sadoqat Toshpo‘latovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek va fransuz ertaklarida madaniy ramzlarning kommunikativ-pragmatik roli”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil865.
Ilmiy rahbar: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12. 2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muxamadovna, filologiya fanlari doktori, professor; Yakubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va fransuz ertaklarida madaniy ramz sifatida voqelanadigan g‘aroyibot kategoriyasining lingvosemiotik xususiyatlarini va sehr konseptining verballashtiruvchi vositalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olam manzarasining fol`klorga xos kommunikativ, ijtimoiy, lisoniy, madaniy xususiyatlari farqlanib, ularni yuzaga kelishini belgilovchi ertak janriga xos hamda estetik-g‘oyaviy mazmun ifodasi bilan bog‘liq til tizimining turli sathlariga oid lisoniy va ijtimoiy-madaniy xarakterdagi nolisoniy omillar qatori aniqlangan;
leksikografik manbalarga tayangan holda fransuz va o‘zbek tillaridagi g‘aroyibot kategoriyasini namoyon qiluvchi miracle (ajoyib), merveille (g‘aroyib), prodige (mo‘’jiza), magie (sehr) kabi tayanch leksik birliklarning markaziy va ikkinchi darajali xususiyatlarini belgilash tizimi ishlab chiqilgan hamda ularning fransuz va o‘zbek ertaklarida faollashuv darajasi aniqlangan;
o‘zbek va fransuz va ertaklari diskursida g‘aroyibot kategoriyasi ramziy voqelanishining substansiallik, protsessuallik, aksionallik, atributivlik, temporallik xususiyatlarini aks ettiruvchi lingvosemiotik belgilari ajratilib, ularning til tizimi va diskurs tarkibida namoyon bo‘lishini ta’minlovchi matn hosil qiluvchi va mazmun idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi kommunikativ-pragmatik omillar qatori aniqlangan;
o‘zbek va fransuz xalq ertaklari diskursida sehrgarlik va jodu ramziy faoliyatlari bilan bog‘liq xalqona magiya turlari bajaradigan himoyalovchi va ziyon etkazuvchi vazifalarni farqlash bo‘yicha harakat mexanizmlari va atributlarni ajratishga yo‘naltirilgan tavsiya ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va fransuz ertaklarida madaniy ramzlarning kommunikativ-pragmatik roli mavzusi yuzasidan chiqarilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek va fransuz ertaklarida madaniy ramzlarning kommunikativ-pragmatik roli mavzusidagi fransuz va o‘zbek ertaklarining konseptual tahlili natijalaridan Sorbonna Universiteti, Parij Akademiyasi qoshidagi O‘qituvchilarni tayyorlash va ta’lim milliy instituti o‘qituvchilari tomonidan madaniyatlararo muloqot va metodika kurslarida foydalanilgan (Sorbonna Universiteti, Parij Akademiyasi qoshidagi O‘qituvchilarni tayyorlash va ta’lim milliy instituti ilmiy kutubxonasining 2021 yil 24 maydagi 17-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning o‘zbek xalqi va madaniyati xususidagi bilimlari shakllangan, madaniyatlararo muloqotni o‘rgatish metodikasi yuzasidan malaka va ko‘nikmalari takomillashgan;
o‘zbek va fransuz ertaklarida madaniy ramzlarning kommunikativ-pragmatik roli mavzusidagi dissertatsiyaning til hodisalariga lingvosemiotik yondashuv asosida xalq og‘zaki ijodining ramzlilik xususiyatiga oid tahliliy va nazariy xulosalardan 2018-2020 yillarda amalga oshirilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasining resurslar yaratishga oid qismida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 25 iyundagi 1165/30.0201-son ma’lumotnomasi). Natijada, xorijiy til o‘qituvchilarining til nazariy asoslariga doir bilimlarini oshirish hamda fransuz tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish bo‘yicha yangi yondashuvlarga erishilgan;
olamning fol`klorga oid manzarasi va uni qardosh bo‘lmagan xalqlar og‘zaki nasrida namoyon bo‘lish jihatlari, jumladan, o‘zbek va fransuz fol`klorida madaniy ramzlarga xos kognitiv, milliy-madaniy xususiyatlari tahliliga oid xulosalardan 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan “Evropa ittifoqining ERASMUS+ dasturi 561624 EPP-1-2015-1-UK-EPPKA 2CBHESP IMEP: “Internationalization and Modernization of Education and Processes in the Higher Education of Uzbekistan” nomli loyihasining ta’limni zamonaviylashtirishga oid qismida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 25 iyundagi 1166/30.0201-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarda kasbiy mahoratni oshirish hamda ularning kommunikativ va pedagogik qobiliyatlarini rivojlantirishga erishilgan;
o‘zbek ertaklaridagi madaniy ramzlarning kelib chiqishi, ularga xos kognitiv va milliy-madaniy xususiyatlar borasidagi xulosalaridan Samarqand viloyat hokimligi, Samarqand viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi hamda Samarqand davlat chet tillar instituti hamkorligida 2021 yil martdan 2021 yil avgustgacha amalga oshirilgan “Audio ertaklar” nomli innovatsion ilmiy ishlanma loyihasida foydalanilgan (Samarqand viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2021 yil 7 sentyabrdagi 02-08/20-1206-son ma’lumotnomasi). Natijada audio kitob shaklida chiqarilgan o‘zbek ertaklarining fransuz tiliga tarjimasi mazmuniy samaradorligi oshgan.