Jo‘raev Diyor Turdiqulovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bug‘doyning abiotik omillarga bardoshli, qimmatli xo‘jalik belgilariga ega navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy qilish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Qx142.
Ilmiy maslahatchi: Amanov Amir, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02 (bir martalik ilmiy kengash).
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: kuzgi bug‘doyning «Shams» navi (NAR 00184), «Shukrona» navi (NAR 00287), «G‘allakor» navi (NAR 00290), «Mingchinor» navi (NAR 00176). O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2021 yil 3 noyabrdagi 01-11/2745-son xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi jahon genofondidan turli ekologik-geografik guruhlarga mansub nav va namunalari asosida bug‘doyning abiotik omillarga bardoshli, qimmatli xo‘jalik belgilarini o‘zida mujassamlashtirgan, hosildor, don sifati yuqori bug‘doy navlarini yaratish va joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor janub mintaqalari sharoitida xalqaro IKARDA, SIMMIT tashkilotlaridan keltirilgan jahon genofondida saqlanayotgan bug‘doy navlarini qurg‘oqchilikka, issiqlikka, garmselga chidamlilik xususiyatlari aniqlangan;
issiqlik va qurg‘oqchilikkagarmselga hamdakasallikga bardoshli, qimmatli xo‘jalik belgilariga ega, hosildor va don sifati yuqori bo‘lgan yumshoq bug‘doyning Shams, Shukrona, G‘allakor navlari, qattiq bug‘doyning Mingchinor navi yaratilgan;
genetik kelib chiqishi uzoq bo‘lgan mahalliy va xorijdan keltirilgan ota-ona shakllarni tanlash, duragaylash, duragay avlodlarda qimmatli-xo‘jalik belgilarini fenotipik yuzaga chiqishi hamda belgi va xususiyatlarning irsiylanish qonuniyatlari aniqlangan;
abiotik omillarga chidamli hamda hosildor, yuqori don sifatini o‘zida mujassamlashtirgan turli noqulay sharoitlarga chidamli bo‘lgan seleksion ashyolar yaratilgan;
yangi yaratilgan yumshoq bug‘doyning « Shams », «Shukrona», «G‘allakor» va qattiq bug‘doyning «Mingchinor» navlarining birlamchi urug‘chiligi tashkil etilgan va ishlab chiqarishga joriy qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning sug‘oriladigan va lalmikor maydonlari sharoitida bug‘doy uchun boshlang‘ich manba va yangi navlar yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida:
cug‘oriladigan maydonlar uchun yumshoq bug‘doyning qurg‘oqchilikka, issiqlikka, garmselga chidamli, suvsizlik bardoshli, don sifat ko‘rsatkichlari yuqori hamda hosildor bo‘lgan yumshoq bug‘doyning “Shams” va “Shukrona” navlari, lalmikor maydonlar uchun yumshoq bug‘doyning “G‘allakor” va qattiq bug‘doyning “Minchinor” navlari yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentoigining 2021 yil, 3-noyabrdagi 01-11/2745-son dalolatnomasi). Natijada yangi yaratilgan yumshoq bug‘doyning Shams (NAP 00184), Shukrona (NAP 00287) va G‘allakor (NAP 00290) navlariga hamda qattiq bug‘doyning Mingchinor (NAP 00176) naviga mualliflik guvohnomalari olingan;
2009-2020 yillarda tadqiqotchi D.Jo‘raevning hammuallifligida yaratilgan tashqi muhit omillariga va suvsizlikka chidamli hamda yuqori hosildor bo‘lgan, sug‘oriladigan maydonlar uchun yumshoq bug‘doyning “Shukrona” navi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining Qarshi agrouchastkasi bo‘limida 106,5 gektar, Qamashi agrouchastkasi bo‘limidagi lalmikor maydonlarda yumshoq bug‘doyning “G‘allakor” navi 130 gektar maydonga hamda 2016-2020 yillarda qattiq bug‘doyning “Mingchinor” navi 160 gektar va yumshoq bug‘doyning “Shams” navi 150 gektar maydonga hamda 2019-2020 yillar hosili uchun Chiroqchi tumanining sug‘oriladigan maydonlarida yumshoq bug‘doyning “Shams” navi 20 gektar, lalmikor maydonlarda yumshoq bug‘doyning “G‘allakor” navi 118 gektar hamda qattiq bug‘doyning “Mingchinor” navi 55 gektar, yumshoq bug‘doyning “Shams” navi Yakkabog‘ tumanida 76 gektar, Mirishkor tumanida 64 gektar, Kasbi tumanida 121 gektar, Qamashi tumanida 22 gektar va G‘uzor tumanida 95 gektar maydonlarda ekilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi 02/021-4048-son ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan bug‘doy navlari Qashqadaryo viloyatining 1120,5 gektar maydonida joriy qilingan;
2019-2020 yillarda Samarqand viloyatining Qushrabot tumanidagi “Haytonbuloq uzumlari” fermer xo‘jaligida 27 gektar, Moyli kamar fermer xo‘jaligida 30 gektar, Jo‘sh ota fermer xo‘jaligida 30 gektar, jami 87 gektar maydonlarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi 02/021-4048-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi yaratilgan yumshoq va qattiq bug‘doy navlarining Samarqand viloyati tuproq iqlim sharoitida ham yuqori hosildorlikni namoyon etishi kuzatilgan;
yumshoq bug‘doyning “Shams” navi sug‘oriladigan maydonlarda ekilganda 55-75 s/ga, “Shukrona” navi 75-80 s/ga, lalmikor maydonlarda yumshoq bug‘doyning “G‘allakor” navi 20,7-21,4 s/ga, qattiq bug‘doyning “Mingchinor” navi 16,5-18,1 s/ga gacha bo‘lgan yuqori hosildorlikni namoyon qilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi 02/021-4048-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat kesimida ekilayotgan mavjud navlarga nisbatan 4,7-11,3 s/ga gacha ko‘proq hosil olingan;
qimmatbaho xo‘jalik belgi va xususiyatlariga ega, tashqi muhitning abiotik va biotik omillarga chidamli, suvni kam talab qiluvchi, yuqori hosildor, don sifati yuqori bo‘lgan yumshoq bug‘doyning sug‘oriladigan maydonlar uchun “Shams” va “Shukrona” navlari hamda lalmikor maydonlar uchun yumshoq bug‘doyning “G‘allakor” va qattiq bug‘doyning “Mingchinor” navlarini 2017-2020 yillarda qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishga tadbiq etish orqali Respublikamizdagi agroklaster va fermer xo‘jaliklarida yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi 02/021-4048-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi yaratilgan navlarning rentabellik darajasi 20,3-74,5 foizni tashkil etgan.