Kamalov Jamaliddin Sayfitdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gazli pechlarda alyuminiy qotishmalarini eritish texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymakorlik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi
(quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Ilmiy rahbar: Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Nurmurodov Saloxiddin Dustmurodovich, texnika fanlari doktori, professor; Atajanov Gapur Latibovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi alyuminiy qotishmalarini gazli pechlarda suyuqlantirishning energiya samaradorligini ta’minlaydigan texnologiyani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alyuminiy qotishmalarini gaz pechlarida suyuqlantirishning texnologiyasi pech shaxtasidan o‘tayotgan yonish mahsulotlari hrakatlanish dinamikasi asosida ishlab chiqildi;
alyumniy qotishmalarini pechga yuqlashdan oldin dastlabki qizdirish texnologiyasi shixta materiallari o‘rtacha diametrining issiqlik almashnuv jarayoniga ta’siri asosida ishlab chiqildi;
alyuminiy qotishmalarini qizdirish kamerasida va dastlabki qizdirish maydonchasida ushlab turish texnologiyasi shixta ashyosining haroratga bog‘liq ravishda issiqlik o‘tkazuvchanlik xossasining o‘zgarishi asosida ishlab chiqilgan;
shixtani dastlabki qizdirish kamerasining konstruksiyasi gazlarning harakatlanishidagi turbulentlik hosil qilish shartlari asosida ishlab chiqilgang;
shixtani dastlabki qizdirish maydonchasining geometrik parametrlari gazning yonishidagi hosil bo‘ladigan kimyoviy birikmalarning nisbatlari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gazli pechlarda alyuminiy qotishmalarini eritish texnologiyasini ishlab chiqishda olingan natijalar asosida:
alyuminiy qotishmalarini gaz pechlarida suyuqlantirish texnologiyasi “Dalvarzin ta’mirlash zavodi“ga joriy etildi (“Uzagroservis” AJning 2021 yil 19 dekabrdagi 09-03/03-1737-son ma’lumotnomasi). Joriy etish natijasida pechning vanna qismidagi issiqlik yo‘qotish miqdori 15-20 % ga kamaygan;
shixtani pechga yuklashdan oldin dastlabki qizdirish texnologiyasi “Dalvarzin ta’mirlash zavodi“ ga joriy etildi («Uzagroservis» AJning 2021 yil 19 dekabrdagi 09-03/03-1737-son ma’lumotnomasi). Joriy etish natijasida alyuminiy qotishmasini suyuqlantirish uchun qo‘llaniladigan tabiiy gaz sarfi 6-7 % ga kamaygan;
alyuminiy qotishmasini qizdirish kamerasida saqlash texnologiyasi “Dalvarzin ta’mirlash zavodi“ ga joriy etildi («Uzagroservis» AJning 2021 yil 19 dekabrdagi 09-03/03-1737-son ma’lumotnomasi). Joriy etish natijasida energiya sarfi 8-10 % ga kamaygan.
“Dalvarzin ta’mirlash zavodi“ da alyuminiy qotishmalarini eritishning yangi texnologiyasini joriy etishdan olinadigan iqtisodiy samara 246,0 mln.so‘mni tashkil etdi.