Mirzaraximova Zulfiya Xusanxodjaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak ishemik kasalligi fonida qandli diabet 2-turi bilan og‘rigan bemorlarda miokard elektr beqarorlik shakllanishida glikemiya o‘zgaruvchanlikning ahamiyati», 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1141.
Ilmiy rahbar: Raximova Gul`nora Nishanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc 04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Najmitdinova Dilorom Kamaritdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alimov Doniyar Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 2-tur QD va yurak ishemik kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda glikemiyaning sutkalik tebranishlarining miokardning elektr beqarorligiga ta’sirini gipoglikemik terapiyaga ko‘ra bir bosqichli kunlik glyukokardiomonitoring yordamida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
glikirlangan gemoglobinning yuqori darajasi uzoq vaqt davom etayotgan qandli diabet, arterial gipertenziya, ateroskleroz jarayonlarining og‘irligi, dissirkulyator ensefalopatiya va surunkali buyrak kasalligi kabi omillarga bog‘liqligi aniqlangan; 
uzoq muddatli uglevod miqdori o‘zgarishini kuzatish orqali yurak ishemik kasalliklari va 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarning faqat 49,4% optimal terapevtik diapazonda (TiR> 70%) joylashishi isbotlangan;
koptokcha fil`tratsiya tezligi, kasallik davomiyligi, bemorning yoshi, shuningdek qandli diabet bo‘yicha irsiyatdan iborat bo‘lgan glikemik variabellikning asosiy xavf omillari aniqlangan;
2-tur qandli diabetdagi yurak  ritmi buzilishining bemorning yoshi, sul`fonilmochevina preparatlarini qabul qilish, ikki yoki undan ortiq dorilar kombinatsiyasi, qandli diabetning  davomiyligi, irsiy qandli diabet bo‘yicha og‘ir irsiy anamnezning mavjudligidan iborat bo‘lgang asosiy xavf omillari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yurak ishemik kasalligi  fonida qandli diabet 2-turi bilan og‘rigan bemorlarda miokard elektr beqarorlik shakllanishida glikemiya o‘zgaruvchanlikning ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qandli diabetning 2-turi bilan og‘rigan bemorlarda glikemik nazoratni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "2-Tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda glikemik nazoratni optimallashtirish imkoniyatlari" mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 iyundagi 8n-r/509-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi  2 tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda yurak qon tomir kasalliklari, xususan yurak ritmi buzilishlarini bilan birga kelganda glikemiyani erta tashxislash va uni nazorat qilishni va xavf omillarni erta aniqlash   imkonini bergan;
yurak ishemik kasalligi va 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda yurak ritmi buzilishining diagnostikasi va davolashni optmallashtirish natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qarshi filiali va Toshkent shahar Shayxontohur tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 iyundagi 8n-r/509-son va 2022 yil 28 martdagi 08-09/8306-son ma’lumotnomalari). Olingan ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etilishi yurak ritmi buzilishi va tez-tez uchraydigan gipoglikemiya bilan og‘rigan bemorlarning xavf guruhini keng miqyosda aniqlashga imkon bergan.  

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish