Astanov Otabek Mirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tish qatorlari nuqsoni bilan bog‘liq chakka – pastki jag‘ bo‘g‘imi og‘riqli sindromini davolashni takomillashtirish”, 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib 2132.
Ilmiy rahbar: Gaffarov Sunnatullo Amrulloevich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, Baymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sank - Peterburg davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tish qatorlari nuqsoni bilan bog‘liq chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi patologiyalarida bemorlarda og‘riqli sindromni davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qiyoslashda yuz-jag‘ sohasi to‘qimalarida kuzatilishi mumkin bo‘lgan simptomlarni inobatga olgan holda, chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi faoliyat buzilishlarini tashxislash va klinik tashxis mezonlari aniqlangan;
chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi faoliyat buzilishlarida yuz-jag‘ sohasidagi neyromushak to‘qimalar salbiy o‘zgarishlariga klinik jihatidan faoliyat buzilishlariga baho berishda etiopatogenik mezonlar bilan tashxislash va davolash asoslangan.
chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi faoliyat buzilishlariga tashxis kuyishda, klinik-tashxis sinamalari, tibbiy- ijtimoiy ma’lumotlaridan foydalanish, shuningdek instrumental va paraklinik uskunalardan birgalikda foydalanish samarali ekanligi asoslangan;
chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi faoliyat buzilish sindromlari bilan og‘rigan bemorlarga tashxis qo‘yish va davolash metodologiyasining samaradorligi stomatologlar, nevropatologlar bilan birgalikda bo‘g‘imlarning, yuzning nerv-mushak majmuasi va bemorning xarakteridagi simptomatik alomatlar va sindromlarni hisobga olishga asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tish qatorlari nuqsoni bilan bog‘liq chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi og‘riqli sindromini davolashni takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqot natijalari asosida:
bemorlarda chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi faoliyatidagi og‘riqli sindromlarga kompleks davolash usullaridan olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Chakka – pastki jag‘ bo‘g‘imi faoliyati buzilishidagi og‘riqli simptomlarini kompleks davolash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 oktyabrdagi 8n-r/968-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi bo‘g‘im faoliyati og‘riqli sindromiga kompleks davolash usullari samaradorligini ochib berish imkonini bergan;
bemorlarda tish qatorlari nuqsonlari bilan bog‘liq chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi faoliyatidagi og‘riqli sindromlarni tashxislashda qo‘llanilgan klinik, funksional tekshirish usullaridan olingan ijobiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Tish qatori va chaynov yuzasi nuqsonlari asoratidan shakllangan chakka – pastki jag‘ bo‘g‘imi faoliyatidagi og‘riqli sindromlarga tashxis qo‘yishni mukammallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 noyabrdagi 8n-r/1035-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi bo‘g‘im faoliyati og‘riqli sindromini tashxislash, individual yondashuvning qo‘llanilishi bizga boshqa mutaxassislar va zamonaviy uskunaviy moslamalarni jalb qilmasdan, ambulator-poliklinikalar sharoitida tez tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini bergan;
Tish qatorlari nuqsoni bilan bog‘liqchakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi bo‘g‘im faoliyati buzilishidagi og‘riq sindromini davolashni takomillashtirishga qaratilgan zamonaviy kompleks yondashuvlari asosida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan G‘ijduvon tuman, Kogon tuman, Romitan tuman, Peshku tuman, Olot tuman, Vobkent tuman stomatologiya poliklinikalari klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 noyabrdagi 8n-z/503-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq qilinishi tish qatori nuqsonlari asoratidan shakllangan va rivojlangan chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi bo‘g‘im faoliyati buzilish sindromida tashxis qo‘yish, davolash va profilaktika qilish, ularning oqibatlarini kamaytirish, ortopedik davolashda aholi orasida kasallikning kamayishiga olib keladi, sifatli tibbiy-ijtimoiy bog‘liqlikdagi mutaxassislar orasida kasbiy bog‘liqlikni shakllantirgan.