Buzrukxonov Sarvarxon Munavarxonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida oliy ta’limni moliyalashtirishni takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Iqt238.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01
Rasmiy opponentlar: Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida oliy ta’limni moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
holda bazaviy to‘lov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan to‘lov kontrakt minimal miqdorining yagona ko‘rsatkichlarini ta’lim sohalari bo‘yicha belgilash taklif etilgan;
moliyalashtirishning samarali va shaffof mexanizmlarini joriy etish, hamda o‘z xarajatlarini qoplash darajasidan kelib chiqib bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlarini bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining uch baravaridan oshmagan miqdorda mustaqil belgilash asoslangan;
grantlar, qarzlar (kreditlar), soliq engilliklari ko‘rinishidagi savatchasini oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy va akademik mustaqillikni joriy etib borish sharoitida qo‘llash taklif etilgan;
yangi byudjetlashtirish vositalarini joriy etish maqsadida oliy ta’lim muassasasi tomonidan moliya yili uchun biznes-rejasini tasdiqlash va uni tarkibiy tuzilishi, shuningdek oliy ta’lim muassasasida maqsadli kapital jamg‘armasini (endaument fond) shakllantirish taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarini davlat ulushining 51 foizdan kam bo‘lmagan qismini saqlab qolgan holda aksioner jamiyatlariga aylantirish orqali davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ularda korporativ boshqaruv tamoyillarini va moliyalashtirishning bozor mexanizmlarini joriy etish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida oliy ta’limni moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Oliy ta’lim muassasalarining nufuzi va hududiy joylashuvini hisobga olgan holda bazaviy to‘lov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan to‘lov kontrakt minimal miqdorining yagona ko‘rsatkichlarini ta’lim sohalari bo‘yicha belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi “2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” gi PQ-4359-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 5 noyabrdagi 05/12-01-01-32/1887-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassassalarida tabaqalashtirilgan to‘lov kontrakt miqdorlarini belgilash amaliyoti joriy etilib, yoshlarni oliy ta’lim olishlariga keng imkoniyatlar yaratildi hamda buning evaziga oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashga erishilgan;
Oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, mehnatga haq to‘lash tizimini takomillashtirish, moliyalashtirishning samarali va shaffof mexanizmlarini joriy etish, hamda o‘z xarajatlarini qoplash darajasidan kelib chiqib bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5847-son Farmoni 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini ta’minlash, moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash 6-§ da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 5 noyabrdagi №05/12-01-01-32/1887-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilgan oliy ta’lim muassassalarida o‘qitishning real xarajatlaridan kelib chiqib, to‘lov-kontrakt hamda mehnatga haq to‘lash miqdorlarini mustaqil belgilash imkoniyati yaratilgan;
Grantlar, qarzlar (kreditlar), soliq engilliklari ko‘rinishidagi savatchasini oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy va akademik mustaqillikni joriy etib borish sharoitida qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish to‘g‘risida” 967-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 5 noyabrdagi №05/12-01-01-32/1887-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari moliyaviy ta’minotining manbaalari ko‘payishi hisobiga, ularning imkoniyatlari kengaygan;
Yangi byudjetlashtirish vositalarini joriy etish maqsadida oliy ta’lim muassasasi tomonidan moliya yili uchun biznes-rejasini tasdiqlash va uni tarkibiy tuzilishi (asosiy faoliyati ko‘rsatkichlari jumladan, muassasada kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etishning maqsadlari, rejalashtirilayotgan natijalari va tahlili hamda daromadlar va xarajatlar parametrlarini tasdiqlash), shuningdek oliy ta’lim muassasasida maqsadli kapital jamg‘armasini (endaument fond) shakllantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish to‘g‘risida” 967-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 5 noyabrdagi №05/12-01-01-32/1887-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari faoliyatini moddiy jihatdan qo‘llab-qo‘vvatlash uchun maqsadli moliyaviy rejalashtirish hamda qo‘shimcha moliyaviy ta’minot manbasi hisobiga ta’lim sifatini oshirish imkoniyati yaratilgan;
Oliy ta’lim muassasalarini davlat ulushining 51 foizdan kam bo‘lmagan qismini saqlab qolgan holda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ularda korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5847-son Farmoni 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ning Oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish 7-§, g) bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 5 noyabrdagi №05/12-01-01-32/1887-son ma’lumotnomasi). Natijada Oliy ta’lim muassasalarini bosqichma bosqich davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ularda korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish hamda haqiqiy raqobat muhitini yaratish imkoniyatini bergan.