Kattaeva Gulmira Chorievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sopolli madaniyatining zargarlik buyumlari”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi, 07.00.06 – Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tar672.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Shaydullaev Shapulat Bazarovich, tarix fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02. (Bir martalik kengash).
Rasmiy opponentlar: Suleymanov Rustam Xamidovich, tarix fanlari doktori, professor, Eshov Bahodir Jo‘raevich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand arxeologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shimoliy Baqtriyaning Sopolli madaniyati yodgorliklaridan topilgan taqinchoqlar turini, vazifasini, xomashyosini aniqlash, tipologiyasini yaratish, ularning yasalishida qaysi hududlarning madaniy ta’siri bo‘lganligini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy O‘zbekistonning bronza davriga oid Sopollitepa, Jarqo‘ton, Tillabuloq, Mo‘lalitepa, Bo‘ston VI va Bo‘ston VII yodgorliklari zargarlik buyumlari orqali bronza davri aholisi xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan zargarlik madaniyatning Sopolli va Jarqo‘ton bosqichlarida ixticoslashgan hunar darajasiga ko‘tarilganligi ochib berilgan;
Janubiy O‘zbekistonning bronza davri aholisi taqinchoqlari 18 xil mineral (lazurit, aqiq, feruza, serdolik, xalsedon, xlorit, nefrit, yoqut, shisha pastasi, marmar, gips, kaolin gili, suyak, yog‘och, ohaktoshli tuf, zmeevik, opoka, fayans, ko‘k kvars tosh, oddiy tosh) va 4 xil metall (oltin, kumush, mis, bronza)lardan yasalgan 74 ta tipdagi taqinchoqlardan iboratligi aniqlangan;
Sopolli madaniyatining zargarlik buyumlari tarkibidagi taqinchoqlarning ayrim turlarini yasashda ishlatilgan minerallar, jumladan, serdolik, aqiq – Hindistondan, nefrit – Xitoydan, xlorit – Erondan, feruza – Evroosiyo mintaqasidan olib kelinganligi, lazurit, xalsedon, gips kabi minerallar va oltin, kumush, mis, qalay kabi metallar mahalliy xomashyo ekanligini aniqlanib, Janubiy O‘zbekistonning bronza davri aholisining savdo va madaniy aloqalari tarixining takomillashtirilgan geografiyasi ishlab chiqilgan;
Sopolli madaniyatining Sopolli va Jarqo‘ton bosqichi taqinchoqlari yasalish shakli bo‘yicha Mesopotamiya, Xarappa, Eron taqinchoqlariga, Ko‘zali, Mo‘lali, Bo‘ston bosqichi taqinchoqlari Janubiy Ural va Markaziy Qozog‘iston hududlarida shakllangan ko‘chmanchi Andronovo madaniyati taqinchoqlari bilan yaqinligi dalillanib, an’anaviy va uning asosida vujudga kelgan innovatsion zargarlik uslubi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sopolli madaniyatining zargarlik san’ati doirasida ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
Janubiy O‘zbekistonning so‘nggi bronza davri yodgorliklaridan topilgan taqinchoqlarning turi, morfologik shakllari, ularning ilmiy tasnifiga doir dissertatsiya tadqiqot natijalaridan Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan Surxondaryo viloyati tarixini mahalliy va xorijiy sayyohlar orasida keng targ‘ib qilish va ommalashtirishda hamda Surxondaryoning mil.avv. II ming yillikka oid tarixini yorituvchi turistik ob’ektlar bo‘yicha tayyorlangan targ‘ibot materiallarini boyitib borishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2021 yil 7 dekabrdagi 12-12-381-son ma’lumotnomasi). Natijada sayyohlarda Surxon vohasi zargarlik buyumlari tarixi, yasalish uslubi va shakliga doir yangi ma’lumotlar hosil bo‘lgan;
Janubiy O‘zbekistonning bronza davri aholisi taqinchoqlari 18 xil mineral (lazurit, aqiq, feruza, serdolik, xalsedon, xlorit, nefrit, yoqut, shisha pastasi, marmar, gips, kaolin gili, suyak, yog‘och, ohaktoshli tuf, zmeevik, opoka, fayans, ko‘k kvars tosh, oddiy tosh) va 4 xil metall (oltin, kumush, mis, bronza)lardan yasalgan 74 ta tipdagi taqinchoqlardan iboratligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmalaridagi zargarlar tomonidan eng qadimgi taqinchoqlarni turi va shaklini qayta tiklashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining 2022 yil 3 martdagi 03-14/334-son ma’lumotnomasi). Natijada “Hunarmand” uyushmalarida bronza davri zargarlik buyumlarining eskizini tayyorlash uchun qo‘llanmalar, taqinchoqlar kolleksiyasini xilma-xilligi boyitilgan;
Sopolli madaniyati taqinchoqlari tipologiyasi yasalish shakli va xomashyosi kesimida amalga oshirilib, shu asosda Shimoliy Baqtriyaning bronza davri aholisi zargarlik san’ati yuksak rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu”, “Taqdimot” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DUKning 2021 yil 14 oktyabrdagi 02-10-363-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlar keng jamoatchilik o‘rtasida O‘zbekistonning janubiy hududida bronza davridayoq rivojlangan hunarmandchilikning bir tarmog‘i hisoblangan zargarlik buyumlari haqida keng tasavvurga ega bo‘lishga imkon bergan.