Yusupov Alisher Berdiyor o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «N(O, S)-saqlagan ba’zi geterohalqali mono- va dikarbon kislotalar qatori amidlarining sintezi», 02.00.03 – Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/K417.
Ilmiy rahbar: Vinogradova Valentina Ivanovna, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.09.2020.K.82.02.
Rasmiy opponentlar: Abdushukurov Anvar Kabirovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kuryazov Rustam, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi kislota mono- va diamidlari sintezining maqbul usullarini ishlab chiqish hamda gomoveratrilamin va geterohalqali kislotalar asosida yangi birikmalarni sintez qilish hamda ularning fizik-kimyoviy va biologik xossalarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor imidazol, benzoksazol, sitizin, ditiolan, piridin halqalari saqlagan geterohalqali bir va ikki asosli karbon kislotalarning gomoveratrilamin bilan reaksiyalari amalga oshirilgan hamda jarayonlarning borishiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan;
amidlanish usullari (termik, mikroto‘lqin va ul`tratovushli) taqqoslangan, borat kislota, mis (I) xlorid, TEOS larning katalitik xossalari va ularning gomoveratrilaminni geterokislotalar bilan amidlanish reaksiyalaridagi ahamiyati asoslangan;
mikroto‘lqin ta’sirida amidlanish reaksiya vaqtining qisqartirishi (1-15 daqiqa), xona haroratida ul`tratovush ishtirokidagi amidlanishda esa karboksil guruhni faollash uchun 20 mol`-% borat kislota eng samarali ekanligi isbotlangan;
3-(2-tioksobenzo[d]oksazol) propan kislotaning amidlanishida oltingugurt atomi azotga oson almashinib karbon kislota gidrazoni hosil qilishi, 3-[1-(2-gidroksietil)-1N-imidazol-4-il] propan kislotaning termik amidlanish jarayonida degidratlanish ham aniqlangan;
reaksiya mahsulotlari unumining karboksil guruh holatiga bog‘liqligi ya’ni karboksil guruhining alkil zanjirida bo‘lishi mahsulot hosil bo‘lishiga ijobiy ta’sir etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mono- va dikarbon kislotalar hamda gomoveratrilamindan geterohalqali amidlar sintezi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan dipikolin va xinolin kislota amidlari “Integra DD” MChJ shaklidagi QKda in’eksiya uchun suv tarkibidagi og‘ir metallar ionlarini aniqlashda amaliyotga joriy etilgan (“Integra DD” MChJning 2021 yil 27 oktyabrdagi 241-son ma’lumotnomasi). Natijada, dikarboksamidlarning metallarni ekstraksiyalash ko‘rsatkichi standart eritmaga nisbatan mos ravishda 5 va 7% ni tashkil etgan va in’eksiya uchun suv tarkibidan metall ionlarini yuqori aniqlik bilan nazorat qilish imkonini bergan;
sintez qilingan 3,4-dimetoksifenetilamin-siprofloksatsilamid “Integra DD” MChJ shaklidagi QKda suv tarkibidagi Escherichia coli (gramm(-)bakteriya)sini ingibirlashda amaliyotga joriy etilgan (“Integra DD” MChJ qo‘shma korxonasining 2021 yil 27 oktyabrdagi 240-son ma’lumotnomasi). Natijada, patogen mikroorganizmlarga nisbatan antibakterial vosita sifatida qo‘llash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish