Jabbarova Iqbol Xo‘jamuratovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Qashqadaryo vohasida yangi erlarning o‘zlashtirilishi va sug‘orish tizimi tarixi (XX asrning 50-80 yillari misolida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tar534.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Komilov Oybek Komilovich, tarix fanlari doktori, professor; Qobulov Eshbolta Atamuradovich , tarix fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning 50-80-yillarida Qashqadaryo vohasida yangi erlarning o‘zlashtirilishi va sug‘orish tizimi tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
O‘zbekistonda yangi sug‘orilish tizimi barpo etilib, erdan foydalanish imkoniyati kengayib borgan bo‘lsada, sovet hokimiyatining paxta yakkahokimligini o‘rnatishga qaratilgan ikkiyoqlama siyosati tufayli katta er maydonlarining meliorativ holati yomonlashib, yaroqsiz holga kelib qolganligi hududda ekologik muvozanatning buzilishiga sabab bo‘lganligi dalillangan; 
1950-1980-yillarda Qashqadaryo vohasida irrigatsiya inshootlarining qurilish tadbirlari davomida mahalliy hokimiyat organlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan paxta maydonlarini kengaytirish maqsadida yangi erlarni o‘zlashtirishni sun’iy ko‘paytirishning sotsialistik mafkurasi, o‘tkazilgan sotsialistik musobaqalar, aholini ijtimoiy ahvolining inobatga olinmasligi, suv resurslaridan oqilona foydalanmaslik, erlarning sho‘rlanishi va me’yoridan oshiq sun’iy sug‘orish kabi kamchiliklar ta’sirida yangi o‘zlashtirilgan erlarning tezda iste’moldan chiqqanligi dalillangan; 
sovet davlatining kadrlar masalasiga bir tomonlama yondashuvi natijasida zaruriy bilim va malakalarga ega bo‘lmagan kadrlar sonining ekstensiv oshib borishi suv xo‘jaligi sohasidagi muammolarning kuchayishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa-da, imkon qadar ekin maydonlariga ko‘proq suv chiqarish maqsadida Eskianhor kanalini qayta tashkil qilish, Amudaryodan Qarshi bosh kanali orqali suv keltirish, Chimqo‘rg‘on, Pachkamar, Tallimarjon, Hisorak suv omborlari qurilishi tadbirlariga ahamiyat qaratilganligi voha sug‘orish tizimi rivojida muhim tarixiy voqea bo‘lganligi aniqlangan;
Qashqadaryo daryosining o‘rta va quyi oqimidagi yangi erlarni o‘zlashtirish va sug‘orish borasidagi tadbirlar viloyatda o‘zlashtirilgan yangi er maydonlarining ortishiga, respublikaning aholi zich joylashgan hududlaridan oilalarni vohaga ko‘chirib keltirilishiga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishga ixtisoslashgan yangi sovxozlar tashkil etilishiga asos bo‘lganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1950-1980-yillar davriy chegarasida Qashqadaryo vohasida yangi erlarni o‘zlashtirilishi va sug‘orish tizimi tarixiga oid Qashqadaryo vohasida yangi erlarni o‘zlashtirilishi va sug‘orish tizimi tarixini ishlab chiqilgan ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalar asosida:
Qarshi cho‘lining o‘zlashtirilishi va sug‘orish tizimi tarixi (XX asrning 50-80 yillari misolida) mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va tavsiyalar asosida Qarshi cho‘lini o‘zlashtirish va sug‘orish ishlarining yanada kuchayib borganligi, ularning ijobiy va salbiy oqibatlari, mutaxassis kadrlarga bo‘lgan ehtiyojning ortishi va shu bilan birga 80-yillar o‘rtalaridan o‘z sohasining zaruriy bilim va malakalariga ega bo‘lmagan “diplomli” kadrlarning soni ekstensiv oshganligi to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi muzey fondini ma’lumotlar bilan boyitishga ko‘maklashgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 9 dekabrdagi 03/27-3587-son ma’lumotnomasi). Bu esa irrigatsiya va melioratsiya sohasining mutaxassislari, yosh dehqon-fermerlar, suvchilarda Qashqadaryo vohasida yangi erlarning o‘zlashtirilishi va sug‘orish tizimi tarixi haqida muayyan darajada tasavvur uyg‘otishga xizmat qilgan;
sovet hokimiyatining paxta yakkahokimligi siyosati asosida Qashqadaryodagi irrigatsiya tizimida sug‘orish ishlarining yanada kuchayib borganligi to‘g‘risidagi tadqiqotning nazariy xulosalari hamda birlamchi manbalardagi ma’lumotlar ilmiy muomalaga kiritilgan. Qashqadaryo vohasida irrigatsiya inshootlarining qurilishi tadbirlari davomida yo‘l qo‘yilgan xatoliklar (paxta maydonlarini kengaytirish maqsadida yangi erlarni o‘zlashtirishning keskin sun’iy ravishda ko‘paytirish maqsadida targ‘ibot-tashviqot, rejalashtirish, monitoring qilish, sotsialistik musobaqa) va kamchiliklar (qisqa fursatda keng qamrovli qurilish ishlarini olib borish) ta’sirida erlarning me’yoridan ortiq sho‘rlanishi, yaroqsiz holga kelishi kabi ilmiy natijalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston tarixi kanali tomonidan 2021 yil 9 aprelda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston tarixi teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2021 yil 9 apreldagi 02-40-528-son ma’lumotnomasi). Bu esa barkamol avlod ongi-shuurini O‘zbekistonda yangi erlarni o‘zlashtirish va sug‘orish tizimi tarixiga oid tarixiy ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish