Hojiev Shohruh Toshpo‘latovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy ikkilamchi hosil bo‘lgan texnogen chiqindilardan foydalanish asosida mis ishlab chiqarish shlaklarini qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish», 05.02.01–“Mashinasozlikda materialshu-noslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2385.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Ilmiy rahbar: Berdiyarov Bahriddin Tilovqabulovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Dunyashin Nikolay Sergeevich, texnika fanlari doktori, professor; Tolibov Behzod Ibrohimovich, texnika fanlari doktori, professor v.b.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy ikkilamchi hosil bo‘lgan va tarkibida uglerod saqlagan texnogen chiqindilardan tiklovchi modda sifatida foydalanish asosida mis ishlab chiqarishning konvertor shlaklarini qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mis ishlab chiqarishdagi suyuq konvertor shlakini tarkibida uglerod saqlagan mahalliy ikkilamchi hosil bo‘lgan texnogen chiqindilar bilan o‘zaro ta’siri natijasida shlakdagi magnetit miqdorining kamayishi aniqlangan;
suyuq konvertor shlakiga tarkibida uglerod saqlagan mahalliy tiklovchi modda sifatida yaroqsiz avtomobil shinalari qo‘shilganda yuqori harorat tufayli avtoshina tarkibidagi rezina va boshqa uglevodorodlar parchalanib, jarayonda uglerod, vodorod va oltingugurt kabi tiklovchi moddalar hosil bo‘lishi aniqlangan;
tarkibida uglerod saqlagan mahalliy texnogen chiqindilar ishtirokida suyuq konvertor shlaklarini dastlabki tiklash amaliyoti o‘tkazilgandan so‘ng uni yallig‘ qaytaruvchi eritish pechida missizlantirilganda shlak bilan chiqib ketadigan mis miqdorini kamayishi aniqlangan;
yirikligi 10-15 mm bo‘lgan tarkibida uglerod saqlagan texnogen chiqindilarni tiklovchi modda sifatida qo‘llash orqali suyuq konvertor shlaklari bilan tiklovchi moddaning o‘zaro ta’sirlashuv yuzasining kattalashishi, tiklovchi moddaning suyuq shlak ichiga yaxshi o‘zlashishi va keyingi missizlantirish jarayonida qayta ishlangan shlak tarkibidagi misning shteyn tarkibiga o‘tish miqdorining ortishi aniqlangan.
III. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy ikkilamchi hosil bo‘lgan texnogen chiqindilardan foydalanish asosida mis ishlab chiqarish shlaklarini qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
keyingi missizlantirish jarayonida shlakdan misni ajratib olishni qiyinlashtiruvchi – magnetit moddasining miqdorini kamaytirish uchun mis eritish zavodi konvertorining suyuq shlaklarini tarkibida uglerod saqlagan texnogen chiqindilar bilan qayta ishlash texnologiyasi joriy qilingan (“OKMK” AJ ning 15 iyul` 2021 yildagi № XA-006062 sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida eritma tarkibidagi magnetit miqdorini 27 % ga kamayishiga erishilgan;
mis bo‘yicha pechning ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga imkon beruvchi tarkibida uglerod saqlagan texnogen chiqindilar yordamida dastlabki tiklash amaliyoti o‘tkazilgan suyuq konvertor shlaklarini yallig‘ qaytaruvchi pechida missizlantirish texnologiyasi joriy etilgan (“OKMK” AJ ning 15 iyul` 2021 yildagi № XA-006062 sonli ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida shlak bilan misning yo‘qolishini 18,4 % ga pasaytirishga erishilgan;
suyuq konvertor shlaklari bilan tiklovchi moddaning o‘zaro ta’sirlashish yuzasini oshirish maqsadida yirikligi 10-15 mm bo‘lgan tarkibida uglerod saqlagan texnogen chiqindilar yordamida suyuq konvertor shlaklarini dastlab metallurgik kovshda qayta ishlab magnetitni kamaytirish, so‘ngra yallig‘ qaytaruvchi pechda missizlantirish texnologiyasi joriy qilingan (“OKMK” AJ ning 15 iyul` 2021 yildagi № XA-006062 sonli ma’lumotnomasi). Natijada shixtadan misning shteyn tarkibiga o‘tish darajasi 0,4-0,5 % ga yoki 96,8 % gacha oshirilgan. Joriy etishdagi mablag‘ 6 452 450 000 so‘mni tashkil etdi.