Nosirxo‘jaev Sardor Qodirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Emiruvchi muhit ta’sirida rangli metallurgiya eritish pechlarining o‘tga chidamli g‘ishtlarini emirilishdan himoya qilish texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi)”ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1954.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Ilmiy rahbar: Matkarimov Soxibjon Turdalievich,  texnika fanlari bo‘yicha falsafa  doktori (PhD), dotsent
Rasmiy opponentlar: Norxudjaev Fayzulla Ramazanovichvich, texnika fanlari doktori, professor; Voxidov Baxriddin Raxmidinovich,  texnika fanlari bo‘yicha falsafa  doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rangli metallurgiya pechlarining futerovkasida ishlatiladigan o‘tga chidamli materiallarni himoya qilish orqali mis va nodir metallar isrofini kamaytirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eritish pechlarida  qo‘llaniladigan o‘tga chidamli g‘ishtlarning yuzasiga shlak va shteynlardagi metall va metall ionlarining o‘zaro ta’sirlashish  jarayonning texnologik ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
eritish pechlarining eritma bilan bevosita ta’sirlashadigan qismiga magnetit asosli qatlam surish orqali uning yuzasida kechadigan mexanik va elektrokimyoviy jarayonlarning optimal texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
eritish pechlarining o‘tga chidamli materiallar yuzasiga bevosita musbat zaryadli elektr tokini ta’sirlashtirish orqali eritmadagi ion holatidagi metall hamda kremniy asosli birikmalarning o‘zaro ta’sirlashish ko‘rsatkichlari aniqlangan;
o‘tga chidamli materiallarni emirilishidan himoya qilishning elektrostatistik usul ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Emiruvchi muhit ta’sirida rangli metallurgiya eritish pechlarining o‘tga  chidamli g‘ishtlarini emirilishdan himoya qilish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mis eritish pechlarining o‘tga chidamli g‘ishtlarini eritma bilan ta’sirlashadigan qismiga magnetit asosli himoya qatlami (garnisaj) surish texnologiyasi “OKMK” AJ ga joriy etildi (“OKMK” AJ ning 15 iyul` 2021 yildagi № XA-006061 sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida 1200-1250 0S haroratda o‘tga chidamli g‘ishtlarga shlakning singish darajasi 48 % gacha hamda shteynning g‘ishtga singish darajasi 69% gacha kamaytirishga erishilgan.
o‘tga chidamli g‘isht yuzasiga surtilgan magnetit qatlamiga musbat elektr zaryadi berish texnologiyasi “OKMK” AJ ga joriy etildi (“OKMK” AJ ning 15 iyul` 2021 yildagi № XA-006061 sonli ma’lumotnomasi). Joriy etish natijasida 1200-12500S haroratda eritma tarkibidagi qimmatbaho metall kationlari garnisajdan itarilib, manfiy zaryadlangan kremniy-kislorodli komplekslar tortilib garnisaj mustahkamligini oshirishga xizmat qildi. Eritmaning o‘tga chidamli g‘isht yuzasiga singish darajasi shlak 1,3 mm, shteyn 1,9 mm.ni tashkil etdi. Bu bilan o‘tga chidamli g‘ishtlarning xizmat qilish davrini 73% oshirishga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish