Xamitova Firuza Artikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda odontogen osteomielitni davolashni takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1564.
Ilmiy rahbar: Inoyatov Amrillo Shodievich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSs/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01
Rasmiy opponentlar: Murtazaev Saidmurodxon Saida’loevich tibbiyot fanlari doktori; Panin Andrey Mixaylovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Toshkent davlat pediatriya instituti»
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda trombotsitlarga boy plazmani maxalliy qo‘llash yordamida jag‘larning odontogen osteomieliti va uning flegmonali asoratlarini kompleks davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda yuz-jag‘ soxasining flegmonasini davolashda trombotsitlarga boy autoplazmadan mahalliy foydalanish bilan kasallikning xususiyatlarini va yallig‘lanish jarayonining dinamikasini ob’ektiv ko‘rsatadigan klinik va laboratoriya mezonlarini asosida isbotlangan;
qandli diabet fonida odontogen flegmona bilan kasallangan bemorlarda jarohatdagi regenerativ-degenerativ jarayonlar dinamikasi bo‘yicha trombotsitlar bilan boyitilgan autoplazmani mahalliy qo‘llash mikrobiologik, sitologik tadqiqotlar asosida  samaradorligi isbotlangan;
qandli diabet fonida odontogen osteomielit va uning flegmonali asoratlarini bilan og‘rigan bemorlarni trombotsitlar bilan boyitilgan autoplazmadan mahalliy foydalanish, yiringli o‘choqning patogen grammusbat kokklar va grammanfiy bakteriyalarga bakterisid ta’sir qilib, mikrobiologik samaradorligi aniqlangan;
qandli diabet fonida odontogen osteomielit va uning flegmonali asoratlarini bilan og‘rigan bemorlarni trombotsitlar bilan boyitilgan autoplazmadan mahalliy foydalanish davolashning optimal usuli sifatida tatbiq etilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda odontogen osteomielit va uning flegmonali asoratlarini  davolashni takomillashtirish  bo‘yicha  olingan ilmiy natijalar asosida;
qandli diabet fonida yuz-jag‘ sohasi flegmonalarini bilan kasallangan bemorlarni tashhislash va davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Qandli diabet fonida yuz-jag‘ sohasi flegmonalarini bilan kasallangan bemorlarni tashhislash va davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 oktyabrdagi 8n-d/934-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma qandli diabet fonida yuz-jag‘ sohasi flegmonalarini tashhislash asosida  kompleks davolash usullari samaradorligini isbotlab bergan;
qandli diabet fonida yuz-jag‘ sohasi flegmonalari bilan kasallangan bemorlarni  tekshirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Qandli diabet fonida yuz-jag‘ sohasi flegmonalari bilan kasallangan bemorlarda tekshirish usullarini olib borish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 oktyabrdagi 8n-d/933 ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanomada qandli diabet fonida yuz-jag‘ sohasi flegmonasi bilan kasallangan bemorlarni erta tashhislash imkoniyati va shu tashhislar asosida davolash usulini tanlash imkoniyatini yaratgan;
qandli diabet fonida yuz-jag‘ sohasi flegmonalari bilan kasallangan bemorlardan olingan kliniko-biokimyoviy va mikrobiologik  natijalar asosida tashxislash va kompleks davolash usullari bo‘yicha tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan Vobkent, Romitan, Peshku tuman va Samarqand shahar tibbiyot birlashmalari, Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi, Buxoro viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 8 yanvardagi 8n-z/10-son ma’lumotnomasi). Ushbu kiritilgan tadqiqot natijalari asosida yuz-jag‘ sohasida yallig‘lanish kasalliklari bor bemorlarni erta tashxislab, komplesks davolash usullari yordamida davolash uslubi va asoratlarni oldini olish, bemorlarni statsionarda yotib davolash muddatini qisqartirish hisobidagi ekonomik samaradorligi isbotini topishga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish