Obilov Mirkomil Rashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda aholi moliyaviy savodxonligi darajasini oshirish», 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiy fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt818.
Ilmiy rahbar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Suyun Artikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Xolmatov Baxtiyor Abdumutalovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda aholi moliyaviy savodxonligi darajasini oshirish yuzasidan ilmiy va amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi moliyaviy savodxonligi omillarini vertikal differensiatsiyalash orqali ular ta’sirining yuqori qiymatiga erishishning nazariy asoslari aniqlanib, moliyaviy savodxonlikka alohida shaxs, hudud va milliy darajalarda ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni umumlashgan holda namoyon etuvchi ko‘rsatkichlarni mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini baholash reyting ko‘rsatkichlari tarkibiga kiritish taklifi asoslangan;
moliyaviy savodxonlikning bevosita va bilvosita tavsifdagi shart-sharoit va omillar ta’sirida shakllanishi institutsional nazariya jihatidan asoslanib, moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishda mamlakatdagi iqtisodiy ta’lim darajasi, moliyaviy infratuzilmaning mavjudligi va rivojlanganlik darajasi, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rsatkichlarini qo‘llash taklif etilgan;
aholi moliyaviy savodxonligi kompetensiyalarining yaxlit dasturini shakllantirish orqali uning turli guruhlari qamroviga yo‘naltirilgan moliyaviy savodxonlik dasturlaridagi bilim va ko‘nikmalarning to‘liqligi va yangilanib borishini ta’minlash, guruhlarga ixtisoslashuv natijasida bilimlar uzviyligida paydo bo‘luvchi “oraliq uzilishlar” ning oldini olish asoslangan;
moliyaviy savodxonlikni baholash majmuaviylik darajasini oshirishda jahon amaliyotida qo‘llaniluvchi miqdoriy yondashuv fuqarolarning moliyaviy tafakkurlashi, oila byudjetini rejalashtirishi, shaxsiy moliyadan foydalanishi kabi kvalitativ tavsiflarni uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilib, ularni “mahallabay” ishlash tizimidagi kvalitativ axborotlar manbasiga kiritish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda aholi moliyaviy savodxonligi darajasini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
aholi moliyaviy savodxonligi omillarini vertikal differensiatsiyalash orqali ular ta’sirining yuqori qiymatiga erishishning nazariy asoslarini aniqlash vositasida moliyaviy savodxonlikka alohida shaxs, hudud va milliy darajalarda ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni umumlashgan holda namoyon etuvchi ko‘rsatkichlarni mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini baholash reyting ko‘rsatkichlari tarkibiga kiritish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PF-6207-son “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 7 martdagi SK 0441-son hamda Agrobank aksionerlik tijorat bankining 2021 yil 19 noyabrdagi 04/01-10/164-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimiz hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini baholash reyting ko‘rsatkichlari tarkibini aholi moliyaviy savodxonligini oshirish jihatidan to‘ldirish va takomillashtirish imkoni yaratilgan;
moliyaviy savodxonlikning bevosita va bilvosita tavsifdagi shart-sharoit va omillar ta’sirida shakllanishini institutsional nazariya jihatidan asoslash orqali moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishda mamlakatdagi iqtisodiy ta’lim darajasi, moliyaviy infratuzilmaning mavjudligi va rivojlanganlik darajasi, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rsatkichlarini qo‘llash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PF-6207-son “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 7 martdagi SK 0441-son hamda Agrobank aksionerlik tijorat bankining 2021 yil 19 noyabrdagi 04/01-10/164-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizda aholi moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlarini bilvosita tavsifdagi shart-sharoit va omillarni hisobiga kengaytirish imkoni yaratilgan;
aholi moliyaviy savodxonligi kompetensiyalarining yaxlit dasturini shakllantirish orqali uning turli guruhlari qamroviga yo‘naltirilgan moliyaviy savodxonlik dasturlaridagi bilim va ko‘nikmalarning to‘liqligi va yangilanib borishini ta’minlash, guruhlarga ixtisoslashuv natijasida bilimlar uzviyligida paydo bo‘luvchi “oraliq uzilishlar” ning oldini olish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PF-6207-son “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 7 martdagi SK 0441-son hamda Agrobank aksionerlik tijorat bankining 2021 yil 19 noyabrdagi 04/01-10/164-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizda aholi moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha dasturlarning samaradorligi va uzviyligini ta’minlash imkoni yaratilgan;
moliyaviy savodxonlikni baholash majmuaviylik darajasini oshirishda jahon amaliyotida qo‘llaniluvchi miqdoriy yondashuv fuqarolarning moliyaviy tafakkurlashi, oila byudjetini rejalashtirishi, shaxsiy moliyadan foydalanishi kabi kvalitativ tavsiflarni uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilib, ularni “mahallabay” ishlash tizimidagi kvalitativ axborotlar manbasiga kiritish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PF-6207-son “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 7 martdagi SK 0441-son hamda Agrobank aksionerlik tijorat bankining 2021 yil 19 noyabrdagi 04/01-10/164-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizda aholi moliyaviy savodxonligi darajasini “mahallabay” ishlash tizimi orqali olinadigan davriy ma’lumotlar yordamida baholab borish imkoni yaratilgan.